Qarori xalq ta’limi vaziri jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘G‘risida


Bosqichlar Subyektlar



Yüklə 47,7 Kb.
səhifə9/9
tarix27.12.2022
ölçüsü47,7 Kb.
#121836
1   2   3   4   5   6   7   8   9
2022 yil 425-qaror

Bosqichlar




Subyektlar




Tadbirlar




Bajarish muddatlari































1-bosqich




Hududiy xalq ta’limi boshqarmalari, Inspeksiyaning hududiy bo‘linmalari




Tasdiqlangan mezonlar asosida ta’lim darajasi yuqori bo‘lmagan maktablar ro‘yxatiga kiritiladigan maktablar yuzasidan Xalq ta’limi vazirligiga taklif kiritadi.




Har yili 1-fevralga qadar































2-bosqich




Xalq ta’limi vazirligi, Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi




1. Ta’lim darajasi yuqori bo‘lmagan maktablar ro‘yxatini shakllantiradi va tasdiqlaydi.




Har yili 1-martga qadar







2. Ta’lim darajasi yuqori bo‘lmagan maktablar ro‘yxatini Vazirlikning rasmiy veb-sayti hamda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida e’lon qiladi.




Ro‘yxat tasdiqlangandan so‘ng 10 kun ichida






















3-bosqich




Tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limi




Elektron platformaga ta’lim darajasi yuqori bo‘lmagan maktablar to‘g‘risida, shu jumladan, ulardagi ajratiladigan vakant dars soatlari haqidagi ma’lumotlarni kiritadi.




Har yili 15-mayga qadar































4-bosqich




O‘qituvchi-pedagoglar




O‘qituvchi-pedagoglar elektron platformaga kiritilgan ta’lim darajasi yuqori bo‘lmagan maktablarning birini tanlab, ko‘rsatilgan manzilning axborot ma’lumotlari asosida maktab direktoriga to‘g‘ridan to‘g‘ri murojaat etadi.




Har yili 15-maydan 25-iyulga qadar































5-bosqich




Umumta’lim maktabi




1. Ta’lim darajasi yuqori bo‘lmagan maktablarda o‘qituvchi-pedagoglarni saralash bo‘yicha ishchi guruh tuziladi.
2. Belgilangan talablarga mos kelgan hamda vakant soatlar bo‘yicha bir o‘ringa ikki va undan ortiq nomzodlar bilan kasbiy bilim va ko‘nikmalar, pedagogik mahorat hamda psixologik qobiliyat yo‘nalishida suhbat o‘tkaziladi.




Har yili 1-avgustga qadar







3. Saralashdan muvaffaqiyatli o‘tgan o‘qituvchi-pedagoglar to‘g‘risida ma’lumotlarni elektron platformaga kiritadi.




Har yili 5-avgustga qadar






















6-bosqich




Xalq ta’limi vazirligi




Saralashdan o‘tgan o‘qituvchi-pedagoglar ro‘yxatini Xalq ta’limi vazirligining rasmiy veb-saytida e’lon qiladi.




Har yili 10-avgustga qadar































7-bosqich




Umumta’lim maktabi direktori




Saralashdan o‘tgan o‘qituvchi-pedagoglar bilan yangi o‘quv yilining birinchi kunidan boshlab ishga qabul qilish bo‘yicha muddatli mehnat shartnomasi tuzadi va qonunchilikda belgilangan tartibda buyruqni rasmiylashtiradi.




Har yili yangi o‘quv yilining birinchi kuniga qadar




























”.

14. Vazirlar Mahkamasining “Yoshlarni “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida o‘qitish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 29-noyabrdagi 716-son qarorida:
a) 4-bandning ikkinchi xatboshisidagi “1-aprelga qadar” so‘zlari “1-sentabrga qadar” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 10-bandning ikkinchi xatboshisidan “hamda kelgusi yildan boshlab O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladi” so‘zlari chiqarib tashlansin;
v) 11-banddan uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
g) quyidagi mazmundagi 111-band bilan to‘ldirilsin:
“111. 2022-yil 1-avgustga qadar Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi “O‘quv ta’lim-ta’minot” davlat muassasasi va “Transport va logistika xizmati” davlat unitar korxonasi negizida Xalq ta’limi tizimida Davlat xaridlarini tashkil etish, tovarlarni yetkazib berish, yig‘ish va o‘rnatish bo‘yicha yagona buyurtmachi sifatida “Ta’minot va logistika xizmati” davlat unitar korxonasi tashkil qilinsin.
Belgilansinki, “Ta’minot va logistika xizmati” davlat unitar korxonasi “O‘quv ta’lim-ta’minot” davlat muassasasi hamda “Transport va logistika xizmati” davlat unitar korxonasining barcha mol-mulklari va majburiyatlari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi hamda u tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar narx (tarif)lari belgilangan tartibda Moliya vazirligi tomonidan deklaratsiya qilinadi”;
d) 1-ilova (Umumta’lim maktablarining kompyuter sinf xonalarini zamonaviy kompyuter texnikasi va boshqa texnik vositalar bilan ta’minlashga qo‘yilgan minimal me’yorlar va texnik talablar)da:
2-pozitsiyaning “Soni” ustunidagi “15” raqami “10” raqami bilan almashtirilsin;
7-pozitsiya chiqarib tashlansin.
15. Vazirlar Mahkamasining “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 9-11-sinflari o‘quvchilarini kasb-hunarga tayyorlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 30-dekabrdagi 792-son qarorida:
a) qaror nomidagi “9-11-sinflari” so‘zlari “10-11-sinflari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) muqaddimadagi “9-11-sinflari” so‘zlari “10-11-sinflari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 2-bandning ikkinchi xatboshisidagi “9-11-sinflari” va “9-10-sinflarda” so‘zlari tegishlicha “10-11-sinflari” va “10-sinflarda” so‘zlari bilan almashtirilsin;
g) 3-banddagi “9-11-sinflari” so‘zlari “10-11-sinflari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
d) ilova (Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 9-11-sinflari o‘quvchilarini kasb-hunarga tayyorlashni tashkil etish tartibi to‘g‘risida nizom)da:
nizom nomidagi “9-11-sinflari” so‘zlari “10-11-sinflari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
1-banddagi “9-11-sinflari” so‘zlari “10-11-sinflari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
16. Vazirlar Mahkamasining “Xalq ta’limi xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2022-yil 17-yanvardagi 25-son qarorida:
a) 1-bandning ikkinchi xatboshisidagi “A. Avloniy nomidagi Xalq ta’limi muammolarini o‘rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot instituti, Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazlari” so‘zlari “A. Avloniy nomidagi pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga o‘rgatish milliy-tadqiqot instituti, Pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazlari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 1-ilova (Xalq ta’limi xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom)da:
3-bandning uchinchi xatboshisidagi “A. Avloniy nomidagi Xalq ta’limi muammolarini o‘rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot instituti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazlari” so‘zlari “A. Avloniy nomidagi Pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga o‘rgatish milliy-tadqiqot instituti, Pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazlari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
6-bandning yettinchi va sakkizinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“A.Avloniy nomidagi Pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga o‘rgatish milliy-tadqiqot instituti (keyingi o‘rinlarda — Institut);
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazlari (keyingi o‘rinlarda — pedagogika markazlari)”;
7-bandning oltinchi xatboshisidagi, 12-bandning birinchi xatboshisidagi, 13-bandning birinchi xatboshisidagi, 96-banddagi, 110-bandning uchinchi xatboshisidagi, 116, 128 va 129-bandlardagi “hududiy markazlar” so‘zlari “pedagogika markazlari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
17. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-apreldagi 201-son qarori bilan tasdiqlangan Hududlarda aholi bilan o‘tkazilgan uchrashuvlar davomida bildirilgan takliflar va aholini uzoq yillardan buyon qiynab kelayotgan mavjud muammolarni tezkor bartaraf etishga qaratilgan hamda amaliy tadbirlarni o‘z ichiga olgan Yo‘l xaritasining 54-pozitsiyasidagi “3. O‘qituvchining nufuzini oshirishga bo‘lgan rag‘bat qatorida, o‘qituvchi, murabbiylar uchun alohida “O‘qituvchi” ko‘krak nishoni ta’sis etish” so‘zlari chiqarib tashlansin.


(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.08.2022-y., 09/22/425/0712-son)
Markaz haqida
Yüklə 47,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin