Qarori maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘G‘risida


-bob. Maktabgacha ta’lim tashkilotining maqsadlari va vazifalari



Yüklə 83,83 Kb.
səhifə3/41
tarix25.11.2023
ölçüsü83,83 Kb.
#134387
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41
Документ Microsoft Word

2-bob. Maktabgacha ta’lim tashkilotining maqsadlari va vazifalari
9. Quyidagilar maktabgacha ta’lim tashkilotining maqsadlari hisoblanadi:
bolaning ta’lim olishga bo‘lgan huquqini amalga oshirishni ta’minlash;
bolaning jismoniy, aqliy va ma’naviy kamolotini saqlash va mustahkamlash;
umumta’lim muassasalarida bolaning jamiyatga moslashishini va ta’lim olishni davom ettirishga tayyorligini ta’minlash.
10. Quyidagilar maktabgacha ta’lim tashkiloti vazifalari hisoblanadi:
bolalarga, shu jumladan, o‘ziga xos ehtiyojlari bor bolalarga yakka tartibda ta’lim dasturlaridan foydalanish, shuningdek, o‘z vaqtida inklyuziv maktabgacha ta’lim va tarbiya olish imkonini beradigan qulay muhit yaratish;
bolalarda Vatanga muhabbat tuyg‘usini, oilaga, o‘z xalqining milliy, tarixiy, madaniy qadriyatlariga hurmat bilan munosabatda bo‘lishni, atrof-muhitga ehtiyotkor munosabatni shakllantirish;
bolaning shaxsini shakllantirish, uning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, ijtimoiy tajriba orttirishini ta’minlash;
bolaning jamiyatga moslashishini va boshlang‘ich ta’limga tayyorligini ta’minlash;
ta’lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarni joriy etish.
3-bob. Maktabgacha ta’lim tashkilotini tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish tartibi
11. Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti yuridik shaxs shaklida tashkil etiladi va o‘z faoliyatini ustav asosida amalga oshiradi.
12. Davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa davlat tashkilotlari davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining muassislari bo‘lishi mumkin.
13. Yuridik shaxslar — xususiy mulk huquqi subyektlari va jismoniy shaxslar nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotining muassislari bo‘lishi mumkin.
14. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari binolari va inshootlarini O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi bilan kelishmasdan xususiylashtirish, o‘zgaga berish va qayta ixtisoslashtirish mumkin emas.
Oldingi tahrirga qarang.
15. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari qonunchilikda belgilangan tartibda tashkil etiladi, qayta tashkil etiladi va tugatiladi.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)

Yüklə 83,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin