Etikaiy sifatlar - ijobiy va salbiy bo’ladi. Ijobiy etikaiy sifatlarga, biz buni fazilatlar deb ham yuritamiz, masalan, mehnatsevarlik, kamtarlik, hushmuomalalik, ezgulik, samimiyat, insof, andisha, hayo singarilar kiradi. Bu bizning etikaiy qadriyatlarimizdir. Salbiy sifatlarga, buni illatlar deyishimiz ham mumkin, masalan, xoinlik, poraxo’rlik, ikkiyuzlamachilik, laganbardorlik, hasad, dag`allik, irodasizlik, munofiqlik, shaxsiyatparaslik, xudbinlik, mansabparaslik kabilar kiradi.
Etikaiy zaruriyat – bu tarixan zaruriy, ob’ektiv xarakterga ega bo’lib, ijtimoiy munosabatlarga muvofiq bo’lgan etikaiy talablarning sistemasidir.
Etikani baholov funksiyasi - birinchi navbatda ana shu taqdim etilgan namunalarga kishilarni rioya qilishi uchun ijtimoiy nazoratga yo’naltiriladi. Baholash – etikani ta’sirchanligini oshiradi. Baholash bo’lmasa, etikali bo’lishi mumkin emas. Agar estetik, baholovning asosi go’zallik va hunuklik, huquqiy baholovning asosi - qonuniy yoki qonunsizlik bo’lsa, etikaiy baholov esa hamisha yaxshilik va yomonlik negizida ko’riladi.
Etikaning bilish funksiyasi - ijtimoiy munosabatlarni qonuniy tarzda emas, balki jamiyatni talablari va shaxs manfaatlari aks etgan muayyan maqsadlar, g`oyalar, tasavvurlar, orzu-umidlar, xohishlar tarzida aks ettiradi.
Etikaning boshqaruv (tartibga solish) funkstiyasi - boshqa funkstiyalarni eng ko’p darajada o’ziga bo’ysindiriladi va uyushtiradi. Etika faqatgina yo’l-yo’riq, ko’rsatma berib qolmaydi, u shaxsni ma’lum xatti-harakatga yo’llaydi, ayrim xollarda qat’iy buyruq beradi. Shu bilan etikani tartibga solish funkstiyasi etikaiy talablar, xulq namunalarini ishlab chiqadi.
Etikaning umumiy funkstiyalari: tartibga solish (boshqaruv), stimul, baholash, tarbiyalash funkstiyalaridan iborat.
Etnotsentrizm(yunon. xalq va lot.markaz)-o‘z xalqi xulqi va qadriyatlarining boshqa xalqlarga xos bo‘lgan shunday xususiyatlarni baholash uchun asos qilib olinishi.
FALSAFA - madaniyat to‘g‘risidagi fan bo‘lib, madaniyat tarixi va madaniyat nazariyasidan iborat.
Dostları ilə paylaş: |