Fan Sillabusi QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI
Fan to‘g‘risida ma’lumot Fan shifri: JTSNU10014
Fan nomi: jismoniy tarbiyа, sport nazariyasi va uslubiyati Semestr/Yil: 3-4 - semestr/ 2023-2024 o‘quv yili Kafedra: Jismoniy tarbiya va sport turlari kafedrasi Soatlar/kreditlar miqdori: 10 ECTS (120 auditoriya soati)
Ma’ruza
Amaliy mashg‘ulot
Seminar
Mustaqil ta’lim
Jami
18
-
18
234
270
Fan bo‘yicha mashg‘ulotlarning joylashuvi: Auditoriya vaqti: Dars jadvaliga asosan Talabаlar: Sport faoliyati (Turlari bo’yicha) _______ Fan uchun mas’ul kafedra: Jismoniy tarbiya va sport turlari kafedrasi Instruktor to‘g‘risida ma’lumot Instruktor: Begaliyev Baxtiyor Ataullayevich, Karimov Bekzod Boyqobilovich. Kafedra joylashgan joyi: QDU Sport fakulteti Telefon: +998941757676, +998906383367. Ish vaqti: 8.00 –17.00 gacha
I. Faning mazmuni va o‘qitishdan maqsadi va vazifasi Ushbu fan jismoniy tarbiya va sport ta’limining tarkibiy qismlari, uning vosita va uslublari, tamoyillari, ta’lim tizimidagi o‘rni kabi masalalarni qamrab oladi. Jamiyatda jismoniy tarbiya va sportning mazmun-mohiyati hamda o‘rni, mamlakatni demokratlashtirish va jahon hamjamiyatidagi nufuzini oshirishda jismoniy tarbiya va sportning o‘rni qanchalik muhim ekanligini tushunishda talabalarni ular uchun zarur bo‘lgan bilimlar bilan qurollantiradi.
Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati” fani umumkasbiy fanlar blokiga kiritilgan kurs hisoblanib, 2 va 3-bosqichlarda o‘qitilishi maqsadga muvofiq. MazkurfanO‘zbekistondavlatjismoniytarbiyavasportuniversitetio‘quvrejasida oliy jismoniy tarbiya ta’limining umumiy ixtisoslik fani hisoblanаdi hamda universitetda o‘qitiladigan umumkasbiy va mutaxassislik fanlarining nazariy va uslubiy asosini tashkil etadi.
Fanning maqsadi jismoniy tarbiya asoslarining chuqur nazariy anglanishini ta’minlash, jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha pedagogning kasbiy faoliyatidagi asosiy nazariy-usuliy qoidalarini amalga oshirish malakasini shakllantirishdan iborat. Fanning vazifasi jismoniy tarbiya va sport faoliyatining nazariy qoidalarini o‘rganish, jismoniy tarbiya va sport nazariyasi va uslubiyatining tushunchalarini o‘rganish, jismoniy tarbiya va sportning vosita va usullarini o‘zlashtirish; jismoniy tarbiya va sportning tashkiliy shakllarini o‘rganish; tayyorgarlik fanlari tizimida jismoniy tarbiya va sport nazariyasi hamda uslubiyatining integratsiyalovchi roli to‘g‘risida tasavvur hosil qilish; amalda harakat faoliyatilarini o‘rganish, jismoniy sifatlarni rivojlantirish, bilimlarni shakllantirish nazariyasi va uslubiyatini qo‘llashga o‘rgatish.
II.Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg‘ulotlari)
2-MODUL.