Qarshi davlat universiteti ijtimoiy fanlar kafedrasi


Dunyoqarashda ijtimoiy muhitning roli



Yüklə 19,77 Mb.
səhifə4/281
tarix18.11.2023
ölçüsü19,77 Mb.
#132827
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   281
Qarshi davlat universiteti ijtimoiy fanlar kafedrasi

Dunyoqarashda ijtimoiy muhitning roli. Aql paydo bo‘lishi bilan inson o‘zini fikrlovchi mavjudot sifatida anglay boshlaydi, unda o‘z «meni» va o‘zgalar haqida tasavvuri shakllanadi va rivojlanadi. Shu tariqa u o‘zini va o‘zini qurshagan borliqni anglaydi, o‘zi va boshqa odamlarni, o‘zi va tashqi muhitni farqlaydi, ilgari o‘ziga ma’lum bo‘lmagan dunyoning yangi va yangi jihatlarini idrok etadi. Bunday qarashlar insonning o‘zi va o‘zini qurshagan borliq haqidagi tasavvurlari majmui sifatida shakllanadigan dunyoqarash negizini tashkil etadi. Bunda inson o‘ziga ma’qul va noma’qul narsalarni farqlaydi, baholar beradi, ustuvorliklar tizimini yaratadi va muayyan maqsadlarga erishishda tegishli tarzda ish ko‘radi.
Demak, dunyoqarashdabilish, qadriyatlarga munosabat va xulq-atvorni belgilashfunksiyalari mujassamlashadi.
Dunyoqarashning bilish funksiyasi insonda qiziqish uyg‘otuvchi barcha savollarni, shuningdek muayyan yo‘l bilan topuvchi javoblarni o‘z ichiga oladi. Bilish odamlar dunyoqarashini boyitadi va kengaytiradi, u jamiyatning rivojlanishiga qarab yanada teranroq va mazmunan boyroq bo‘lib boradi.
Dunyoqarashning qadriyatlarga munosabat funksiyasi – insonnning hayotni va o‘zini oliy qadriyat deb hisoblagan holga shakllanadi. Zero, o‘z qadrini bilmagan inson o‘zgalar qadrini bilmaydi va hayotda o‘z o‘rnini topa olmaydi.
Dunyoqarashninng xulq atvorni belgilash funksiyasi – insonda o‘z-o‘zini tarbiyalash, ma’naviy madaniyatini takomillashtirish va faqat o‘zining ma’naviy dunyosiga munosib muhit tanlash malakalarini shakllantiradi..
Ammo dunyo juda rang-barang bo‘lib, muttasil o‘zgarish jarayonini boshdan kechiradi, qoniqarli javoblarga ega bo‘lmagan savollar esa, uzil-kesil javob berish mumkin bo‘lgan savollarga qaraganda, ko‘proqdir. Shu bois, muammolarga nisbatan muayyan tarzda yondashadigan har bir odamning dunyoqarashi, savollari va javoblari doim shaxsiy o‘ziga xoslik bilan ajralib turadi va hech bo‘lmasa shu sababga ko‘ra boshqa odamlar dunyoqarashiga hech qachon o‘xshamaydi.
Dunyoqarashda intellektual, emotsional va ruhiy asoslar uzviy bog‘liq bo‘lib, ,ular jamuljam holda har bir inson uchun mutlaqo muayyan, individual xususiyatlar sifatida amal qiladi.
Intellektual, emotsional va ruhiy asoslar iroda bilan uyg‘unlikda e’tiqodlar – odamlar faol qabul qiladigan, ularning ong darajasi va hayotdagi mo‘ljallariga mos keladigan qarashlarni yuzaga keltiradi.
Dunyoqarashning muhim elementi shubha bo‘lib, u insonni dogmatizm, ya’ni biryoqlama, notanqidiy fikrlash, u yoki bu qoidani shak-shubhasiz haqiqat deb qabul qilishdan asraydi. Dogmatizmning qarama-karshisi skeptitsizm bo‘lib, bunda shubha mutlaqlashadi, fikrlashning asosiy omiliga aylanadi, bilish va borliqni idrok etishning bosh tamoyili sifatida amal qiladi.

Yüklə 19,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   281




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin