Qarshi davlat universiteti ijtimoiy fanlar kafedrasi


Falsafaning tarbiyaviy funksiyasi



Yüklə 19,77 Mb.
səhifə11/281
tarix18.11.2023
ölçüsü19,77 Mb.
#132827
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   281
Qarshi davlat universiteti ijtimoiy fanlar kafedrasi

Falsafaning tarbiyaviy funksiyasi insonning o‘z-o‘zini tarbiyalash va o‘zi mansub bo‘lgan jamiyatning axloqiy normalariga rioya qilishdir. Bu masalaning xalqaro darajadagi keng va har tomonlama muhokamasi natijalarini hisobga olgan holda so‘z yuritish o‘rinli bo‘ladi. Bugungi kunda nafaqat ayrim xalqlar, balki butun jahon hamjamiyati o‘z-o‘zini anglab yetishga yo‘naltirilgan falsafaga muhtojdir. Buni 2002 yildan Yunesko qaroriga binoan, butun dunyoda har yili noyabr oyining uchinchi payshanbasida o‘tkaziladigan “Jahon falsafa kunlari” ham, hozirgi kunda dunyo uchun eng muhim masalalarga e’tiborini qaratadigan Jahon falsafa Kongresslari ham tasdiqlaydi. Darhaqiqat bunday kongress birinchi marta 1900 yilda Fransiyada o‘tkazilgan, 1948 yildan boshlab uni har besh yilda bir marta o‘tkazish an’anaga aylangan. Xususan, 1998 yilda Boston shahrida (AQSH) bo‘lib o‘tgan XX jahon falsafa kongressi “Paydeyya: insoniyatni tarbiyalashda falsafa” mavzusiga bag‘ishlangan bo‘lsa, Turkiyaning Anqara shahrida o‘tkazilgan XXI Jahon falsafa kongressida “Falsafa jahon muammolari bilan yuzma-yuz” mavzusi atroflicha muhokama qilindi. XXII jahon falsafa kongressi birinchi marta Osiyo mamlakati bo‘lmish Koreya respublikasining Seul shahrida “Hozirgi davrda falsafani qayta anglash” degan umumiy mavzu ostida bo‘lib o‘tdi. Kongresslarning mavzularidan ko‘rinib turganidek, falsafa real hayot bilan uzviy bog‘liq va eng muhim muammolarni anglab yetishga xizmat qilib keldi. Shunday muammolardan biri – insonni shaxs sifatida tarbiyalash va kamol toptirishda falsafaning roli va ahamiyati masalasidir. Buning uchun esa, albatta, qadimgi davr mutafakkirlarining asarlariga yana bir bor murojaat etish taqozo etiladi.
Biroq, ma’rifatning vazifasi ko‘zga ko‘rish qobiliyatini berishdan emas, balki unga to‘g‘ri qarashni o‘rgatishdan iboratdir. Demak, Platon, Demokrit, Zardo‘sht va boshqa mashhur faylasuflar fikriga tayanib, ma’rifat yordamida, ta’lim va tarbiya jarayonini zo‘rlikka qarshi yo‘naltirish va odamzot aql-idrokini kamol toptirish orqali insonning boshqacha tabiatini yaratish mumkin. «Paydeyya» tushunchasi bolani tarbiyalab komil insonga aylantiruvchi ta’lim jarayoniga e’tiborni qaratadi. Qadimgi yunonlar «texne» va «paydeyya» kabi tushunchalarni farqlaganlar; birinchi atama bilimni, ya’ni o‘rganish mumkin bo‘lgan narsani anglatsa, ikkinchi atama bilim berish manbaini emas, balki to‘g‘ri fikr manbaini anglatadi. Bunda paydeyya, Aristotel ta’biri bilan aytganda, insonni o‘zini o‘zi kamol toptirishga rag‘batlantirishi lozim. Shu bois Protagor, Suqrot va Platon aytganidek, falsafadan saboq berishda ishontirish mahoratini emas, balki to‘g‘ri fikrlash mahoratini o‘rgatishga e’tibor qaratish muhim.

Yüklə 19,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   281




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin