Qarshi davlat universiteti filologiya fakulteti


O‘qish darslarida mustaqil ishlar



Yüklə 357,76 Kb.
səhifə51/60
tarix16.03.2023
ölçüsü357,76 Kb.
#124170
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   60
Qarshi davlat universiteti filologiya fakulteti (1)

O‘qish darslarida mustaqil ishlar. Mustaqil ish mashqning faol turi bo‘lib, uni bajarish jarayonida o‘quvchilar fikrlashga va mustaqil faoliyat yuritishga o‘rganadilar. Bir vaqtning o‘zida ikki yoki uch sinf bilan ishlanadigan oz komplektli maktablarda mustaqil ish, ayniqsa, juda zarur hamda katta ahamiyatga ega.
Boshlang‘ich sinflarning o‘qish darslarida mustaqil ishning quyidagi turlaridan foydalaniladi:
1. Asarni ichda o‘qish.1-sinfda bu mashqni topshirishdan oldin ayrim so‘zlarni kesma harflar bilan tuzdirish va uni o‘qishni mashq qildirish maqsadga muvofiq. O‘quv yilining ikkinchi yarmidan boshlab ichda o‘qib, ayrim qatnashuvchi shaxslarning gaplarini topish, uni o‘qish va o‘z so‘zi bilan gapirib berish, matndan o‘qituvchi bergan savolga javob bo‘ladigan o‘rinni topish kabi topshiriqlar berilishi mumkin.
2. O‘qilgan matn yuzasidan berilgan savollarga javob berish. Bu mashq bolalarni diqqat-e’tibor bilan o‘qishga o‘rgatadi; bu ish turidan oz komplektli maktablarda foydalanish dars tartibini belgilashga ham yordam beradi. Mashqning bu turi asta murakkab-lashtira boriladi: awal o‘quvchilar matnga oid savollarga javob berish bilan uning mazmunini o‘zlashtirsalar, keyin asarning asosiy g‘oyasini bilib oladilar, voqea-hodisalar o‘rtasidagi sabab-natija bog‘lanishlarini tushunadilar. Bunda „Nega?", „Nima uchun?" kabi savollardan foydalaniladi. Masalan, 4-sinf ,,0’qish kitobi"dagi „Davlat" ertagi matni ustida ishlaganda „Ertakda Davlat dehqon-ning uyida umrbod qolishga jazm qilibdi. Nima uchun?" savoli beriladi, bu savol hikoyaning asosiy mazmunini aniqlashga ham yordam beradi. 2-sinfdan boshlab bolalar nima uchun hikoya, she’r shunday nomlanganini aytib berishga o‘rganadilar.
3. O‘qilgan asar mazmunini to‘liq anglash, bilib olish uchun o‘qituvchi topshirig‘ini bajarish. Topshiriqlar quyidagicha bo‘lishi mumkin:
- o‘qing va omonatga xiyonatning jazosi qandayligini aytib bering. („Omonatga xiyonat", 4-sinf)
- o‘qing va nima uchun hunarsiz kishi o‘limga yaqinligini tushuntirib bering („Hunarsiz kishi oiimga yaqin", 4-sinf va hokazo).
Ba’zan topshiriqlar turli xildagi qayta hikoyalashni talab qiladi:
a) matnning ayrim o‘rinlaridan foydalanib (ko‘chirma olib) qayta hikoyalash;
b) hikoyani bir sujet chizig‘i asosida qayta hikoyalash;
d) matnni qisqartib qayta hikoyalash;
e) matnning shaxsini o‘zgartirib qayta hikoyalash va boshq.

Yüklə 357,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin