4-bob. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini litsenziyalash 16. Maktabgacha ta’lim sohasidagi nodavlat ta’lim xizmatlarini amalga oshirish huquqi uchun litsenziyalar yuridik shaxs davlat ro‘yxatidan o‘tganidan keyin beriladi.
17. Maktabgacha ta’lim sohasida nodavlat ta’lim xizmatlarini amalga oshirish huquqi uchun litsenziya berish, litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish, litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish yoki to‘xtatish, shuningdek, uni bekor qilish va qayta rasmiylashtirish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilab bergan tartibda amalga oshiriladi.
5-bob. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi 18. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari quyidagi huquqlarga ega:
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan maktabgacha ta’limning davlat ta’lim dasturi asosida o‘z ta’lim dasturini ishlab chiqish;
maktabgacha ta’limning davlat ta’lim dasturida ko‘rsatilgandan tashqari qo‘shimcha pulli ta’lim xizmatlari ko‘rsatish, ishlanmaydigan kunlarda yoki belgilangan ish soatlaridan tashqari bolaning qonuniy vakillari bilan kelishuv asosida bolalarni parvarishlash va ularga qarab turish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish;
bolaning qonuniy vakillari bilan hamkorlik qilish;
maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish bo‘yicha innovatsion faoliyatda qatnashish.
Oldingi tahrirga qarang. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
(18-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) 19. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari:
Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablariga muvofiq ta’lim-tarbiya jarayonini amalga oshirishi;
maktabgacha ta’limning tegishli sifatini ta’minlashi;
bolani tarbiyalash va o‘qitish masalalari bo‘yicha uning qonuniy vakillariga maslahatlar bilan yordam berishi;
bolalarni kamol toptirish, tarbiyalash va o‘qitish uchun xavfsiz shart-sharoitlarni yaratishi;
maktabgacha ta’lim sifati ta’minlanishini nazorat qilishda vakolatli davlat organlariga ko‘maklashishi shart.
Oldingi tahrirga qarang. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlari ham bo‘lishi mumkin.
(19-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) 20. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari quyidagilar uchun javob beradi:
bolaning huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilishi;
bolalar maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘lgan vaqtida ularning hayotini himoya qilishni va sog‘lig‘ini mustahkamlashni tashkil etish;
ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishda qo‘llaniladigan shakllar, usullar va vositalarning bolalarning yosh, ruhiy va fiziologik xususiyatlari, qiziqishlari, qobiliyatlari, manfaatlari va ehtiyojlariga muvofiq kelmasligi;
bolalarni umumta’lim muassasalaridagi boshlang‘ich ta’limga shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvni qo‘llagan holda tayyorlash sifati;
ta’lim dasturlari tegishli sifatda va belgilangan hajmda amalga oshirilishini ta’minlash;
ushbu Nizomda nazarda tutilgan vazifalar va funksiyalarni bajarish.
Oldingi tahrirga qarang. 21. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyati ustidan monitoring olib borish va nazorat qilish vakolatli davlat organlari tomonidan qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) Oldingi tahrirga qarang. 22. O‘quv jarayonidan siyosiy maqsadlarda yoki ta’lim olayotgan bolalarni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunchilikka zid harakatlarni sodir etishga undash uchun foydalanish taqiqlanadi.
(22-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) 23. Pedagog xodimlar maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish uchun javob beradilar.