Qarshi davlat universiteti ijtimoiy fanlar kafedrasi



Yüklə 19,77 Mb.
səhifə206/281
tarix18.11.2023
ölçüsü19,77 Mb.
#132827
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   281
Qarshi davlat universiteti ijtimoiy fanlar kafedrasi

Avtomatik mantiq – matematik mantiqning maxsus soxasi bo`lib, diskret boshqarish sistemasi haqidagi ta`limotni beradi.
Axloq – barcha odamlar uchun birdek taalluqli hisoblangan, ijtimoiy talablar hamda ehtiyojlarning munosabatlar shaklidagi ko`rinishidan iborat bo`lgan, insonga berilgan ixtiyor erkinligining xatti-harakatlar jarayonida ichki iroda kuchi tomonidan oqilona cheklanishini taqozo etuvchi ma`naviy hodisa.
Axloq(arab.xulq)-kishilar orasidagi munosabatlarni taartibga solishning o‘ziga xos qoidalari yig‘indisi.
Axloqiylik majburiyatni keltirib chiqaradi. Keyinchalik u odatga aylanadi, undan so‘ngroq esa u ixtiyoriy itoatkorlikka va nihoyat, tabiiy maylga aylanadi.
Axloqshunoslik - bu axloq nazariyasi bo’lib, kishilarning axloqiy hayotini o’rganadigan, axloqiy hodisalarning o’ziga xos xususiyatlari va rivojlanish qonuniyatlarini ochib beradigan eng qadimgi insonshunoslik fanlaridan biridir. U o’z predmetini ijtimoiy munosabatlar bilan chambarchas aloqadorlikda tadqiq etar ekan, faqat axloqning paydo bo’lishi va tarixiy taraqqiyot qonuniyatlarini, funksiyalarini aniqlash bilangina cheklanib qolmay, balki ayni paytda axloqning ijtimoiy mohiyatini, kishilarning yurish turishini, axloqan tartibga solish qonunlarini va u orqali ijtimoiy jarayonlarni o’rganish bilan shug`ullanadi.
Ayiruvchi (diz`yunktiv) hukm– bir necha hukmlar yoki (v) bog’lovchi orqali
Ayiruvchi (diz`yunktiv) sillogizm– katta asos ayiruvchi hukmdan, kichik asos va xulosa esa qat`iy hukmdan iborat bo`ladi. Bu ikki xil modusdan iborat.
ayiruvchi ko`rinishda bo`ladi.
Aylantirish (lot. abversio) bevosita xulosa chiqarish bo`lib, bunda tasdiq hukm inkorga yoki inkor tasdiq hukm holiga keltiriladi. Aylantirish natijasida hukmning sifati o`zgaradi.
Ayniyat qonuni(lot. Lex indentitatis) formal mantiqning asosiy qonunlaridan bo`lib, bu qonunga ko`ra muhokama jarayonida ma`lum predmet to`g’risidagi fikr xajm jihatidan barqaror muayyanlikni saqlashi kerak. Bu qonun fikrni aniq ifodalash talab qiladi. Muhokamada har bir tushuncha aynan bir ma`noda ishlatilmog’i lozim. Uning formulasi A=A dir.

Yüklə 19,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   281




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin