Sababiyat tamoyili. Sababiyat aloqalarning genetik tipi, zero unda bir hodisa muqarrar yangi bir hodisani yaratadi. Yangi sifatning paydo bo‘lishi sababga ega. Masalan, O‘zbekistonda mudofaa sohasidagi islohotlar ilgarigi mudofaa xizmatining hozirgi davr talablariga javob bermasligi davlat manfaatlariga mos emasligi bilan belgilanadi. Hodisa va jarayonlarning o‘zaro aloqadorlikda biri ikkinchisini keltirib chiqaruvchi jarayondir. Masalan: 1997 yilda O‘zbekistonda kadrlar tayyorlash milliy dasturining qabul qilinishi, unda belgilangan vazifalarni tizimli amalgam oshirishni taqozo qiladi.
Tizimlilik tamoyili.Tizimlilik tamoyili va u bilan bog‘liq tizimli yondoshuv o‘zida dialektika nazariyasining kompleks g‘oyalarini mujassamlashtirgan hozirgi zamon fani va amaliyotida muhim metodologik ahamiyat kasb qiladi. Tizimlilik tamoyilining asosiy omili yaxlitlik tamoyilidir. Bu ob'ektlarni ikkiyoqlama: bir tomondan ob'ektlarning muhit bilan mutanosibligi, ikkinchi tomondan tizim elementlari, xossalari va funksiyalarining butun doirasida ichki bo‘linishi nuqtai-nazaridan o‘rganishni talab qiladi. Bunda butunning xossalari uning elementlarini nazarda tutadi va aksincha. Tizimning yaxlitligi haqidagi tasavvurlar aloqa orqali konkretlashtiriladi. (Aloqalar haqida yuqorida aniq ma'lumot berilgan)
Qonun – tizim elementlari o‘rtasidagi umumiy va invariant aloqa. Ularning uchta turi mavjud.
Voqyelik qonunlaribizning ongimizdan, biz ularni bilish-bilmasligimizdan qat'iy nazar mavjud va amal qiladi. Fan qonunlariodamlar tomonidan anglab yetilgan voqyelik qonunlarining ongimizdagi in'ikosi. Har bir fan voqyelikning muayyan sohasini o‘z predmeti sifatida o‘rganar ekan, mazkur sohada amal qiluvchi qonunlarni aniqlaydi. Ilmiy nazariya bilan qamrab olingan soha qancha keng bo‘lsa, uning qonunlari shuncha umumiy bo‘ladi. Fanda qonunlarning umumiylik darajasiga ko‘ra murakkab ierarxiyasi mavjud. Umumiylik darajasi pastroq bo‘lgan qonunlar umumiyroq qonunlarning ayrim ko‘rinishlari sifatida amal qiladi va so‘nggi zikr etilgan qonunlardan ularning oqibatlari sifatida keltirib chiqariladi.
Masalan, geometrik optikada yorug’likning aks etish va sinish qonunlari elektromagnit to‘lqinlar tarqalishining umumiyroq qonunlaridan, ular esa, o‘z navbatida, elektromagnit maydoni nazariyasining yanada umumiyroq qonunlaridan kelib chiqadi.
Har qanday qonun muayyan sharoitda amal qiladi. Qonun amal qilishining bazis va lokal sharoitlarini farqlash lozim. Bazis sharoitlar qatoriga qonunnin amal qilish sohasini belgilovchi sharoitlar kiradi. Mazkur sharoitlardan tashqarida qonun amal qila olmaydi (ular yo‘q bo‘lgan taqdirda ularda amal qilayotgan tizim ham yo‘q bo‘ladi). Lokal sharoitlar qatoriga qonunning amal qilish sohasidagi sharoitlar kiradi. Qonun bu sharoitlarning har anda variatsiyasida o‘z kuchini saqlab qoladi, lekin ularning o‘zgarishlari qonunning amal qilish natijalarining o‘zgarishlariga sabab bo‘ladi. Qonun lokal sharoitlarga nisbatan invariant, lekin u bazis sharoitlarga nisbatan invariant emas.
Masalan, Arximed qonuni uchun suyuqlik va unga solingan jism, og‘irlik kuchining mavjudligi bazis sharoitlar hisoblanadi. Bu sharoitlarga nisbatan Arximed qonuni qonuni noinvariantdir: ular mavjud bo‘lmasa, qonun amal qilmaydi. Bu yerda suyuqlikning tarkibi va solishtirma og‘irligi, jismning fizik tuzilishi va shakli lokal sharoitlar hisoblanadi. Ularga nisbatan qonun invariantdir. Ammo uning amal qilishi turli natijalarda aks etishi mumkin: ayrim hollarda jism suvda suzadi, ayrim hollarda esa – u cho‘kib ketadi.
Odamlar qonunlarning amal qilish sharoitlarini o‘zgartirib, ulardan o‘zlari istagan natijalarga erishish uchun foydalanish imkoniyatini qo‘lga kiritadilar. Yangi bazis sharoitlarni yaratish yo‘li bilan esa ular ayrim qonunlarning amal qilishini to‘xtatish va boshqa qonunlarni amalga kiritishga qodirlar.
Hodisalarning muntazamligi, takroriyligida qonunlarning amal qilishi (shuningdek fenomenlogik qonun, empirik bog‘lanish) qonuniyat-deb ataladi. Qonuniyatlar – bu qonunlarning namoyon bo‘lishidir. Falsafa qonunlari tabiat va jamiyatda insonning ongiga bog‘liq bo‘lmagan holda mavjudbo‘lgan biri ikkinchisini taqozo qiluvchi qonunlardir. Falsafa qonunlari tizimida dialektik ziddiyatlilik qonunimarkaziy o‘rinni egallaydi. Qonunning muhim jihatlarini aniqlash uchun uning asosiy kategoriyalarini ko‘rib chiqish kerak. Tahlilni qarama-qarshilik tushunchasidan boshlaymiz.