Qarori maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘G‘risida


-bob. Ixtisoslashtirilgan tashkilot xosteli



Yüklə 83,83 Kb.
səhifə38/41
tarix25.11.2023
ölçüsü83,83 Kb.
#134387
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41
Документ Microsoft Word

9-bob. Ixtisoslashtirilgan tashkilot xosteli
55. Ixtisoslashtirilgan tashkilotlarga bola ambulator sharoitida belgilangan davolash kursi doirasida reabilitatsiya muolajalarini oladigan davrda bola (bolalar) o‘z qonuniy vakillari bilan birgalikda vaqtinchalik yashashi uchun xostel tashkil etishga ruxsat berilsin.
56. Xostellar yuridik maqomga ega bo‘lmaydi va Ixtisoslashtirilgan tashkilotlar tomonidan boshqariladi.
Oldingi tahrirga qarang.
57. Xostellar asosan o‘zini-o‘zi moliyalashtirish mablag‘lari hisobiga saqlanadi. Shuningdek yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik (beg‘araz) yordamlari va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalardan mablag‘ jalb qilinishi mumkin.
(57-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
58. Xostellardan tushgan tushumlar Davlat budjetiga undiriladigan soliqlar, Respublika yo‘l jamg‘armasiga yig‘imlar va davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy ajratmalardan ozod qilinsin.
59. Xostellardan foydalanish tartibini O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan belgilanadi.
10-bob. Ixtisoslashtirilgan tashkilotning faoliyatini moliyalashtirish
60. Ixtisoslashtirilgan tashkilotning faoliyati quyidagilar hisobiga moliyalashtiriladi:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari;
jismoniy va yuridik shaxslarning ixtiyoriy xayriya ehsonlari;
pulli xizmatlar;
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
(60-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ixtisoslashtirilgan tashkilot qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda qo‘shimcha daromadlar olish huquqiga ega.
(60-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
61. Ixtisoslashtirilgan tashkilotga qo‘shimcha budjet mablag‘larini jalb qilish budjetdan moliyalashtirishni kamaytirishga olib kelmaydi.
62. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotda bolalarni saqlash uchun ota-onalar to‘lovi undirilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
63. Ixtisoslashtirilgan tashkilot o‘zi tomonidan tasdiqlangan va qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ro‘yxatga olingan xarajatlar smetasi asosida moliyalashtiriladi.
(63-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
64. Ixtisoslashtirilgan tashkilotda xodimlar ish haqi qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
(64-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ixtisoslashtirilgan tashkilotda rahbarlar, pedagog va tibbiyot xodimlari, shuningdek, tarbiyachilar yordamchilari lavozim maoshlariga hamda bazaviy tarif stavkalariga 100 foiz miqdorida qo‘shimcha to‘lov to‘lanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
65. Ixtisoslashtirilgan tashkilot tegishli davlat organlariga qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda moliyaviy va statistik hisobot taqdim etadi.
(65-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
66. Ixtisoslashtirilgan tashkilotning moliya-xo‘jalik faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan nazorat qilinadi.
(66-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 5-avgustdagi 431-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.08.2022-y., 09/22/431/0716-son)

Yüklə 83,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin