Qarshi davlat universiteti filologiya fakulteti



Yüklə 357,76 Kb.
səhifə55/60
tarix16.03.2023
ölçüsü357,76 Kb.
#124170
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   60
Qarshi davlat universiteti filologiya fakulteti (1)

Epik (voqeiy) she’r lar yoki she’riy usuldagi adabiy ertaklar kishilar hayotida yuz bergan yoki yuz berishi mumkin bo‘lgan biror voqeani umumlashtirgan holda ifodalash bilan hikoyalarga o‘xshaydi. Voqealarni ifoda etuvchi vositalarning ohang jihatdan tartibga solinishi, kichik bo‘laklarning izchil va bir me’yorda takrorlanishi, misralarda ohangdosh so‘zlarning qo‘llanishi bilan she’riy nutq sanaladi. Shu sababli bunday asarlami o‘rganishda she’r va hikoya ustida ishlash metodikasidan foydalaniladi.
Epik she’rlarni o‘qishga o‘quvchilar alohida tayyorlanadi, ularda ifoda etilgan voqealar yuz bergan davr haqida tasavvur hosil qilinadi. Bunday she’rlarning mazmuni qay darajada o‘zlashtiril-ganligiga ham alohida e’tibor qaratilishi lozim. Bunda ta’limiy vositalardan bo‘lgan rasmlardan foydalanish yaxshi samara beradi. Asar matni ustida ishlashda uni qismlarga bo‘lish, har bir qismdagi asosiy fikrni aniqlash, reja tuzish va qayta hikoyalash, qahramon-larga tavsif berish va tarbiyaviy xulosalar chiqarish kabi tahliliy ishlar amalga oshiriladi.
Epik she’rlarning nasriy asarlar kabi tuguni, kulminatsion nuqtasi, yechimi mavjud bo‘ladi. Shu sababli asar mazmuni savol-topshiriqlar orqali tahlil qilinadi. Savol-topshiriqlar o‘quvchilar tomonidan ham tuzilishi mumkin.
She’rni izohli o‘qish darsining tuzilishi quyidagicha bo‘lishi mumkin:
1)she’r mazmunini yaxlit idrok etish uchun uni ifodali o‘qib be­rish (birinchi sintez);
2) she’rda tasvirlangan payt, hodisa haqida suhbat (tahlil);
3) she’rni ifodali o‘qishni mashq qilish (ikkinchi sintez);
4) she’rni yod aytib berishga tayyorlanish;
5) epik (voqeiy) she’rlar ustida ishlash;
6) she’rdagi notanish so‘zlar ustida ishlash.
23- mavzu. Masal janrdagi asarni o’qitish metodikasi.
1.Masal – nasriy asardir.
2.1-sinfda masalni o’qish darsi.
3.2-sinfda masalni o’qish darsi
Masal – axloqiy, satirik va kesatiq mazmunini kinoyaviy obrazlarda aks ettirgan aksariyat kichik she’riy, ba’zan nasriy asardir. Inson xarakteriga xos xususiyatlar masalda majoziy obrazlar-hayvonlar, jonivorlar va o‘simliklar dunyosiga ko‘chiriladi. Timsollarning kinoyaviy xarakterda bo‘lishidan tashqari, kulgili savol-javob ham masal tili va uslubi uchun xarakterlidir. Ko‘pincha masalning kirish qismida, ba’zan pirovardida qissadan hissa-ibratli xulosa chiqariladi.
Adabiyot nazariyasida masalga liro-epik janrlardan biri sifatida she’riy shakldagi, majoziy xarakterdagi qisqa sujetli asar deb ta’rif beriladi. Masallarda turli hayvonlar majoziy suratda asarning qahramonlari sifatida tasvirlanadi.
Masal kichik hajmli, ammo boy mazmunli, tugun, kulminat-sion nuqta va yechimi bo‘lgan kichik pesani eslatadi. U biror voqea-hodisani qisqa, mazmunli tasvirlashda ajoyib namuna bola oladi.
Ma’lumki, tarbiya ko‘proq ta’lim jarayonida berib boriladi. Bolalarga maktabga kelgan kunidan boshlab, bilim ohshga havas tuyg‘usi shakllantiriladi. Ularda asta-sekin bilim olishga ehtiyoj paydo bo‘ladi va bu orqali o‘quvchilar ma’naviy ozuqa ola boshlay-dilar. Bu bilan bolada kelajakka intilish, orzu-havas, mehnatga chanqoqlik, xayru ehsonda sofdillik, ona-Vatanga mehr-muhabbat, fidoyilik, milliy g‘urur, matonat, mehr-oqibat, do‘stlik, ezgulik kabi yuksak hislar paydo bo‘ladi.
Masalning allegorik mazmuniga to‘xtalmasdan, bosh qahra-mon qiyofasini tahlil qilishga kirishiladi. 1-sinfda bolalar masalni hayvonlar haqidagi ertakka o‘xshash kulguli asar kabi qabul qilsalar, 2-sinfdan boshlab ular masaldagi hayvonlaraing xatti-harakati, o‘zaro munosabatlari ba’zan kishilar hayotida ham uchrashini, masal axloqiy bilim beradigan hikoya ekanini, ko‘proq she’riy tarzda bo‘lishini, unda kishilardagi ayrim kamchiliklar tasvirlanishini bilib ola boshlaydilar.
Masallarda yashiringan o‘tkir kinoya, voqealarning tez-tez o‘rin almashinib turishi uni bir maromda o‘qishga xalaqit beradi. Shuning uchun ifodali o‘qishga yetarli malaka hosil qilmagan o‘quvchi awal matn bilan yaxshilab tanishib chiqishi lozim.
Masai tahlil qilinayotganda, voqea rivojini jonli tasavvur qilish, obrazlarni aniq idrok etishda o‘quvchilarga yordam berish zarur. Chunonchi, ularga ayrim epizodlarni so‘z bilan tasvirlash, ba’zilariga o‘qituvchi yordamida tavsif berish, ishning oxirgi bosqichida rollarga bo‘lib o‘qish kabilarni tavsiya qilish maqsadga muvofiq. Qahramonlarga tavsif berishda uning xatti-harakati bilan birga, tilning o‘ziga xos xususiyatlaridan ham foydalaniladi. Masalni ifodali o‘qishga tayyorlanishda uning sujetini bilish bilan birga, muallif tilini yaxshi tushunish zarur.
4-sinf ,,O‘qish kitobi"da berilgan Sh. Sa’dullaning „Laqma it" masalida it markaziy timsol sanaladi. Mushuk, sigir, xo‘roz, tovuq va kurkalar timsolini it birlashtirib turadi. Shuning o‘ziyoq it xarakterini ochish uchun uning atrofidagi timsollarning xarakter xususiyatini bilishni talab etadi.
Mana shu izchillik hisobga olinsa, masal o‘qish darsining qurilishi quyidagicha ba’ladi:
1. Tayyorgarlik ishlari:
a) masal muallifi haqida o‘qituvchi hikoyasi;
b) o‘qilgan masal mazmuni bilan bog‘liq suhbat;
d) o‘qilgan masalda qatnashuvchi timsollarga xos xususiyatlar ha­qida suhbat.
2. Masalni o‘qituvchi o‘qishi (magnitafon yozuvini eshitish yoki film ko‘rsatish ham mumkin).
3. Masai matni ustida ishlash:
a) masalning tuzilishi va kompozitsiyasini aniqlash (o‘qish, reja tuzish va hokazo);
b) qatnashuvchilarning xatti-harakati, fe’1-atvori, xarakteriga xos xususiyatlarini tushuntirish (tanlab o‘qish, so‘z bilan va grafik tasvirlash, savollarga javob berish);
d) masalning aniq mazmunidan kelib chiqib, undagi asosiy fikrni belgilash;
e) krossvordlar, ta’limiy o‘yinlar, topishmoqlardan foydalanib, masal mazmuni va g‘oyasini o‘zlashtirish.
4. Allegoriyani ochish.
5. Axloqiy xulosa aks ettirilgan qismni tahlil qilish.
6. Hayotda uchragan shunga o‘xshash hodisalarga taqqoslash.



Yüklə 357,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin