Qarori maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘G‘risida


-bob. Qisqa muddatli guruhlar tashkil etish, ularga qabul qilish va ularni to‘ldirish tartibi



Yüklə 83,83 Kb.
səhifə13/41
tarix25.11.2023
ölçüsü83,83 Kb.
#134387
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   41
Документ Microsoft Word

3-bob. Qisqa muddatli guruhlar tashkil etish, ularga qabul qilish va ularni to‘ldirish tartibi
8. Qisqa muddatli guruhlar maktabgacha ta’lim tashkilotlarida foydalanilmaydigan xonalar bo‘lganda tashkil etiladi.
9. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi qisqa muddatli guruhlarga bolalar ularning ota-onalari yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarning (keyingi o‘rinlarda qonuniy vakillar deb ataladi) arizasi va bola sog‘lig‘i holati to‘g‘risidagi tibbiy xulosa asosida qabul qilinadi.
10. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi qisqa muddatli guruhlarga bolalar quyidagilar asosida qabul qilinadi:
bolaning qonuniy vakili arizasi;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda vakolatli organ bergan yo‘llanma;
bola sog‘lig‘i holati to‘g‘risidagi tibbiy ma’lumotnoma.
11. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi qisqa muddatli guruhlar o‘z faoliyatini davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbarining buyrug‘i asosida amalga oshiradi.
12. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi qisqa muddatli guruhlar o‘z faoliyatini bolaning qonuniy vakillari bilan shartnoma asosida amalga oshiradi.
13. Bitta xonada ko‘pi bilan 3 ta qisqa muddatli guruh faoliyatini uchta smenada tashkil etishga yo‘l qo‘yiladi.
14. Qisqa muddatli guruhlar maktabgacha ta’lim tashkilotlarining sanitariya-gigiyena talablariga va yong‘in xavfsizligi qoidalariga javob beradigan xonalarida tashkil etiladi.
15. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi qisqa muddatli guruhlarga 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar qabul qilinadi.
16. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi qisqa muddatli guruhlarga 2 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar qabul qilinadi.
17. Qisqa muddatli guruhlar ham bir xil yoshdagi, ham turli yoshdagi bolalar bilan to‘ldirilishi mumkin.
18. Bolalarni qisqa muddatli guruhlardan chiqarib yuborish maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbarining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi va:
bola qonuniy vakilining arizasi bo‘yicha;
tibbiy ko‘rsatmalar bo‘yicha;
bola maktabgacha ta’lim tashkilotining to‘liq kunli guruhiga joylashtirilganda amalga oshiriladi. Bu haqda qisqa muddatli guruhga boradigan bolaning qonuniy vakillari maktabgacha ta’lim tashkilotiga yo‘llanma olgan kundan boshlab 14 kun ichida maktabgacha ta’lim tashkilotining rahbarini xabardor qilishi shart.
19. Qisqa muddatli guruhlarning ishlash tartibi maktabgacha ta’lim tashkilotining ustavida va bolaning qonuniy vakili bilan tuziladigan shartnomada belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
20. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida qisqa muddatli guruhlarning quyidagi turlari faoliyat ko‘rsatishi mumkin:
rivojlantirish guruhi;
inklyuziv guruh;
kechki, dam olish va bayram kunidagi guruh.
Rivojlantirish guruhi 3 yoshdan 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ularni har tomonlama kamol toptirish, tengdoshlari va kattalar davrasiga moslashtirish maqsadida tashkil etiladi. Rivojlantirish guruhi kamida 20 nafar va ko‘pi bilan 30 nafar bola bilan to‘ldiriladi.
Inklyuziv guruh 2 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun o‘ziga xos ehtiyojlari bor bolani jamiyatga moslashtirishni ta’minlash, bolaning qonuniy vakillariga maslahat-metodik ko‘maklashish, o‘ziga xos ehtiyoji bor bolalarning bunday zaiflikka ega bo‘lmagan bolalar bilan birga o‘qishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida tashkil etiladi.
Kechki, dam olish va bayram kunidagi guruh 3 yoshdan 7 yoshgacha bolalar uchun bolalarni tarbiyalash, ta’lim berish, parvarishlash va ularga qarab turish masalalarida qonuniy vakillarga yordam berish maqsadda tashkil etiladi. Kechki, dam olish va bayram kunidagi guruh ko‘pi bilan 15 nafar bola bilan to‘ldiriladi.
Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qisqa muddatli guruhlar turiga qarab 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar qabul qilinishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida qonunchilikka muvofiq qisqa muddatli guruhlarning boshqa turlari tashkil etilishi mumkin.
(20-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
21. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi qisqa muddatli guruhlar uchun quyidagi shtat birliklari belgilanadi:
bitta guruh uchun — 0,5 birlik tarbiyachi va 0,5 birlik tarbiyachi yordamchisi;
ikkita guruh uchun — 0,25 birlik tibbiy hamshira va 0,25 birlik musiqa rahbari.
22. Qisqa muddatli guruhlar faoliyati tashkil etilgan maktabgacha ta’lim tashkiloti quyidagilar uchun javob beradi:
bolaning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash;
bolalar maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘lgan vaqtida ularning hayoti himoya qilinishini va sog‘lig‘i mustahkamlanishini tashkil etish;
ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishda qo‘llaniladigan shakllar, usullar va vositalarning bolalarning yosh, ruhiy va fiziologik xususiyatlari, qiziqishlari, qobiliyatlari, manfaatlari va ehtiyojlariga muvofiqligi;
bolalarni umumta’lim muassasalaridagi boshlang‘ich ta’limga shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvni qo‘llagan holda tayyorlash sifati;
umumta’lim dasturlarini amalga oshirishni tegishli sifatda va belgilangan hajmda ta’minlamaslik.

Yüklə 83,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin