Qarori maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘G‘risida


-bob. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotda va qo‘shma turdagi maktabgacha tashkilotda reabilitatsiya jarayonini tashkil etish



Yüklə 83,83 Kb.
səhifə21/41
tarix25.11.2023
ölçüsü83,83 Kb.
#134387
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   41
Документ Microsoft Word

8-bob. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotda va qo‘shma turdagi maktabgacha tashkilotda reabilitatsiya jarayonini tashkil etish
(8-bobning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son)
Oldingi tahrirga qarang.
40. Davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlarida va qo‘shma turdagi davlat maktabgacha tashkilotlarida rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari bo‘lgan bolalar uchun reabilitatsiya tadbirlari tashkilot shtatidagi tibbiyot xodimlari, shuningdek, ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotga yoki qo‘shma turdagi maktabgacha tashkilotga hududiy biriktirilgan sog‘liqni saqlash organlari tibbiyot xodimlari tomonidan o‘tkaziladi.
(40-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son)
Oldingi tahrirga qarang.
41. Nodavlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlarda va qo‘shma turdagi nodavlat maktabgacha tashkilotlarda reabilitatsiya tadbirlari tashkilot shtatidagi tibbiyot xodimlari, shuningdek, boshqa tibbiyot xodimlari tomonidan shartnoma asosida o‘tkaziladi.
(41-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son)
42. Tibbiyot xodimlari O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan davolash standartlariga muvofiq tarbiyalanuvchining rivojlanishidagi nuqsonlarni korreksiya qilishga, rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari bo‘lgan bolalarni tibbiy reabilitatsiya qilish, abilitatsiya qilish va ijtimoiy moslashuvga qaratilgan davolash-sog‘lomlashtirish tadbirlarini o‘tkazadi.
43. Davolashning belgilangan kursi doirasida tibbiy reabilitatsiya muolajalarini o‘tkazish har bir tarbiyalanuvchi uchun mashg‘ulotlar jadvalini hisobga olib yakka tartibda o‘tqaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
44. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotda va qo‘shma turdagi maktabgacha tashkilotda bolaning bo‘lish muddati tugaganidan so‘ng uning qonuniy vakillari yashash joyidagi tibbiyot muassasasi uchun rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari bo‘lgan har bir bolaning tibbiy kartasidan ko‘chirma beriladi.
(44-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son)
45. Tibbiy jismoniy tarbiya bo‘yicha mashg‘ulotlar tibbiy jismoniy tarbiya instruktori yoki tegishli tayyorgarlikka ega o‘qituvchi tomonidan o‘tkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
46. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotda va qo‘shma turdagi maktabgacha tashkilotda barcha sog‘lomlashtirish va reabilitatsiya tadbirlari to‘g‘ri tashkil etilishi hamda o‘tkazilishi ustidan nazorat ushbu tashkilot joylashgan joydagi sog‘liqni saqlash organlari tomonidan amalga oshiriladi.
(46-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son)
Oldingi tahrirga qarang.
47. Davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkiloti va qo‘shma turdagi davlat maktabgacha tashkilotining shtatidagi xodimlar sog‘liqni saqlash muassasalarida bepul tibbiy tekshiruvdan o‘tadi.
(47-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son)
Oldingi tahrirga qarang.
48. Nodavlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlar va qo‘shma turdagi nodavlat maktabgacha tashkilotlar xodimlari sog‘liqni saqlash organlarining muassasalari tomonidan shartnoma asosida tibbiy tekshiruvdan o‘tkaziladi.
(48-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son)
Oldingi tahrirga qarang.

Yüklə 83,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin