Qarori maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘G‘risida


-bob. Davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkiloti va qo‘shma turdagi davlat maktabgacha tashkilotini tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish tartibi



Yüklə 83,83 Kb.
səhifə17/41
tarix25.11.2023
ölçüsü83,83 Kb.
#134387
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   41
Документ Microsoft Word

3-bob. Davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkiloti va qo‘shma turdagi davlat maktabgacha tashkilotini tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish tartibi
(3-bobning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son)
Oldingi tahrirga qarang.
11. Davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa davlat tashkilotlari davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkiloti yoki qo‘shma turdagi davlat maktabgacha tashkilotning muassislari bo‘lishi mumkin.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son)
Oldingi tahrirga qarang.
12. Davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlarini tashkil etish uchun guruhlarning eng kam soni 6 tani tashkil etadi.
Qo‘shma turdagi davlat maktabgacha tashkilotlarini tashkil etish uchun guruhlarning eng kam soni tegishli ravishda quyidagilarni tashkil etishi kerak:
a) kamida 3 ta inklyuziv guruh;
b) quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari bo‘lgan bolalar uchun kamida 3 ta guruh:
eshitishda og‘ir nuqsonlari bo‘lgan bolalar uchun;
ko‘rishda og‘ir nuqsonlari bo‘lgan bolalar uchun;
psixik rivojlanishi kechikkan bolalar uchun;
aqliy zaiflik bilan tarbiyalanuvchilar uchun;
tayanch-harakat apparatida nuqsonlari bo‘lgan bolalar uchun.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son)
Oldingi tahrirga qarang.
13. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari bo‘lgan 5 yoshga bo‘lgan bolalar kontingenti mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni har yili yig‘ib boradi va bu ma’lumotni O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligiga belgilangan tartibda taqdim etadi.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son)
Oldingi tahrirga qarang.
14. Davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkiloti va qo‘shma turdagi davlat maktabgacha tashkiloti Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi, viloyatlar maktabgacha ta’lim boshqarmalari, Toshkent shahar maktabgacha ta’lim bosh boshqarmasi (keyingi o‘rinlarda maktabgacha ta’lim hududiy boshqaruv organlari, deb ataladi) Qoraqalpog‘iston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi, viloyatlar sog‘liqni saqlash boshqarmalari, Toshkent shahar sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi (keyingi o‘rinlarda sog‘liqni saqlash hududiy boshqaruv organlari deb ataladi) bilan birgalikda bunday muassasalarga bo‘lgan ehtiyojni o‘rganish yakunlari bo‘yicha tashkil etiladi.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son)
Oldingi tahrirga qarang.
15. Rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari bo‘lgan bolalar mavjud bo‘lsa, maktabgacha ta’limning hududiy boshqaruv organlari sog‘liqni saqlashning hududiy boshqaruv organlari bilan birgalikda davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotini yoki qo‘shma turdagi davlat maktabgacha tashkilotini tashkil etish to‘g‘risidagi taklif bilan O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligiga murojaat qiladi.
Davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotini yoki qo‘shma turdagi davlat maktabgacha tashkilotini tashkil etish to‘g‘risidagi taklif oxirgi 5 yil har yilga bo‘lib chiqilgan va tegishli hududdagi 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar orasida qayd etilgan kasalliklar o‘sishini ko‘rsatadigan sog‘liqni saqlash organlarining rasmiy statistika ma’lumotlari bilan asoslangan bo‘lishi kerak.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son)
Oldingi tahrirga qarang.
16. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotni yoki qo‘shma turdagi davlat maktabgacha tashkilotini tashkil etish masalasini O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishib olganidan keyin Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga tegishli taklif bilan murojaat qiladi.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son)
Oldingi tahrirga qarang.
17. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotni yoki qo‘shma turdagi maktabgacha tashkilotni tashkil etish to‘g‘risidagi qaror Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan qabul qilinadi.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son)
Oldingi tahrirga qarang.
18. Davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlarining va qo‘shma turdagi davlat maktabgacha tashkilotlarining bino hamda inshootlari O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi bilan kelishilmasdan xususiylashtirilishi, o‘zgaga berilishi va qayta ixtisoslashtirilishi mumkin emas.
Oldingi tahrirga qarang.
Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilot va qo‘shma turdagi maktabgacha tashkilot o‘quv yili tugaganidan keyin qonunchilikda belgilangan tartibda qayta tashkil etiladi yoki tugatiladi.
(18-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotini va qo‘shma turdagi davlat maktabgacha tashkilotini qayta tashkil etish yoki tugatish jarayonida bolalarni boshqa davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga o‘tkazish Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, viloyat maktabgacha ta’lim boshqarmalari, Toshkent shahar maktabgacha ta’lim bosh boshqarmasi tomonidan bolaning qonuniy vakillari bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son)
Oldingi tahrirga qarang.

Yüklə 83,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin