Qarshi davlat universiteti filologiya fakulteti


Daftar varag‘iga yozishda bolalarga quyidagilarni



Yüklə 357,76 Kb.
səhifə30/60
tarix16.03.2023
ölçüsü357,76 Kb.
#124170
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   60
Qarshi davlat universiteti filologiya fakulteti (1)

Daftar varag‘iga yozishda bolalarga quyidagilarni:

  1. Sana yoki tartib raqami qayerga yozilishini:

  2. Qatorning qayeridan so‘z yozishni boshlash lozimligini;

  3. Qatordagi so‘zlarning oraliq masofasi qanday bo‘lishi kerakligini;

  4. Avvalgi va keyingi ishlar orasida qancha qator tashlanishi haqida;

  5. Betni qanday yakunlash haqida tushuntirib o‘tish lozim.

Husnixatda yozish uchun lozim bo‘lgan metodik shartlar. O‘qituvchining namunasi - bolalarda to‘g‘ri yozuvni shakllan-tirishning asosiy omili hisoblanadi.Yozishga o‘rgatish ko‘pincha taqlid qilish orqali amalgam oshadi. o‘qituvchining birinchi o‘quv yilida sinf taxtasi yoki o‘quvchi daftariga yozganlari asl nusxa sifatida ko‘riladi, chunki o‘quvchilar undan o‘z daftariga ko‘chi-rib oladilar. Shuning uchun o‘qituvchining husnixati to‘g‘ri va chiroyli bo‘lishi lozim. Sinf taxtasiga yozilgan yozuvi esa o‘quv-chining daftaridagi harflarning joylashishiga mos holda bo‘lishi kerak. Amaliyotning ko‘satishicha, agar o‘qituvchi qatorning oxirigacha yozmasa (to‘ldirmasa), bolalar ha undan namuna olib qatorning oxirigacha yozishmaydi, qog‘ozni bekorga sarf etishadi va so‘zlarni keyingi qatorga to‘g‘ri ko‘chirish yo‘llani o‘rgana olmaydilar, shubhali hollarda qator oxirigacha ko‘chirmaydigan bo‘lishadi.
O‘qituvchi bolalarning daftarini ehtiyotsizlik bilan tekshirishi natijasida bolaning ehtiyotsizlik bilan yozishiga olib keladi.
Aniq va to‘g‘ri husnixatda yozishni nafaqat sinf ishida, balki barcha sinf ishlarining turlarida va sinfdan tashqari yozuv ishlarida, o‘quvchilarning yozma arizasi, ular tomonidan tayyorlanadigan ko‘rgazmalar (devoriy gazetalar, jadvallar, shiorlar va h.k.)


11-mavzu. Yozuv materiallari va qurollari

  1. Yozuv qurollari.

  2. Yozuv materiali.

  3. Chiroyli husnixat bilan yozishga erishish.

  4. 2-4-sinflarda chiziqli daftar.

O‘quvchilarni chiroyli yozishga o‘rgatishda, ularda husnixat malakalarini hosil qilishda yozuv qurollari va materiallarining sifati katta rol o‘ynaydi.
Yozuvning chiroyli bo‘lishi ko‘p jihatdan yozuv quroli va materialiga bog‘liqdir. Yozuv qurollari va materiallari quyidagilar sanaladi:
Xattaxta. «To‘g‘ri o‘tir» plakati. Alifboning yozma shakli. Haflar alohida yozilgan alpbom. Husnixat daftari. Rangli bo‘rlar. Ruchka. Yozuv daftari.

Yüklə 357,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin