6-bob. Yakunlovchi qoidalar 22. Jamg‘arma hisobidan har oylik ustama va bir martalik pul mukofoti uchun ajratilgan kvotalar asosida nomzodlar saralanmay qolgan yoki mukofot va ustama oluvchi shaxslar soni kvotadan kam bo‘lgan taqdirda, Ishchi guruhning tegishli qaroriga muvofiq kvotalarni qayta ko‘rib chiqish vakolati bilan qo‘shimcha saralash o‘tkazilishiga ruxsat beriladi.
23. Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanish yuzasidan nazorat Moliya vazirligi huzuridagi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi.
24. Ushbu Nizomni qo‘llashda yuzaga keladigan nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
25. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilikka muvofiq javob beradilar.
Xalq ta’limi vazirining jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomga
ILOVA
Xalq ta’limi vazirining jamg‘armasi hisobidan malakali pedagog kadrlarga har oylik ustama to‘lash SXEMASI