3-bob. Komissiyaning tekshiruvi va xulosasini berish tartibi 15. Bolani tekshiruvdan o‘tkazish uchun Komissiyaga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
a) bolaning qonuniy vakili arizasi;
b) bolaning qonuniy vakillari pasportining asl nusxasi va ko‘chirma nusxasi;
v) bolaning tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasining asl nusxasi va ko‘chirma nusxasi;
g) O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan shakl bo‘yicha bolaning tibbiy kartasi va profilaktik emlash kartasi;
d) davolash-profilaktika muassasasining bosh vrachi tomonidan imzolangan bolaning rivojlanishi tarixidan mufassal ko‘chirma, quyidagi mutaxassislarning xulosalari bilan birga:
pediatrning bolaning umumiy rivojlanishi holati to‘g‘risidagi xulosasi;
psixonevrologning xulosasi (faqat nutqiy, psixik va aqliy rivojlanishda nuqsonlari bo‘lgan bolalar uchun), unga psixonevrologik dispanserning gerb tushirilgan muhr bilan tasdiqlangan ma’lumotnomasi ilova qilinadi;
otolaringologning xulosasi (faqat eshitishida og‘ir nuqsonlar bo‘lgan bolalar uchun), unga quloq, tomoq, burun va talaffuz artikulatsiyasida ishtirok etuvchi organlarning holatiga tavsifi, nutq va shivirlab aytilgan gapni qabul qilish haqidagi ma’lumotlar, audiogramma ma’lumotlari ilova qilinadi;
oftalmologning xulosasi (faqat ko‘rishida og‘ir nuqsonlar bo‘lgan bolalar uchun), unga tashxisning keng izohi bilan ko‘rish organlarining tavsifi ilova qilinadi;
ortoped-travmatologning xulosasi (faqat tayanch-harakat apparatida nuqsonlar bo‘lgan bolalar uchun), unga tashxisning keng izohi bilan rentgenologik tadqiqot ma’lumotlari ilova qilinadi;
defektolog-logopedning xulosasi (faqat nutqida og‘ir nuqsonlar bo‘lgan bolalar uchun), unga til tizimining har bir komponenti shakllanish darajasi ko‘rsatilgan holda nutq rivoji tavsifi ilova qilinadi.
Komissiyaga taqdim etiladigan bolaning rivojlanishi tarixidan ko‘chirmaning ishonchliligi uchun davolash-profilaktika muassasasining uni tasdiqlagan bosh vrachi shaxsan javob beradi.
Bolalar tegishli hujjatlar taqdim etilgandan keyin bir oy davomida Komissiyadan o‘tadi.
16. Bolaning tibbiy kartasida ko‘rsatilgan ma’lumotlar asosida bolalar Komissiyaning har bir mutaxassisi tomonidan yakka tartibda yoki bir nechta mutaxassislar tomonidan bir vaqtda tekshiruvdan o‘tkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang. 17. Komissiya tomonidan mazkur Nizomning 15-bandida ko‘rsatilmagan hujjatlar va ma’lumotlarni talab etish taqiqlanadi.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son) Oldingi tahrirga qarang. 18. Tekshiruvlar natijalariga ko‘ra Komissiyaning yig‘ilishida rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari bo‘lgan bolani davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga yuborish bo‘yicha xulosa berish yoki buni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son) 19. Komissiyaning xulosasi, agar Komissiyaning yig‘ilishida bolaning asosiy tashxisi bo‘yicha tegishli mutaxassis qatnashmagan bo‘lsa, haqiqiy emas deb hisoblanadi.
20. Komissiyaning xulosasida quyidagilar ko‘rsatiladi:
bolaning tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi ma’lumotlari;
bola qonuniy vakillarining pasportiga oid ma’lumotlar;
bolaning yashash manzili;
xulosa, bolaga qo‘yilgan tashxisi bilan;
Oldingi tahrirga qarang. bolaning davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘lish muddati;
(20-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son) bola o‘qitiladigan til.
Oldingi tahrirga qarang. Xulosa bolaning rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonining og‘irlik darajasiga qarab 6 oy yoki 1 yil muddatga beriladi;
(20-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son) Oldingi tahrirga qarang. Agarda bola joriy o‘quv yili davomida 7 yoshga to‘lsa unga, belgilangan muddatlardan istisno holda, joriy o‘quv yili tugaguniga qadar (sentyabr — may) muddatiga beriladi.
(20-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qaroriga asosan to‘qqizinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son) Oldingi tahrirga qarang. Bu muddat davomida bola davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining tibbiy-psixologik-pedagogik kengashi yo‘llanmasi yoki pedagogik kengashi tavsiyasi bo‘yicha Komissiya tomonidan qayta tekshiruvdan o‘tkazilishi mumkin.
Xulosada ko‘rsatilgan bolaning davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘lish muddati tugaganidan keyin ushbu tashkilotda uning bo‘lish muddatini uzaytirish yoki uni umumiy turdagi maktabgacha tashkilot (guruh)ga o‘tkazish masalasi Komissiya tomonidan belgilanadi.
(20-bandning o‘ninchi va o‘n birinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son) Oldingi tahrirga qarang. 21. Komissiyaning davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga yuborish to‘g‘risidagi xulosasi ushbu Nizomga ilovada ko‘rsatilgan rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlar bo‘lgan quyidagi yosh toifalaridagi bolalarga beriladi:
(21-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son) Oldingi tahrirga qarang. ko‘rishida og‘ir nuqsonlar bo‘lgan bolalar uchun — 3 yoshdan 7 yoshgacha;
(21-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son) eshitishda og‘ir nuqsonlar bo‘lgan bolalar uchun — 2 yoshdan 7 yoshgacha;
tayanch-harakat apparatida nuqsonlar bo‘lgan bolalarga — 2 yoshdan 7 yoshgacha;
nutqida og‘ir nuqsonlar bo‘lgan bolalarga — 3 yoshdan 7 yoshgacha;
psixik rivojlanishda kechikayotgan bolalarga — 3 yoshdan 7 yoshgacha;
aqli rivojlanishda nuqsonlari bo‘lgan bolalarga — 3 yoshdan 7 yoshgacha.
22. Komissiyaning bayonnomalari va xulosasi tekshiruv o‘tkazilgan kun rasmiylashtiriladi, mutaxassislar va Komissiya raisi tomonidan imzolanadi.
Oldingi tahrirga qarang. 23. Komissiyaning xulosasi asosida Komissiya kotibi bolani 1 ish kuni davomida tegishli ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkiloti yoki qo‘shma turdagi maktabgacha tashkilotida “Bolalar bog‘chasi” maktabgacha ta’lim axborot tizimining maxsus ishlab chiqilgan xizmati orqali ro‘yxatdan o‘tkazadi. Ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng, bolaning qonuniy vakiliga bola navbatga joylashtirilganligi yoki ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkiloti yoki qo‘shma turdagi maktabgacha tashkilotiga ro‘yxatdan o‘tganligi to‘g‘risida Komissiya kotibi tomonidan xabar beriladi.
Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkiloti yoki qo‘shma turdagi maktabgacha tashkilotiga ro‘yxatdan o‘tganligi to‘g‘risida xabar olgandan so‘ng, bolaning qonuniy vakili tegishli ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkiloti yoki qo‘shma turdagi maktabgacha tashkilotiga 15 ish kuni ichida kelishi shart.
Bolaning qonuniy vakili yuqorida ko‘rsatilgan muddat ichida kelmagan taqdirda, ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkiloti yoki qo‘shma turdagi maktabgacha tashkilotida ro‘yxatdan o‘tish qayta tiklash huquqisiz bekor bo‘ladi.
(23-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son) Oldingi tahrirga qarang. 24. Komissiyaning xulosasi rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari bo‘lgan bolani ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotga, qo‘shma turdagi maktabgacha tashkilotga, umumiy turdagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlardagi inklyuziv guruhlariga rasmiylashtirish uchun asos hisoblanadi.
Rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari bo‘lmagan bolani davlat maktabgacha ta’lim tashkilotga rasmiylashtirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda vakolatli organ tomonidan berilgan yo‘llanmasi asos hisoblanadi.
(24-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son) Oldingi tahrirga qarang. 25. Komissiya xulosalari va ushbu Nizomning 15-bandida ko‘rsatilgan hujjatlar maktabgacha ta’lim hududiy boshqaruv va davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida 5 yil davomida saqlanadi.
(25-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son)