Qarori maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘G‘risida


-bob. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlarga va qo‘shma turdagi maktabgacha tashkilotlarga bolalarni qabul qilish hamda ulardan chiqarish



Yüklə 83,83 Kb.
səhifə19/41
tarix25.11.2023
ölçüsü83,83 Kb.
#134387
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   41
Документ Microsoft Word

6-bob. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlarga va qo‘shma turdagi maktabgacha tashkilotlarga bolalarni qabul qilish hamda ulardan chiqarish
(6-bobning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son)
Oldingi tahrirga qarang.
25. Bolalarni ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotga va qo‘shma turdagi maktabgacha tashkilotga qabul qilish ushbu tashkilotda bo‘sh joylar bo‘lsa, kalendar yil davomida amalga oshiriladi.
(25-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son)
Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlarga bolalarni qabul qilish:
tibbiy-psixologik-pedagogik komissiyaning belgilangan tartibda berilgan xulosasi;
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan shakl bo‘yicha bolaning tibbiy kartasi va profilaktik emlash kartasi asosida amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Qo‘shma turdagi maktabgacha tashkilotning inklyuziv guruhlarga rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari bo‘lmagan bolalar:
(25-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son)
bola qonuniy vakilining arizasi;
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda vakolatli organ bergan yo‘llanma (qo‘shma turdagi davlat maktabgacha tashkiloti uchun);
(25-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son)
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan shakl bo‘yicha bolaning tibbiy kartasi va profilaktik emlash kartasi asosida qabul qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari bo‘lgan bolalarga mo‘ljallangan guruhlarga, shuningdek qo‘shma turdagi maktabgacha tashkilotning inklyuziv guruhlariga rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari bo‘lgan bolalar quyidagilar asosida qabul qilinadi:
(25-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son)
bola qonuniy vakilining arizasi;
tibbiy-psixologik-pedagogik komissiyaning belgilangan tartibda berilgan xulosasi;
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan shakl bo‘yicha bolaning tibbiy kartasi va profilaktik emlash kartasi asosida qabul qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
26. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotda, qo‘shma turdagi maktabgacha tashkilotining rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari bo‘lgan bolalarga mo‘ljallangan hamda inklyuziv guruhlarda bo‘lish davri, korreksion ishlari muddati tibbiy-psixologik-pedagogik komissiya tomonidan belgilanadi.
(26-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son)
Oldingi tahrirga qarang.
27. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotga va qo‘shma turdagi maktabgacha tashkilotga quyidagi nuqsonlari bo‘lgan bolalar qabul qilinmaydi:
(27-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son)
og‘ir va chuqur darajadagi aqli zaiflik;
shizofreniya, hissiy irodaning chuqur buzilishlari;
tez-tez takrorlanuvchi umumlashgan epileptik xurujlar;
turli sababli psixopatiya va psixopatsimon holatlarning og‘ir shakllari;
asab tizimining organik shikastlanganligi sababli siydik va najas ushlab turolmaslik;
yurak-qon tomir, nafas olish va ovqat hazm qilish tizimining xuruj va dekompensatsiya bosqichi.
Oldingi tahrirga qarang.
271. Bolalar ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotdan va qo‘shma turdagi maktabgacha tashkilotdagi rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari bo‘lgan bolalar uchun guruhlardan quyidagilar asosida chiqariladi:
bolani qonuniy vakillarining arizasi;
sog‘liqni saqlash organlari muassasalarining tibbiy ko‘rsatmalari;
maktabgacha ta’lim tashkilot va bolaning qonuniy vakillarning o‘rtasidagi shartnoma shartlarining bajarilmasligi;
maktabgacha ta’lim tashkilot tibbiy-psixologik-pedagogik kengashining xulosasi;
Tibbiy-psixologik-pedagogik komissiyaning xulosasida ko‘rsatilgan bolaning ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotda bo‘lish muddati tugashi;
maktab yoshiga yetishi (7 yosh).
(271-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son)
Oldingi tahrirga qarang.

Yüklə 83,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin