Qarori maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘G‘risida


-bob. Ixtisoslashtirilgan tashkilotini boshqaruvi



Yüklə 83,83 Kb.
səhifə39/41
tarix25.11.2023
ölçüsü83,83 Kb.
#134387
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41
Документ Microsoft Word

11-bob. Ixtisoslashtirilgan tashkilotini boshqaruvi
67. Ixtisoslashtirilgan tashkilot qonunchilik hujjatlariga, ushbu Nizomga va Ixtisoslashtirilgan tashkilotining ustaviga muvofiq boshqariladi.
68. Ixtisoslashtirilgan tashkilotning boshqaruv organlari quyidagilardan iborat:
Pedagogik kengashi;
Kuzatuv kengashi;
Ixtisoslashtirilgan tashkilot direktori.
69. Ixtisoslashtirilgan tashkilot Pedagogik kengashi:
Ixtisoslashtirilgan tashkilotda ta’lim-tarbiya jarayonini takomillashtirish masalalarini ko‘rib chiqadi;
Ixtisoslashtirilgan tashkilot ish rejasini hamda pedagog xodimlarning pedagogik yuklamasini belgilaydi;
Ixtisoslashtirilgan tashkilot ta’lim dasturini amalga oshirish natijalarini baholaydi;
Ixtisoslashtirilgan tashkilot bolaning qonuniy vakillari bilan hamkorligi tartibini belgilaydi;
Ixtisoslashtirilgan tashkilot pedagog xodimlari malakasini oshirish, ularning ijodiy tashabbusini rivojlantirish, ta’lim jarayoniga fan yutuqlarini va ilg‘or pedagogik tajribani joriy etish masalalarini muhokama qiladi;
Ixtisoslashtirilgan tashkilot xodimlarini ma’naviy va moddiy rag‘batlantirish masalalarini ko‘rib chiqadi;
Ixtisoslashtirilgan tashkilot direktori va pedagog xodimlari hisobotlarini eshitadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ixtisoslashtirilgan tashkilot Pedagogik kengashi qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham bajarishi mumkin.
(69-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
70. Ixtisoslashtirilgan tashkilotda bolani tarbiyalash, rivojlantirish va ta’lim berishda ko‘maklashish maqsadida Kuzatuv kengashi tashkil etiladi. Uning tarkibi ushbu tashkilotga boradigan bolalarning qonuniy vakillari, uning xodimlari, shuningdek nodavlat notijorat tashkilotlar vakillaridan tuziladi.
Ixtisoslashtirilgan tashkilotning Kuzatuv kengashi:
Ixtisoslashtirilgan tashkilotni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
(70-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 375-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.08.2022-y., 09/22/426/0707-son)
Ixtisoslashtirilgan tashkilot direktorining uning faoliyatini takomillashtirish yuzasidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlar, moliya-xo‘jalik holati, daromadlar va xarajatlar, budjet, budjetdan tashqari, homiylik va boshqa mablag‘lardan foydalanish to‘g‘risidagi davriy hisobotlarini eshitadi;
Ixtisoslashtirilgan tashkilot direktori, pedagog xodimlari va boshqa xodimlari faoliyatiga taalluqli ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazadi;
Maktabgacha ta’lim hududiy boshqaruv organlariga Ixtisoslashtirilgan tashkilot xodimlarini rag‘batlantirish to‘g‘risida takliflar kiritadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ixtisoslashtirilgan tashkilotning Kuzatuv kengashi qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham bajarishi mumkin.
(70-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
71. Ixtisoslashtirilgan tashkilot Kuzatuv kengashining faoliyatini tashkil etish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
72. Ixtisoslashtirilgan tashkilotga O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan direktor rahbarlik qiladi.
(72-band Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 426-son qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.08.2022-y., 09/22/426/0707-son)
73. Direktor Ixtisoslashtirilgan tashkilotning faoliyatiga joriy rahbarlik qiladi va Kuzatuv kengashiga hamda muassisga hisob beradi.
Oldingi tahrirga qarang.
74. Ixtisoslashtirilgan tashkilot direktorining huquqlari va majburiyatlari qonunchilik hujjatlarida, ustavda, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda, shuningdek, mehnat shartnomasida belgilanadi.
(74-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
75. Ixtisoslashtirilgan tashkilot direktorining lavozimiga qo‘yiladigan malaka talablari O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan belgilanadi.
76. Direktor:
Oldingi tahrirga qarang.
Ixtisoslashtirilgan tashkilot nomidan faoliyat olib boradi, uning manfaatlarini ifodalaydi, Ixtisoslashtirilgan tashkilot mulkini qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tasarruf etadi va shartnoma tuzadi;
(76-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ixtisoslashtirilgan tashkilot vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan qarorlar qabul qiladi va Ixtisoslashtirilgan tashkilotga yuklatilgan vazifalar hamda funksiyalar bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
o‘z vakolati doirasida Ixtisoslashtirilgan tashkilotning barcha xodimlari uchun majburiy bo‘lgan buyruqlar chiqaradi va ko‘rsatmalar beradi;
o‘quv-moddiy bazani mustahkamlash, ta’lim-tarbiya ishlarini takomillashtirish, malakali pedagog va tibbiy kadrlar bilan ta’minlash bilan bog‘liq ayrim masalalarni hal qilish yuzasidan hamda Ixtisoslashtirilgan tashkilot faoliyatiga oid boshqa masalalar bo‘yicha tegishli organlarga ko‘rib chiqish uchun takliflar kiritadi;
pedagog, tibbiyot xodimlari va boshqa xodimlar bilan mehnat shartnomalarni tuzadi;
qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
77. Uch nafar direktor o‘rinbosari Ixtisoslashtirilgan tashkilotning tarkibiy bo‘linmalariga joriy rahbarlik qiladi:
o‘quv-tarbiya ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari maktabgacha ta’lim hududiy boshqaruv organi va O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi bilan kelishuv bo‘yicha Ixtisoslashtirilgan tashkilot direktori tomonidan tayinlanadi;
davolash ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari sog‘liqni saqlash hududiy boshqaruv organi tomonidan tavsiya etiladi hamda maktabgacha ta’lim hududiy boshqaruv organi va O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi bilan kelishuv bo‘yicha Ixtisoslashtirilgan tashkilot direktori tomonidan tayinlanadi;
umumiy masalalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari maktabgacha ta’lim hududiy boshqaruv organi va O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi bilan kelishuv bo‘yicha Ixtisoslashtirilgan tashkilot direktori tomonidan tayinlanadi.
78. Ixtisoslashtirilgan tashkilot direktori o‘rinbosarlarining huquq va majburiyatlari ustavda, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda, shuningdek mehnat shartnomasida belgilanadi.

Yüklə 83,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin