Qarori maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘G‘risida


-bob. Maktabgacha ta’lim tashkilotida ovqatlanishni tashkil etish



Yüklə 83,83 Kb.
səhifə9/41
tarix25.11.2023
ölçüsü83,83 Kb.
#134387
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   41
Документ Microsoft Word

9-bob. Maktabgacha ta’lim tashkilotida ovqatlanishni tashkil etish
Oldingi tahrirga qarang.
45. Maktabgacha ta’lim tashkilotida ovqatlanish qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
(45-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
46. Maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalar ovqatlanishini tashkil etish uchun javobgarlik maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbari zimmasiga yuklanadi.
10-bob. Maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyalanuvchilar sog‘lig‘ini asrash
Oldingi tahrirga qarang.
47. Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilariga tibbiy yordam maktabgacha ta’lim tashkiloti shtatiga kiradigan tibbiyot xodimlari yoki sog‘liqni saqlash muassasalarining maktabgacha ta’lim tashkilotiga biriktirilgan tibbiyot xodimlari tomonidan ta’minlanadi, ular bolalarning hayoti, sog‘lig‘i va jismoniy kamoloti, davolash-profilaktika tadbirlari o‘tkazilishi, sanitariya-gigiyena normalariga, ovqatlanish rejimi va sifatiga rioya etilishi uchun javob beradi.
(47-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son)
48. Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tibbiyot xodimlari faoliyatini nazorat qilish tuman (shahar) tibbiyot birlashmalariga yuklanadi.
49. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tibbiyot xodimlari faoliyatini nazorat qilish uning rahbariga yuklanadi.
50. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining shtatdagi xodimlari sog‘liqni saqlash muassasalarida belgilangan tartibda bepul tibbiy tekshiruvdan o‘tadi.
Oldingi tahrirga qarang.
51. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga tibbiy yordam qonunchilikka muvofiq beriladi.
(51-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
52. Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish bepul asosda sog‘liqni saqlash tizimining malaka oshirish muassasalarida 3 yilda kamida bir marta o‘tkaziladi.

Yüklə 83,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin