Qarshi davlat universiteti filologiya fakulteti


Namunaga qarab yozish usuli



Yüklə 357,76 Kb.
səhifə35/60
tarix16.03.2023
ölçüsü357,76 Kb.
#124170
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   60
Qarshi davlat universiteti filologiya fakulteti (1)

3. Namunaga qarab yozish usuli. Husnixatga o‘rgatish usullaridan biri harflarning shaklini namuna qilib ko‘rsatish va yozdirishdir.
Har bir harfning namunasi doskada barcha o‘quvchilarning diqqatini jalb qilgan holda yoki ayrim o‘quvchilarga daftarda alohida-alohida ko‘rsatiladi. O‘quvchining vazifasi esa doskada eslab qolgan shakllarni (harf, bo‘g‘in, so‘zlar) o‘z daftarlariga to‘g‘ri aks ettirishidir. Doskada yozib ko‘rsatilgan har bir harf barcha o‘quvchilarga aniq ko‘rinib turishi shart. Agar ayrim o‘quvchilar uni aniq ko‘rmagan bo‘lsalar, qaytadan takrorlab ko‘rsatiladi. Ayniqsa, yangi harf yoki ularning bog‘lanishini ko‘rsatish vaqtida qayta-qayta takrorlash juda muhimdir.
4. Nusxaga qarab ko‘chirish usuli. Bu usul qadimiy usul bo‘lib, hozirgi kunda ham qimmatini yo‘qotmagan holda qo‘llanilib kelinmoqda. Bu usulda o‘quvchilar harflarni «Husnixat» kitobi yoki «Yozuv daftari»dagi namunalarga qarab ko‘chirib yozadilar.
5. Nusxa ko‘chirish usuli (harf surati ustidan yozish). Bu metod harf shaklini to‘g‘ri tasavvur qila olmaydigan, yozayot-ganda daftar chiziqlaridan pasga yoki yuqoriga chiqib ketadigan o‘quvchilar uchun qo‘llaniladi.
6. Tasavvur orqali yozish usuli. Yuqoridagi usullar bilan bir qatorda, bolalarga tasavvur orqali havoda harflar shaklini yozdirish ham qo‘llaniladi.
O‘qituvchi doskaga yozib ko‘rsatgan harf yoki uning bog‘lanishlarini o‘quvchilarga ruchkani havoda harakatlantirib ko‘rsatadi va bu orqali o‘quvchida harf haqida tasavvur hosil qilinadi. So‘ng o‘quvchi daftarga yozishga kirishadi. Bunday mashq usuli o‘quvchining qiziqishini oshiradi hamda jismoniy mashqlarni bajarishga ham imkon beradi.
7. Ritmik (sanoq-ohang usuli). Bu usul o‘qituvchi sanog‘i ostida harf va uning elemenlarini yozish demakdir. Bu usul qiziqarli usul bo‘lib, butun sinf bilan ishlash imkoniyatini beradi. Undan savod o‘rgatish davrida foydalanish mumkin.
8. Harf va uning unsurlarini tahlil qilish usuli. Harf va uning unsurlarini tahlil qilish turlicha amalga oshiriladi. Harflarni unsurlarga ajratib tahlil qilish, har bir harfning necha unsurdan tuzilganligini, qanday shaklga ega ekanligini, bu unsurlar boshqa harflar bilan bog‘lanishida qanday ko‘rinishga ega bo‘lishini o‘quvchilar tasavvur etadilar.

Yüklə 357,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin