Qarori maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘G‘risida


-bob. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotini va qo‘shma turdagi davlat maktabgacha tashkilotini boshqaruvi



Yüklə 83,83 Kb.
səhifə24/41
tarix25.11.2023
ölçüsü83,83 Kb.
#134387
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   41
Документ Microsoft Word

12-bob. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotini va qo‘shma turdagi davlat maktabgacha tashkilotini boshqaruvi
(12-bobning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son)
Oldingi tahrirga qarang.
67. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotni va qo‘shma turdagi davlat maktabgacha tashkilotini boshqarish qonunchilikka, ushbu Nizomga va mazkur tashkilotning ustaviga muvofiq amalga oshiriladi.
(67-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
68. Davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotini va qo‘shma turdagi davlat maktabgacha tashkilotini boshqarish organlari quyidagilardan iborat:
(68-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son)
Pedagogik kengashi;
Kuzatuv kengashi;
Oldingi tahrirga qarang.
davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkiloti va qo‘shma turdagi davlat maktabgacha tashkiloti rahbari.
(68-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Nodavlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlar va nodavlat qo‘shma turdagi maktabgacha tashkilotlar o‘z boshqaruv organlari tizimini mustaqil belgilaydi.
(68-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son)
Oldingi tahrirga qarang.
69. Davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkiloti va qo‘shma turdagi davlat maktabgacha tashkiloti pedagogik kengashi:
davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotida va qo‘shma turdagi davlat maktabgacha tashkilotida ta’lim-tarbiya jarayonini takomillashtirish masalalarini ko‘rib chiqadi;
davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkiloti va qo‘shma turdagi davlat maktabgacha tashkiloti ish rejasini hamda pedagog xodimlarning pedagogik yuklamasini belgilaydi;
davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkiloti va qo‘shma turdagi davlat maktabgacha tashkiloti ta’lim dasturini amalga oshirish natijalarini baholaydi;
davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkiloti va qo‘shma turdagi davlat maktabgacha tashkilotining bolaning qonuniy vakillari bilan hamkorligi tartibini belgilaydi;
davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkiloti va qo‘shma turdagi davlat maktabgacha tashkiloti pedagog xodimlari malakasini oshirish, ularning ijodiy tashabbusini rivojlantirish, ta’lim jarayoniga fan yutuqlarini va ilg‘or pedagogik tajribani joriy etish masalalarini muhokama qiladi;
davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkiloti va qo‘shma turdagi davlat maktabgacha tashkiloti xodimlarini ma’naviy va moddiy rag‘batlantirish masalalarini ko‘rib chiqadi;
davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkiloti va qo‘shma turdagi davlat maktabgacha tashkiloti rahbari va pedagog xodimlari hisobotlarini eshitadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkiloti va qo‘shma turdagi davlat maktabgacha tashkilotining Pedagogik kengashi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham bajarishi mumkin.
(69-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
70. Davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotida va qo‘shma turdagi davlat maktabgacha tashkilotida bolani tarbiyalash, rivojlantirish va ta’lim berishda ko‘maklashish maqsadida Kuzatuv kengashi tashkil etiladi. Uning tarkibi ushbu tashkilotga boradigan bolalarning qonuniy vakillari, uning xodimlari, shuningdek, nodavlat notijorat tashkilotlar vakillaridan tuziladi.
Davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkiloti va qo‘shma turdagi davlat maktabgacha tashkilotining Kuzatuv kengashi:
davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkiloti va qo‘shma turdagi davlat maktabgacha tashkilotini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilaydi;
tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limi tomonidan tavsiya etilgan nomzodlar orasidan davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkiloti va qo‘shma turdagi davlat maktabgacha tashkiloti rahbarini saylaydi, shuningdek uni egallagan lavozimidan ozod qilish bo‘yicha takliflarni belgilangan tartibda kiritadi;
davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkiloti va qo‘shma turdagi davlat maktabgacha tashkiloti rahbarining uning faoliyatini takomillashtirish yuzasidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlar, moliya-xo‘jalik holati, daromadlar va xarajatlar, budjet, budjetdan tashqari, homiylik va boshqa mablag‘lardan foydalanish to‘g‘risidagi davriy hisobotlarini eshitadi;
davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkiloti va qo‘shma turdagi davlat maktabgacha tashkiloti rahbari, pedagog xodimlar va boshqa xodimlar faoliyatiga taalluqli ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazadi;
tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limlariga davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkiloti va qo‘shma turdagi davlat maktabgacha tashkiloti xodimlarini rag‘batlantirish to‘g‘risida takliflar kiritadi.

Yüklə 83,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin