Qarori maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘G‘risida


-bob. Komissiya faoliyatini tashkil etish



Yüklə 83,83 Kb.
səhifə27/41
tarix25.11.2023
ölçüsü83,83 Kb.
#134387
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   41
Документ Microsoft Word

2-bob. Komissiya faoliyatini tashkil etish
6. Komissiya rais, rais o‘rinbosari, Komissiya a’zolari va kotibidan iborat tarkibda tuziladi.
7. Komissiya tarkibi va ish jadvali maktabgacha ta’lim hududiy boshqaruv organlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmalari, Toshkent shahar sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasining qo‘shma buyrug‘i bilan tasdiqlanadi.
8. Komissiyaga rais — maktabgacha ta’lim hududiy boshqaruv organining rahbari rahbarlik qiladi.
Sog‘liqni saqlash hududiy boshqaruv organining onalik va bolalikni muhofaza qilish bo‘yicha boshlig‘i o‘rinbosari Komissiya raisi o‘rinbosari etib tayinlanadi.
Maktabgacha ta’lim hududiy boshqaruv organining ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi mutaxassis Komissiya kotibi etib tayinlanadi.
Komissiya tarkibiga pediatr, nevrolog, psixonevrolog, ortoped-travmatolog, oftalmolog, otolaringolog, defektolog, pedagog-psixolog, shuningdek maktabgacha ta’lim hududiy boshqaruv organining ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi mutaxassis kiradi.
Zarurat bo‘lsa, raisning qarori bilan Komissiya tarkibiga boshqa mutaxassislar kiritiladi.
9. Komissiya raisi:
ushbu Nizomga muvofiq Komissiya ishini tashkil etadi va faoliyatiga rahbarlik qiladi;
Komissiya mutaxassislariga ijro etish majburiy bo‘lgan topshiriqlar beradi, ularning bajarilishini nazorat qiladi;
bolaning ota-onalarini yoki ularning o‘rnini bosadigan shaxslarni (keyingi o‘rinlarda qonuniy vakillar deb ataladi) Komissiya faoliyatining asosiy yo‘nalishlari, joylashgan joyi, Komissiya ish tartibi va jadvali haqida xabardor qiladi;
Komissiya ishini tashkil etishni takomillashtirishga doir takliflar kiritadi;
Oldingi tahrirga qarang.
davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarda rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari bo‘lgan bolalarni o‘qitish va tarbiyalash uchun zarur shart-sharoitlar yaratish yuzasidan Komissiya tavsiyalari hisobga olinishi ustidan monitoring olib boradi.
(9-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son)
Komissiya raisi quyidagilar uchun javob beradi:
Komissiya faoliyatini ushbu Nizomga muvofiq tashkil etish;
vazifalarni bajarishi munosabati bilan o‘ziga ma’lum bo‘lib qolgan va bolalar hamda ularning qonuniy vakillari huquqlari va manfaatlariga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlarni oshkor etmaslik;
tekshiruv o‘tkazishda bolalar hayoti va sog‘lig‘i xavfsizligini ta’minlash.
Oldingi tahrirga qarang.
10. Komissiya yig‘ilishi bir oyda kamida bir marta o‘tkaziladi.
(10-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Komissiya yig‘ilishini o‘tkazish davriyligi murojaatlar soniga va davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarda bo‘sh joylar borligiga qarab, rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari bo‘lgan bolalarning ma’lumotlar bazasi tahlili asosida aniqlanadi.
(10-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son)
Komissiya yig‘ilishi unda Komissiya a’zolari umumiy sonining kamida to‘rtdan uch qismi ishtirok etsa, vakolatli hisoblanadi.
Komissiya kotibi Komissiya a’zolarini Komissiya yig‘ilishi o‘tkaziladigan sana haqida kamida uch kun oldin xabardor qiladi.
Komissiya sayyor yig‘ilishlar o‘tkazishga haqli.
11. Komissiya a’zolari Komissiya ishida qatnashadi va uning qarori qabul qilinishida ovoz beradi. Komissiyaning har bir a’zosi bitta ovoz berish huquqiga ega. Ovozlar teng bo‘lib qolganda Komissiya raisining ovozi hal qiluvchi ovoz hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
12. Tekshiruv natijalari, shuningdek, Komissiyada bolalarni tekshirish bilan bog‘liq ma’lumot maxfiy hisoblanadi. Bolalarning qonuniy vakillari roziligisiz ushbu ma’lumotning berilishiga yo‘l qo‘yilmaydi, qonunchilikda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
13. Bolalarni tekshirish, ularning qonuniy vakillariga Komissiya mutaxassislari tomonidan maslahat berish bepul amalga oshiriladi.
14. Komissiya faoliyatini amalga oshirish uchun maktabgacha ta’lim hududiy boshqaruv organlari tomonidan tegishli jihozlar va inventar bilan jihozlangan alohida xona ajratiladi.

Yüklə 83,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin