Qarori maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘G‘risida


Ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari va qo‘shma turdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari to‘g‘risida



Yüklə 83,83 Kb.
səhifə15/41
tarix25.11.2023
ölçüsü83,83 Kb.
#134387
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   41
Документ Microsoft Word

Ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari va qo‘shma turdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari to‘g‘risida
NIZOM
(3-ilovaning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son)
1-bob. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
1. Ushbu Nizom ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlarining (keyingi o‘rinlarda ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlar deb ataladi) va qo‘shma turdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarining (keyingi o‘rinlarda qo‘shma turdagi maktabgacha tashkilotlar deb ataladi) maqsadlari va vazifalari, huquqlari, majburiyatlari hamda javobgarligini, shuningdek, ularning faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlar va qo‘shma turdagi maktabgacha tashkilotlar o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, O‘zbekiston Respublikasining “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi Qonuniga va O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablariga, ushbu Nizomga hamda o‘z ustaviga amalga qiladi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son)
Oldingi tahrirga qarang.
3. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlarning faoliyati rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari bo‘lgan bolalarning maktabgacha ta’lim olishiga, shuningdek, ularni tarbiyalash va reabilitatsiya qilishga qaratilgan.
Qo‘shma turdagi maktabgacha tashkilotlarning faoliyati rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari bo‘lgan bolalar va rivojlanishida nuqsonlari bo‘lmagan bolalarning bir tashkilotda alohida guruhlarda birgalikda o‘qishini va tarbiyalanishini tashkil etishga qaratilgan.
Qo‘shma turdagi maktabgacha tashkilotlarda inklyuziv guruhlar tashkil etilishi mumkin.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son)
Oldingi tahrirga qarang.
4. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlar va qo‘shma turdagi maktabgacha tashkilotlar davlat tashkilotlari va nodavlat tashkilotlar bo‘lishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilot va qo‘shma turdagi maktabgacha tashkilot akkreditatsiyasi attestatsiya asosida qonunchilikda belgilangan tartibda vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
6. Davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkiloti va qo‘shma turdagi maktabgacha tashkilot yuridik shaxslar hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi davlat tilida yozilgan muhrga hamda shtampga, mustaqil balansga, budjet va budjetdan tashqari shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga ega.
7. Nodavlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilot va qo‘shma turdagi maktabgacha tashkilot yuridik shaxslar hisoblanadi, ajratilgan mol-mulkka, mustaqil balansga ega, o‘z majburiyatlari bo‘yicha o‘z ixtiyoridagi mol-mulk bilan javob beradi, o‘z nomi yozilgan muhrga va shtampga ega bo‘lishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
8. Nodavlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilot va qo‘shma turdagi maktabgacha tashkilot litsenziya olgan vaqtdan boshlab qonunchilikda belgilangan tartibda ta’lim faoliyatini amalga oshiradi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.

Yüklə 83,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin