Jeyms Uatt – bug‘ mashinasining ixtirochisi.
Jinoyat – qonunda nazarda tutilgan ijtimoiy xavfli qilmish.
Jins – bir sinfga kiruvchi predmetlarning mantiqiy tavsifi bo`lib, bu sinf o`z ichiga boshqa tur sinflarni qamrab oladi. Masalan: daraxt tushunchasi mevali va mevasiz daraxtlarga nisbatan jins bo`lib, unga kiruvchi “mevali”, “mevasiz” lar daraxtning turlaridir.
juz`iy inkor hukmni simvolik tarzda ifodalaydi.
Katarsis-(yun. Katarsis-tozalanish, poklanish, yangilanish)-ruhiy poklanish, dunyoviy yomonliklardan qalbni tozalash.
Kategoriya – (grek. kategoria – ta`rif berish, fikr aytish) – ob`ektiv reallikdagi hodisalarning asosiy xususiyat va qonunlarini aks ettiradigan va davrning ilmiy – nazariy muhitni, tafakkurning xarakterni belgilab beradigan umumiy tushunchalar. Formal mantiqda esa u umumlashtirishning chegarasi bo`lib hisoblanadi
Katolik– Xristianlik dinidagi oqim. Markazi Vatikan.
Katta termin –sillogizmning katta asosda joylashgan termin bo`lib, u xulosaning predikatidir.
keltiriladigan fikrlar. Bunday fikrlarning to`g’riligi praktikada isbotlangan bo`lishi kerak.
keyingi asosning sub`ekti bo`lib, boraveradi. Xulosada esa birinchi asosning sub`ekti oxirgi asosning predikati bo`lib chiqadi.
Kichik termin– sillogizmning kichik asosida joylashgan tushuncha bo`lib, u xulosaning sub`ekti bo`lib keladi.
Klassifikatsiya – (lot. classis – turkum, facio - bajaraman) predmetlarni muhim belgilarga qarab turkumlash. Bunda predmetlar bir – biriga o`xshashligi va farqiga qarab sinflarga bo`linadi va joylashtiriladi. U tabiiy va sun`iy, ilmiy va yordamchiga bo`linadi.
Kolizey amfiteatri – Milodning 1 asrida Rimda qurilgan. Gladiatorlik janglari o‘tkazilgan.
Konsepsiya - lot. conceptio-idrok qilish, idrok, o‘zlashtirish; u yoki bu hodisalarga nisbatan qarashlar tizimi; qandaydir hodisalarni ko‘rib chiqish, nimanidir anglash usuli.
Konstruktiv mantiq – hozirgi zamon matematik mantig’ining oqimlaridan biridir. Bunda u voqelikni konstruktsiya qilish asosida o`rganadi.