Qarori maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘G‘risida


-bob. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotda va qo‘shma turdagi maktabgacha tashkilotda ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish



Yüklə 83,83 Kb.
səhifə20/41
tarix25.11.2023
ölçüsü83,83 Kb.
#134387
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   41
Документ Microsoft Word

7-bob. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotda va qo‘shma turdagi maktabgacha tashkilotda ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish
(7-bobning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son)
Oldingi tahrirga qarang.
28. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilot va qo‘shma turdagi maktabgacha tashkilot maktabgacha ta’limga qo‘yiladigan belgilangan davlat talablariga muvofiq bolalar ta’lim olishi, tarbiyalanishi, parvarishlanishi va sog‘lomlashtirilishini ta’minlaydi.
(28-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son)
Oldingi tahrirga qarang.
29. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotdagi va qo‘shma turdagi maktabgacha tashkilotdagi ta’lim-tarbiya jarayonining mazmuni O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan ta’lim dasturi asosida, Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablariga muvofiq ishlab chiqilgan (shu jumladan, mualliflik, moslashtirilgan va boshqa) dastur bilan belgilanadi.
(29-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son)
30. Ta’lim-tarbiya jarayoni mashg‘ulotlarning yillik, kalendar-mavzuli rejalari va jadvali bilan tartibga solinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
31. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilot va qo‘shma turdagi maktabgacha tashkilot qonunchilikka hamda Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablariga muvofiq bolalarga ta’lim berish va tarbiyalash shakllari, vositalari va usullarini tanlaydi.
(31-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
32. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotda va qo‘shma turdagi maktabgacha tashkilotda ta’lim-tarbiya jarayoni ishlab chiqiladigan yakka tartibdagi yo‘nalish asosida bolalarning o‘ziga xos xususiyatlari hisobga olingan holda tashkil etiladi. Mashg‘ulotlar frontal, kichik guruh va yakka tartibda olib boriladi.
(32-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son)
Oldingi tahrirga qarang.
33. Rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari bo‘lgan bolalarga quyidagi tamoyillar asosida ta’lim beriladi va tarbiyalanadi:
(33-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son)
ta’limning korreksion yo‘naltirilganligi;
ijtimoiy moslashuvi;
ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishda ta’limning maxsus metodologiyasidan va toifalangan yondashuvdan foydalanish.
Oldingi tahrirga qarang.
34. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotda va qo‘shma turdagi maktabgacha tashkilotda besh kunlik ish haftasi belgilanadi.
(34-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son)
Oldingi tahrirga qarang.
35. Bolalar tashkilotda bo‘lish vaqtiga qarab ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotdagi va qo‘shma turdagi maktabgacha tashkilotdagi guruhlar:
bolalar qisqa vaqt bo‘ladigan guruhlar (kuniga 3-4 soat);
to‘liq kunli guruhlar (kuniga 9, 10,5 va 12 soat);
bolalar kechayu kunduz bo‘ladigan guruhlar bo‘lishi mumkin.
(35-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son)
Oldingi tahrirga qarang.
36. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotda va qo‘shma turdagi maktabgacha tashkilotda ishlash tartibi hamda tarbiyalanuvchilarning bo‘lish vaqti uning ustavida va muassis qarorida belgilanadi.
(36-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son)
Oldingi tahrirga qarang.
37. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilot va bolaning qonuniy vakillari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar, qo‘shma turdagi maktabgacha tashkilot va bolaning qonuniy vakillari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar bola ushbu tashkilotga joylashtirilganda tuziladigan shartnoma bilan tartibga solinadi.
(37-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son)
Oldingi tahrirga qarang.
38. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotda va qo‘shma turdagi maktabgacha tashkilotda ta’lim-tarbiya jarayoni maxsus maktabgacha ta’lim bo‘yicha tegishli malakaga ega pedagog xodimlar tomonidan o‘tkaziladi. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotdagi va qo‘shma turdagi maktabgacha tashkilotdagi ta’lim-tarbiya jarayonining psixologik-pedagog kuzatuvi psixologlar tomonidan amalga oshiriladi.
(38-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son)
Oldingi tahrirga qarang.
39. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotda va qo‘shma turdagi maktabgacha tashkilotda ta’lim-tarbiya davlat tilida hamda “Davlat tili to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq boshqa tillarda olib boriladi.
(39-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son)
Oldingi tahrirga qarang.

Yüklə 83,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin