Qarshi davlat universiteti ijtimoiy fanlar kafedrasi



Yüklə 19,77 Mb.
səhifə113/281
tarix18.11.2023
ölçüsü19,77 Mb.
#132827
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   281
Qarshi davlat universiteti ijtimoiy fanlar kafedrasi

Ob'ektiv haqiqatbilimlarimizning inson insoniyatga bog‘liq bo‘lmagan mazmuni. Bizning bilimlarimizda doim yo muayyan odamga, yo muayyan ijtimoiy guruhga bog‘liq bo‘lgan unsur mavjud bo‘ladi. Binobarin, o‘z bilimlarimizda sub'ektiv unsurlarga bog‘liq bo‘lmagan va shu sababli ob'ektiv hisoblanadigan mazmunni qayd etishimiz lozim. Ob'ektiv haqiqat rivojlanib, ikki shakl: nisbiy va mutlaq haqiqat shakllarida amal qiladi.
Mutlaq haqiqatpredmetni kelajakda to‘ldirilishi yoki unga aniqlik kiritilishi mumkin bo‘lmagan tarzda to‘la, mukammal bilishdir. Olam vaqt va makonda cheksizligi tufayli bunday bilimga amalda erishish mumkin emas. Haqiqat tushunchasini mutlaq haqiqat tushunchasi bilan tenglashtirib, biz unga erishib bo‘lmasligi, demak, umuman bilish mumkin emasligi haqida gapiramiz. Biroq fanning haqiqiy tarixi buning teskarisidan dalolat beradi: fan rivojlanadi, chunki u nisbiy va mutlaq bilimning birligi sifatida tushuniladigan haqiqatni bilishga qodir. Boshqacha aytganda, ob'ektiv haqiqat to‘la va mukammal ko‘rinishdagi mutlaq haqiqatdir. Ayrim hollarda, agar haqiqat vaqt o‘tishi bilan o‘zgarmasa, ya'ni vqat shart-sharoitlariga bog‘liq bo‘lmasa, u boqiy haqiqat deb ataladi.
Nisbiy haqiqatborliqni asosan to‘g‘ri aks ettirsa-da, obraz ob'ektga uncha mos emasligi bilan ajralib turadigan bilim. Nisbiy haqiqat to‘g‘ri, biroq noto‘liq, taxminiy, vaqt va joyning muayyan tarixiy shart-sharoitlari bilan cheklangan haqiqatdir.
Nisbiy va mutlaq haqiqat bir-biri bilan chambarchas bog‘liq. Nisbiy haqiqatlar bilish taraqqiyoti jarayonida rivojlanib, o‘z chegarasi bo‘lgan mutlaq haqiqatga yaqinlashadi.
Biroq bilishning tarixiy rivojlanish jarayoni nafaqat nisbiy haqiqatlarning mutlaq haqiqatga aylanish jarayoni, balki ayrim mutlaq haqiqatlarning yuzaga kelish jarayoni hamdir. Bu fikrni fizikada atom va uning tuzilishi haqidagi tasavvurlarning rivojlanishi misolida ko‘rish mumkin. Yuz yil muqaddam fiziklar va ximiklar atomlar amalda mavjud va ajralmas sharchalar ko‘rinishida, deb taxmin qilar edilar. Bu tasavvur zamirida mutlaq haqiqat unsurlari mavjud edi. Bundan: «Kimyoviy elementlarning atomlari amalda mavjud», degan xulosa kelib chiqadi. Fizika va kimyoning keyingi rivojlanishi mutlaq haqiqatning bu elementini bekor qilmadi. Biroq bu tasavvurlarda xatolar mavjudligi (taranglik, ajralmaslik va h.k.) aniqlandi.
XIX asr oxirida elektronlar kashf etilishi natijasida atom tuzilishining yangi manzarasi yaratildi. Tomson musbat zarralar va manfiy zaryadli elektronlardan tashkil topgan atom modelini yaratdi. Atomning bu nisbatan haqiqiy manzarasida mutlaq haqiqatning yangi unsurlari paydo bo‘ldi: Darhaqiqat atom musbat zaryadli zarralardan iborat.
Atom haqidagi tasavvur rivojlanishining uchinchi bosqichi Rezerford-Bor modeli bilan bog‘liq. Bu modelda atom yadro va uning atrofida aylanuvchi elektronlardan tashkil topadi. Umuman olganda, avvalgi modellardan aniqroq bo‘lgan bu modelda mutlaq haqiqat unsurlari mavjud. Hozirgi zamonda atom tuzilishi haqidagi tasavvurlar zamirida kvant mexanikasi va atom yadrosini o‘rganish natijalari yotadi. Hozirda elektronlarning atom yadrosi atrofidagi harakatini zichligi notekis bo‘lgan bulut harakatiga o‘xshatish mumkinligi, chunki elektronlar korpuskulyar va to‘lqin xossalariga ega ekanligi, yadro esa protonlar va neytronlardan iborat tizim hisoblanishi va hokazolar ma'lum. Hozirgi zamon fizikasida atom manzarasi N. Bor nazariyasidagiga qaraganda to‘liqroq va aniqroq, unda mutlaq haqiqat unsurlari ko‘proq. Biroq atomning hozirgi manzarasi kelajakda o‘zgarishi, unga aniqlik kiritilishi, unda yangi haqiqat va xatolar aniqlanishi shubhasiz. Haqiqatda nisbiy va mutlaq jihatlar uzviy, o‘zaro bog‘langan: bir tomondan, nisbiy haqiqatda doim mutlaq haqiqat unsurlari mavjud bo‘lsa, boshqa tomondan, inson bilimlarining rivojlanishi jarayonida nisbiy haqiqatlardan mutlaq haqiqat yuzaga keladi.
Nisbiy va mutlaq haqiqat dialektikasi bizning bilimimiz atrofimizdagi olamni har tomonlama va aniq qamrab olishga intilib, qarama-qarshiliklarni yechib, ob'ektiv borliqni yanada teranroq va mukammalroq aks ettirishini ko‘rsatadi.
Haqiqat bilishning mezonidir. Inson amaliy faoliyati haqiqatni aniqlashga yo‘naltirilgan. Biroq haqiqat yolg‘on bilan yonma-yon turadi. Yolg‘on inson hayotining tarkibiy qismi sifatida amal qiladi.
Amaliyot va bilishning rivojlanishi u yoki bu yanglishishlar ertami, kechmi bartaraf etilishi: yo sahnadan tushishi (masalan, «abadiy dvigatel» haqidagi ta'limot kabi), yo haqiqiy bilimga aylanishi (alximiyaning kimyoga aylanishi)ni ko‘rsatadi. Yanglishishlarni yuzaga keltirgan ijtimoiy sharoitlarni o‘zgartirish va takomillashtirish, ijtimoiy-tarixiy amaliyotning yetukligi, bilimning rivojlanishi va teranlashuvi yanglishishlarni bartaraf etishning muhim omillaridir. Bu esa borliqqa nisbatan apologetik (himoyalovchi-oqlovchi) yondashuvni emas, balki konstruktiv-tanqidiy yondashuvni, «sinovlar va xatolar» metodini amalga oshirishni (Popper) taqozo etadi.
Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondashuv, muammoli ta’lim. Blits, munozara, savol-javob, o‘z-o‘zini nazorat.
Adabiyotlar: A1;A2;A3;A4;A11; Q39;.Q24;Q38;Q37; Q28.



Yüklə 19,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   281




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin