Qarshi davlat universiteti filologiya fakulteti


Ovozli o‘qishning afzalliklari quyidagilar



Yüklə 357,76 Kb.
səhifə44/60
tarix16.03.2023
ölçüsü357,76 Kb.
#124170
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   60
Qarshi davlat universiteti filologiya fakulteti (1)

Ovozli o‘qishning afzalliklari quyidagilar:
1. O‘qituvchi o‘quvchilarning xato va kamchiliklarini, o‘qish ko‘nikmalarini aniqlay oladi.
2. Kichik yoshdagi o‘quvchilar ovoz chiqarib o‘qisalar, matn mazmunini tez tushunib oladilar.
3. Ovozli o‘qishdan kitobxon estetik zavq oladi.
4. Ovozli o‘qishda ifodalilikka katta e’tibor beriladi.
5. Ovozli o‘qish o‘quvchilar lug‘atini boyitish va nutqini o‘stirishda katta ahamiyatga ega.
Shivirlab (yarim ovozli) o‘qish darsning tashkiliy qismlari-da, o‘qituvchi sinf jurnali bilan mashg‘ul paytda yoki o‘quvchi-larni darsga tayyorlash bosqichlarida o‘tkaziladi.
Maktabda o‘qishning bu uch turi almashtirib turiladi. 1-2-sinflarda ovozli va shivirlab (pichirlab) o‘qishdan ichda o‘qishga o‘tilsa, 3-4-sinflarda ichda o‘qishdan ovozli o‘qishga o‘tiladi. 3-4-sinflarda o‘qish turlaridan foydalanishda chegara qo‘yilmaydi.
Boshlang‘ich sinflarda o‘qishning hamma turiga bir xil talab qo‘yiladi, ya’ni o‘qish to‘g‘ri bo‘lishi, tez, ongli va ifodali bo‘lishi zarur.
18- mavzu. Boshlang‘ich sinflarda badiiy asarni tahlil qilish
1.Badiiy asar ustida ishlash.
2.Badiiy asarni o‘qishga tayyorgarlik.
3.Badiiy asar matni ustida ishlash.
4.O‘qish darslarida mustaqil ishlar.
Zamonaviy maktab oldiga qo‘yilgan vazifalar, kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar umumiy rivojlanishining o‘sganligi, psixologiya va xususiy metodika sohasidagi yutuqlar sinfda o‘qish mazmuni va o‘qitish metodlariga o‘zgartirish kiritishni talab etmoqda. Shularga bog‘liq holda badiiy asarni tahlil qilish metodikasi takomillashtira borildi: takroriy bayon qilish mashqlari kamaytirildi, ijodiy va o‘qilgan matn yuzasidan o‘z fikrini bayon qilish ko‘nikmasini o‘stiradigan mashqlar ko‘paytirildi, asar qismlari ustida emas, balki yaxlit asar ustida ishlanadigan bo‘ldi, asar g‘oyasi va obrazlarini tushuntirishda o‘quvchilarning mustaqil-ligi ortdi, matn ustida ishlashda xilma-xil topshiriq turlaridan, ta’limda texnika vositalaridan va ilg‘or pedagogik texnologiya usullaridan ko‘proq foydalanila boshlandi va hokazo.
XX asrning 60-yillarida yaratilgan maktab dasturida kichik mak­tab yoshidagi o‘quvchilarda shakllantiriladigan matn ustida ishlash ko‘nikmalari belgilab berildi, shuningdek, 1-4-sinflarda o‘qish malakasiga qo‘yilgan talablar ancha aniq ajratildi. XX asrning 70-yillari boshlarida mazmuni va metodik apparati jihatidan hayotga yaqinlashtirilgan o‘qish kitoblari yaratildi.
Mustaqillik tufayli ta’lim sohasida ham katta islohotlar amalga oshirildi. 1999-yil boshlang‘ich ta’limning ham „Davlat ta’lim standarti" yaratildi, o‘quv dasturlari yangilandi. 2005-yil tajriba-sinov natijalari hisobga olinib, davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturlari qayta ko‘rib chiqildi, ,,O’qish kitobi" darsliklari ham yangilandi.
Boshlang‘ich sinflarda badiiy asar quyidagi muhim metodik qoidalar asosida tahlil qilinadi:
1. Asar mazmunini tahlil qilish va to‘g‘ri, tez, ongli, ifodali o‘qish malakalarini shakllantirish bir jarayonda boradi (asarning mazmuni­ni tushuntirishga oid topshiriq o‘qish malakalarini takomillashtirish topshirig‘i ham hisoblanadi).
2. Asarning g‘oyaviy asoslari va mavzusini, uning obrazlari, sujet chizig‘i, kompozitsiyasi va tasviriy vositalarini tushuntirish o‘quvchilarning shaxs sifatida umumiy kamol topishiga yaxshi xizmat qiladi, shuningdek, bog‘lanishli nutqining o‘sishi (lug‘ati-ning boyishi va faollashishi)ni ta’minlaydi.
3.O‘quvchilarning hayotiy tajribasiga tayanish asar mazmuni-ni ongli idrok etishning asosi va uni tahlil qilishning zaruriy sharti hisoblanadi.
4. Sinfda o‘qishga o‘quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish, atrof-muhit haqidagi bilimlarini kengaytirish va ilmiy dunyoqarash asoslarini shakllantirishning samarali vositasi sifatida qaraladi.

Yüklə 357,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin