-bob. Nodavlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlarning va qo‘shma turdagi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining faoliyatini litsenziyalash
4-bob. Nodavlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlarning va qo‘shma turdagi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining faoliyatini litsenziyalash (4-bobning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son) Oldingi tahrirga qarang. 19. Nodavlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlar va qo‘shma turdagi nodavlat maktabgacha tashkilotlar o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan beriladigan litsenziyani olgan vaqtdan boshlab amalga oshiradi.
(19-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son) Oldingi tahrirga qarang. 5-bob. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlarning va qo‘shma turdagi maktabgacha tashkilotlarning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi (5-bobning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son) Oldingi tahrirga qarang. 20. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlar va qo‘shma turdagi maktabgacha tashkilotlar quyidagi huquqlarga ega:
(20-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son) tasdiqlangan moslashtirilgan ta’lim dasturi asosida mustaqil ravishda o‘z ta’lim dasturini ishlab chiqish;
bolaning qonuniy vakillari bilan hamkorlik qilish;
maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish bo‘yicha innovatsion faoliyatda qatnashish.
Oldingi tahrirga qarang. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlar va qo‘shma turdagi maktabgacha tashkilotlar qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
(20-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) Oldingi tahrirga qarang. 21. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari va qo‘shma turdagi maktabgacha tashkilotlar:
(21-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son) bolalarning jismoniy o‘sishi va sog‘lig‘i mustahkamlanishi uchun sanitariya-gigiyena me’yorlariga muvofiq shart-sharoitlar yaratishi va ularga rioya etilishini ta’minlashi;
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan tegishli nozologiyalarni davolash standartlariga muvofiq bolalarning abilitatsiyasi va reabilitatsiyasini o‘tkazish uchun shart-sharoitlarni yaratishi;
ta’lim-tarbiya va korreksion-pedagogika jarayonini tashkil etishda qo‘llaniladigan shakllar, usullar va vositalarning bolalarning yosh, psixik va fiziologik xususiyatlari, qiziqishlari, qobiliyatlari, manfaatlari va ehtiyojlariga mos kelishini ta’minlashi;
bolalar to‘g‘ri ovqatlanishini va ularga tibbiy yordam ko‘rsatilishini tashkil etish uchun zarur shart-sharoitlar yaratishi;
bolalarni shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvni qo‘llagan holda umumta’lim muassasalarida o‘qishga sifatli tayyorlashni ta’minlashi;
maktabgacha ta’lim sifatini ta’minlash ustidan nazorat olib borishda, salomatlikni muhofaza qilish va mustahkamlash, abilitatsiya va reabilitatsiya tadbirlarini o‘tkazishda vakolatli davlat organlariga ko‘maklashishi;
ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotdagi guruhlarni ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’limga qo‘yiladigan talablarga muvofiq bolalar bilan to‘ldirilishi;
Oldingi tahrirga qarang. qo‘shma tipdagi maktabgacha tashkilotlardagi inklyuziv guruhlar uchun mo‘ljallangan guruhlarni umumiy turdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qo‘yiladigan talablarga muvofiq, rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari bo‘lgan bolalarga mo‘ljallangan guruhlarni ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlarga qo‘yiladigan talablarga muvofiq bolalar bilan to‘ldirishi shart;
(21-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son) Oldingi tahrirga qarang. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlar va qo‘shma turdagi maktabgacha tashkilotlarning qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlari ham bo‘lishi mumkin.
(21-bandning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) Oldingi tahrirga qarang. 22. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlar va qo‘shma turdagi maktabgacha tashkilotlar quyidagilar uchun javob beradi:
(22-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son) bolalarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash;
Oldingi tahrirga qarang. bolalar ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotda yoki qo‘shma turdagi maktabgacha tashkilotda bo‘lgan vaqtida ularning hayotini himoya qilishni va sog‘lig‘ini mustahkamlashni tashkil etish;
(22-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son) belgilangan talablarga muvofiq ta’lim-tarbiya, korreksion-pedagogika hamda reabilitatsiya jarayonlarini amalga oshirish;
bolani tarbiyalash va ta’lim berish masalalari bo‘yicha uning qonuniy vakillariga maslahatlar bilan yordam berish;
umumta’lim dasturlarini amalga oshirishni tegishli sifatda va belgilangan hajmda ta’minlash;
ushbu Nizomda nazarda tutilgan vazifalar va funksiyalarni bajarish.
Oldingi tahrirga qarang. 23. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlarning va qo‘shma turdagi maktabgacha tashkilotlarning faoliyati ustidan monitoring hamda nazorat vakolatli davlat organlari tomonidan qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
(23-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) Oldingi tahrirga qarang. 24. O‘quv jarayonidan siyosiy maqsadlarda yoki ta’lim olayotgan bolalarni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunchiligiga zid harakatlarni sodir etishga undash uchun foydalanish taqiqlanadi.
(24-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) Oldingi tahrirga qarang.