Qarshi davlat universiteti filologiya fakulteti


To‘rtinchi alifbo Xivada muallimlik qilgan Muxtor Bakirov tomonidan yozilgan bo‘lib, kitob «Savod» deb nomlanadi



Yüklə 357,76 Kb.
səhifə14/60
tarix16.03.2023
ölçüsü357,76 Kb.
#124170
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   60
Qarshi davlat universiteti filologiya fakulteti (1)

To‘rtinchi alifbo Xivada muallimlik qilgan Muxtor Bakirov tomonidan yozilgan bo‘lib, kitob «Savod» deb nomlanadi. Bu alifbo o‘zbekcha, tatarcha, turkmancha, aralash shevada yozilgan. Kitob 1913 - yilda Qozonda nashr qilinadi.
O‘rta Osiyoda beshinchi alifbe «Ta’limi avval» nomi bilan Rustambek Yusuf o‘g‘li tomonidan yozildi. Alifboning birinchi bosmasi taxminan o‘n ikkinchi yillarda, ikkinchi bosmasi esa 1914- yillarda nashr qilingan.
Turkistonda uyg‘onish davrida chiqqan oltinchi alifbo «Turkiy alifbo» dir. Bu alifbo 1916 - yilda muallif Muhammadjon Abdulxoliq o‘g‘li tomonidan yozilib Qo‘qonda «Gayrat» kutub-xonasining tasorifi bilan bosiladi. Alifbo kitobi rasmli bo‘lgan.
Yettinchi alifboni Samarqandda Sayidrizo Alizoda tuzgan bo‘lib, «Zarafshon» kutubxonasi orqali nashrga chiqarilgan bu alifbo 96 betdan iborat bo‘lib, 1917-yilda faqat bir marotaba bosiladi.
Shuningdek, bu alifbolardan tashqari Yana 1912-1914 - yil oralarida Farg‘onada «Miftoxul alifbo», «Miftoxul avval», «Tahsil alifbo» nomli alifbolar ham bosilib chiqadi. Bulardan «Miftoxul alifbo»ning tuzuvchisi Mirzo Xayrullodir.
Oktabr inqilobidan keyin chiqqan alifbolar esa quyidagilardir:
«Rahbari avval» - bu alifbo 1918 - yilda Toshkentda faqat bir marta bosilgan bo‘lib, M.Faxriddin tomonidan tuzilgan va «Hurriyat» kutubxonasi orqali nashr qilingan.
«O‘rtoq» deb nomlangan alifbe esa Samarqandda 1918 - yilda maorif mudiri bo‘lib ishlagan Chechavichkinning tashabbusi bilan Vyatkin tomonidan tuziladi. Bu alifbe 20 ming dona bosiladi, lekin bu alifbedan maktablar hech qanday foyda ko‘rmaydi.
1919-yilda Shokirjon Rahimiy tomonidan «Sovg‘a» deb nomlangan alifbe tuziladi. Bu alifbe rasmli bo‘lib Turkiston jumhu-riyatining maorif komissarligi xarji bilan nashr qilinadi. Bu alifbe har safar nashr qilinishida tuzatishlar kiritilib, besh marotaba bosiladi.
M.Qodiriy, A.Mo‘miniy va Sh.Islomiylar hamkorlikda «Kattalarga o‘qish» nomli alifbe tuzadilar. Alifbe 1920 - yilda «Davlat nashriyoti» tomonidan ko‘p miqdorda bosilib chiqa- riladi

Yüklə 357,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin