Qarshi davlat universiteti filologiya fakulteti


O‘qilgan matn rejasini tuzishga tayyorlanish va reja tuzish



Yüklə 357,76 Kb.
səhifə52/60
tarix16.03.2023
ölçüsü357,76 Kb.
#124170
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   60
Qarshi davlat universiteti filologiya fakulteti (1)

4. O‘qilgan matn rejasini tuzishga tayyorlanish va reja tuzish.Bunda quyidagi ish turlaridan foydalaniladi:
1) o‘qilgan matnga oid rasm chizish;
2) rasmga matndagi so‘zfar yoki o‘z so‘zi bilan sarlavha qo‘yish;
3) o‘qituvchi tomonidan tartibsiz berilgan savollardan foydalanib reja tuzish;
4) matnni qismlarga bo‘lish va har bir qismga sarlavha qo‘yish va hokazo.
Mustaqil ishning qanday bajarilganligini hisobga olish o‘quvchilarning tayyorlik darajasini aniqlashda va keyingi bosqich-larda mustaqil mashqni to‘g‘ri tashkil qilish uchun material tanlashda o‘qituvchiga yordam beradi.
20-mavzu. Har xil janrdagi asarlarni o’qitish metodikasining o’ziga xos xususiyatlari. Ertakni o‘qish metodikasi
1.Turli janrdagi badiiy asarlar.
2.Xalq og‘zaki ijodida ertak janri.
3. Ertakning pedagogik qiymati.
Boshlang‘ich sinflarning o‘qish darslarida garchi ilmiy jihatdan bo‘lmasada, amaliy jihatdan turli janrga mansub asarlar o‘qib o‘rganiladi. O‘qish darsliklariga, asosan, hikoya, she’r, ertak, masal, maqol, doston, rivoyat va topishmoq kabi janrdagi asarlar kiritilgan. Bulardan tashqari, ilmiy-ommabop asarlar ham o‘qitiladi.
Turli janrdagi badiiy asarlar qurilishi, uslubi jihatidan o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, ularning o‘quvchilarga ta’siri ham har xil boiadi. Tabiiyki, har bir janrga oid asar matni lingvistik jihatdan ham o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Masalan, she’riy asarlar matni hikoya matnidan, ertak matni she’r matnidan, ilmiy-ommabop maqola matni masal janriga taalluqli asarlar matnidan tubdan farq qiladi. Topishmoqlar predmet, voqea - hodisalar o‘rtasidagi o‘xshashlikni taqqoslash orqali o‘zlashtirilsa, maqollar mazmuni hayotiy misollar vositasida sharhlashni taqozo etadi. Shunga ko‘ra, turli janrdagi badiiy asarlami o‘qishda o‘qituvchidan unga mos usullar tanlash talab etiladi.
Ertakni o‘qish metodikasi
Xalq og‘zaki ijodida ertak janrining bolalar tomonidan yaxshi qabul qilinib, qiziqib o‘qilishining sabablaridan biri ertak tilining ta’sirchanligi, o‘tkirligi, ma’nodorligi va xalq tiliga yaqinligidir. Ertaklarning ko‘pchiligida real hayot tasviri sarguzasht unsurlar bilan qo‘shilib ketadi.
Ertakning o‘tkir, maroqli sujeti, voqea rivojidagi favqulodda ajoyib vaziyat bolalarni maftun qiladi, undagi mard, kuchli, topqir, dovyurak, chaqqon qahramonlar, ertakning g‘oyaviy yo‘nalishi, unda ezgulik kuchining – yaxshilikning doimo g‘alaba qilishi bolalarni o‘ziga tortadi. Ertakda qabul qilingan hikoya qilish shakli bir xil so‘z va iboralarning qayta-qayta takrorlanib turishi, ohang-dorligi, tilining ta’sirchanligi, ifoda vositalarining jonliligi, bolalar uchun juda qiziqarliligidir. Ertakda qatnashuvchilar ko‘pincha rahmdil, sahiy, adolatli hamda ularning aksi bo‘lgan yovuz, baxil, ochko‘z kishilar timsoli boiadi.
Ertakning pedagogik qiymati shundan iboratki, o‘quvchilar unda to‘g‘rilik, halollik g‘alaba qilganidan, kambag‘al kishilar qiyinchilikdan qutilganidan, ya’ni yaxshilik, ezgulik ro‘yobga chiqqanidan va yomonlik, vovuzlik mahkumlikka uchraganidan qiivonadilar. Ular hayotda ham doimo shunday bo‘lishini istaydilar. Masalan, „Halollik" ertagida (3-sinf) asosiy fikr kambag‘allarga yordam ko‘rsatish, o‘z mehnati bilan hayot kechirish bo‘lib, bu hatto butun xalq istagi ekanligi g‘oyasi ilgari surilgan boisa, „Hiylagarning jazosi" ertagida (4-sinf) soddadilning to‘g‘riligi hiylagarning makri ustidan g‘olib kelishi, xiyonat jazosiz qolmasligi g‘oyasi ilgari surilgan. Har ikki ertak ham to‘g‘riso‘zlilikning g‘alabasi bilan yakunlanadi. Bunday g‘alaba maishiy ertaklardan tashqari, sehrli ertaklarda ham ifodalangan.
Ertak bolalarda qahramonlarning xatti-harakatini muhokama qilib, baholash ko‘nikmasini o‘stirishi bilan birga yaxshilikning doimo g‘alaba qozonishiga ishonch uyg‘otadi. O‘quvchilar ertakni tahlil qilish jarayonida „Kishilardagi qanday sifatlar sizgayoqdi? (yoki yoqmadi?)", „Nima uchun?", „... nima uchun jazolandi? (yoki rag‘batlantirildi?)", „Nima uchun ertakdagi ba’zi qahramonlarga hatto tabiat kuchlari ham yordam beradi? (yoki ba’zilaridan yuz o‘giradi?)" kabi savollarga javob topish jarayonida mushohada qiladilar, muhokama qilib, xulosaga keladilar.
Yuqoridagi barcha fikrlarni hisobga olganda, ertakni o‘rganish darslarining qurilishi quyidagicha bo‘lishi mumkin:
1. Ertak bilan tanishtirish:
a) o‘quvchilarni ertakni idrok etishga tayyorlash;
b) o‘qituvchining ertakni ifodali o‘qishi, yod aytib berishi va hokazo.
2.Ertakni o‘quvchilar qay darajada idrok etganliklarini aniqlash maqsadida qisqacha suhbat o‘tkazish;
3.Ertakni qismlarga bo‘lib o‘qish va tahlil qilish; undagi ayrim tasviriy vositalar, ma’nodosh so‘zlarni topish, lug‘at ishi (ayrim so‘zlar ma’nosini tushuntirish);
4. Ertakni aytib berishga tayyorlanish (ichda o‘qish);
5. Ertakni so‘zlab berish;
6. Umumlashtiruvchi suhbat (ertak g‘oyasini ochish);
7. Ma’lum topshiriq asosida ertakni qayta o‘qish (ijodiy va mustaqil ishlar);
8. Vazifani tekshirish va yakunlash;
9. Uyda ertakni o‘qib (yoki aytib) berishga tayyorlanish.

Yüklə 357,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin