Nodavlat elektron ommaviy axborot vositalari – o‘z oldida Internet tarmog‘ida ommaviy axborot vositasi (OAV) funksiyalarini bajarish vazifasini qo‘yuvchi nodavlat tusdagi ro‘yxatga olingan veb-saytlari.
Nodavlat notijorat tashkiloti (NNT) - jismoniy va (yoki) yuridik shaxslar tomonidan ixtiyoriylik asosida tashkil etilgan, daromad (foyda) olishni o‘z faoliyatining asosiy maqsadi qilib olmagan hamda olingan daromadlarni (foydani) o‘z qatnashchilari (a’zolari) o‘rtasida taqsimlamaydigan o‘zini o‘zi boshqarish tashkilotidir.
Nom – predmet, hodisa, jarayonlarning tildagi ifodasi. Nom yakka predmetlarni (Toshkent, Al- Xorazmiy), bir guruh predmetlarni (halq, o`rmon), hodisa va jarayonlarni (tinchlik, sezgi) aks ettirishi mumkin. Nom problemasi bilan mantiqda G. Frege batafsil shug’ullangan.
Nominal ta`rif – (lot. definitio nominalis) – tushunchada ifodalangan so`zning ma`nosini aniqlash. Nominal chetdan kirgan so`zlarning ma`nosini aniqlash, ilmiy aylanmaga yangi terminlar kiritish uchun ham ishlatiladi.
Nomuhim belgi – predmetning mavjudligi uchun zarur bo`lmagan belgi.
Non causa pro causa – (lot. Uning so`zma-so`z tarjimasi: “Sababdan emas, sabab uchun” demakdir). Bu “Ketma-ket kelgan narsalarning barchasi sabab va oqibat bo`ladi” degan xatoning lotincha nomi. Masalan: kun tundan keyin keladi. Lekin bundan tun kunning sababi ekan degan ma`no aslo kelib chiqmaydi.
O – lotincha «Nego» (inkor qilaman) so`zining ikkinchi unli harfi bo`lib, u
O‘zbekistonda diniy konfessiyalar – rus pravoslav, Rim – katolik, arman – Grigoryat, Lyuteran cherkovlar ( xristian konfessiyasi), shuningdek, yaxudiylik, islom konfessiyalari, jami 18 ta diniy konfessiyalar mavjud.
O’zboshimchalikbosqichida turli tuman tashqi sharoitlarda va o’zining bir necha istak-qiziqishlaridan birontasini erkin tanlaydi.
Ob`ekt (lot. objectum - predmet) – ayni paytda ongimizdan tashqarida unga bog’liq bo`lmagan, bizning ongimiz predmeti bo`lgan narsa va hodisalar.