Qarshi davlat universiteti ijtimoiy fanlar kafedrasi



Yüklə 19,77 Mb.
səhifə145/281
tarix18.11.2023
ölçüsü19,77 Mb.
#132827
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   281
Qarshi davlat universiteti ijtimoiy fanlar kafedrasi

3-figura qoidalari:
Kichik asos - tasdiqlovchi hukm.
Xulosa - xususiy hukm.
3-figura faqat xususiy xulosalarni berish bilan ko‘pincha bir predmetga tegishli belgilarning qisman bir-biriga mosligini belgilash uchun qo‘llaniladi. Amaliѐtda 3-figura mulohazalari nisbatan kam ishlatiladi.
Sillogizmning to‘rtinchi figurasida o‘rta termin katta asosning predikati, kichik asosning subyekti bo‘lib keladi.

Р M

M S
To‘rtinchi figura 5 modusga ega: AAI, AEE, JAJ, EAO, EIO.
Sof shartli xulosa
Har ikkala asoslari shartli hukmlar bo‘lgan xulosa sof shartli xulosa deyiladi. Masalan:
Agar ixtiro bir necha fuqarolarning (r) birgalikdagi ijodiy mehnati bilan yaratilgan bo‘lsa, unda ularning hammasi ixtironing hammualliflari (q) deyiladi.
Agar ular ixtironing hammualliflari (r), deb e’tirof etilsa, unda hammualliflikda yaratilgan ixtiro uchun huquqlardan foydalanish tartibi hammualliflar (r) o‘rtasidagi bitimga ko‘ra belgilanadi.
Agar ixtiro bir necha fuqarolarning (r) birgalikdagi ijodiy mehnati bilan yaratilgan bo‘lsa, unda hammualliflikda yaratilgan ixtiro uchun huquqlardan foydalanish tartibi hammualliflar (r) o‘rtasidagi bitimga ko‘ra belgilanadi.
Keltirilgan misolda har ikkala asos - shartli hukmlardir, bunda birinchi asosning oqibati ikkinchisining asosi (q) hisoblanadi, undan, o‘z navbatida, muayyan oqibat (r) kelib chiqadi. Har ikkala asosning umumiy qismi (q) birinchisining asosini (p) va ikkinchisining oqibatini (r) bog‘lashga imkon beradi. Shuning uchun xulosa ham shartli hukm shaklida ifodalanadi.
Sof shartli xulosaning chizmasi:

(p → q) (q → г)


(q → г)

Sof shartli xulosadagi natija shunday qoidaga asoslanadi: oqibatning oqibati asosning oqibatidir.
Xulosasi ikkita shartli asosdan iborat bo‘ladigan xulosa sodda xulosalarga kiradi. Biroq xulosa shartli hukmlar tizimini hosil qiladigan ko‘p sonli asoslardan ham kelib chiqishi mumkin. Bunday xulosalar murakkab xulosalar deyiladi.


Yüklə 19,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   281




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin