Qarshi davlat universiteti filologiya fakulteti



Yüklə 357,76 Kb.
səhifə10/60
tarix16.03.2023
ölçüsü357,76 Kb.
#124170
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   60
Qarshi davlat universiteti filologiya fakulteti (1)

Analitik mashqlar:
a) Belgilangan tayanch so‘zini va tarkibidagi yangi o‘rganilayotgan tovushni to‘g‘ri talaffuz qilish;
b) Yangi o‘rganilayotgan tovushni tayanch so‘zdan ajratib olish va sof xolda talaffuz qilish;
v) Shu tovushni talaffuz qilish jarayonida nutq organlarining xolatini amaliy ko‘rsatish va izohlab tushuntirish;talaffuzi o‘rganilgan tovushni to‘g‘ri so‘zlar tarkibidan topish;
d) Tarkibidagi yangi o‘rganilgan tovush ishtirok etadigan so‘zlar tanlash;
e) Talaffuzi o‘rganilgan tovushning grafik belgisi - bosma harf bilan tanishtirish;
s) Harfning bosh va kichik shaklini, oldin o‘rganilgan harflardan farqini ko‘rsatib, tushuntirish.
Sintetik mashqlar:
a)Kesma harflardan bo‘g‘in tuzish va o‘qish;
b)Bo‘g‘inlardan so‘z tuzish va o‘qish;
v)«Alifbe» tushunchalarida bo‘g‘inlarga bo‘lib berilgan so‘zlarni o‘qish;
e)«Alifbe» dagi so‘z va gaplarni o‘qish.
M.Yusupov asosiy maqsadni nazarda tutib, anilitik mashqlarni nutqdan emas, so‘zdan boshlashni tavsiya etadi. 4
Shu bois analitik-sintetik tovush metodining an’anaviy hamda shakllanish, tashkil topish jarayonidagi tamoyillari quyidagilardan iborat:
1. Savod o‘rgatishda analitik-sintetik tovush metodi shaxsni shakllantirish maqsadiga ko‘ra ta’limiy va o‘stiruvchi xarakterda boiadi, nutqiy mashqlar orqali aqliy o‘sishini ta’minlaydi, o‘qishning ongli boiishini talab etadi.
2. Analitik-sintetik tovush metodi tashkiliy tomondanquyidagi ikki davrga bo‘linadi:
a) tayyorlov davri;
b) alifbo davri.
Bunda yozuvga o‘rgatish o‘qishga o‘rgatish bilan parallel holda olib boriladi.
3. Analitik-sintetik tovush metodida psixolingvistik nuqtai nazardanquyidagilarga e’tibor qaratiladi:
a) savod o‘rgatish bolalarning jonli nutqiga, ular egallagan nutq malakasiga asoslanadi;
b) savod o‘rgatishga tovush asos qilib olinadi, unda tovushni ajratishga, tahlil va sintez qilishga, tovushlar artikulatsiyasiga, bolalarda fonematik eshitishni rivojlantirishga katta ahamiyat beriladi;
d) o‘qish birligi sifatida bo‘g‘in olinadi, bo‘g‘in ustida ishlashga katta ahamiyat beriladi.
Metodning shakllanish va tashkil topish jarayonidagi tamoyillari quyidagilardir:

Yüklə 357,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin