Qarori maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘G‘risida


-bob. Qisqa muddatli guruhlarda ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish



Yüklə 83,83 Kb.
səhifə14/41
tarix25.11.2023
ölçüsü83,83 Kb.
#134387
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   41
Документ Microsoft Word

4-bob. Qisqa muddatli guruhlarda ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish
23. Qisqa muddatli guruhlardagi ta’lim-tarbiya jarayonining mazmuni O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan Maktabgacha ta’limning davlat ta’lim dasturiga hamda Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablariga muvofiq ishlab chiqilgan maktabgacha ta’lim tashkiloti dasturida belgilab beriladi.
24. Qisqa muddatli guruhlardagi ta’lim-tarbiya jarayonining mazmuni moslashuvchan xususiyatga ega, shuningdek, bolaning o‘ziga xos, shaxsga yo‘naltirilgan kamol topishini ta’minlaydigan innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalanishni o‘z ichiga oladi.
25. Qisqa muddatli guruhlardagi ta’lim-tarbiya jarayoni yakka tartibdagi va birgalikdagi faoliyatning har xil shakllarini — ham katta yoshdagilarning bolalar bilan, ham bolalarning o‘zlari ishtirokidagi shakllarini o‘z ichiga oladi.
26. Negizida qisqa muddatli guruh tashkil etilgan maktabgacha ta’lim tashkilotining rahbari bolalar bilan metodik ishlarni tashkil etadi, qisqa muddatli guruhlarda ta’lim-tarbiya jarayoni tashkil etilishini va hujjatlar yuritilishini nazorat qiladi.
27. Qisqa muddatli guruhlarda bolalar bilan mashg‘ulotlarni tashkil etishda ta’lim yuklamasi bir haftalik ta’lim yuklamasining eng ko‘p ruxsat etilgan hajmidan va mashg‘ulotlarning eng ko‘p ruxsat etilgan sonidan oshmasligi kerak.
28. Uzluksiz ta’lim faoliyati muddati sanitariya talablariga muvofiq hisoblab chiqiladi.
5-bob. Qisqa muddatli guruhlarni moliyalashtirish
Oldingi tahrirga qarang.
29. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi qisqa muddatli guruhlarning faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni parvarishlash, ovqatlantirish va ularga qarab turish uchun olinadigan ota-onalar to‘lovi, jismoniy va yuridik shaxslarning xayr-ehsonlari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga moliyalashtiriladi.
(29-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
30. Ta’lim faoliyatini olib boruvchi qisqa muddati guruhlarning pedagog xodimlari mehnatiga qonunchilikda belgilangan tartibda haq to‘lanadi.
(30-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 391-son qaroriga
3-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.

Yüklə 83,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin