Qarshi davlat universiteti ijtimoiy fanlar kafedrasi



Yüklə 19,77 Mb.
səhifə68/281
tarix18.11.2023
ölçüsü19,77 Mb.
#132827
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   281
Qarshi davlat universiteti ijtimoiy fanlar kafedrasi

Umumiylik ayrim narsaning muayyan turkumga mansub barcha narsalar bilan o‘xshashligini belgilovchi xossalar bilan ifodalanadi.«Umumiylik» - bu narsalar va hodisalar o‘rtasida muayyan sifat jihati doirasida amalda mavjud bo‘lgan ayniylikdir.
Umumiylik yakka narsaning mohiyatini aks ettiradi. Umumiylikni faqat mohiyatni aniqlash orqali ochib berish mumkin. Yakkaliksiz umumiylik sezgilar darajasida idrok etiladigan belgilardan, yakkalikning betakror individualligi, boyligidan mahrum bo‘lgan mavxumlik bo‘lib qoladi. Yakkalik va umumiylikning keltiriladigan ta'riflari ularni ayni bir ayrim ob'ektning tomonlari sifatida tavsiflaydi. Masalan, hayot bugungi kunda oqsilli jismlar va nuklein kislotalarning mavjudlik shakli sifatida tavsiflanadi. Irsiyat va o‘zgaruvchanlik – butun tiriklikning umumiy xossalari. Ammo oqsilning kimyoviy tarkibi va ayniqsa tuzilishi har bir organizmda individual darajada betakrordir. Bu bir jonzotni boshqa jonzotdan farqlash imkonini beruvchi birdan-bir xossadir. Mantiqdayakkalik va umumiylik – tushunchalar tavsifidir sifatida namoyon bo‘ladi. Umumiylik tushunchasida ikki va undan ortiq predmet, yakkalik tushunchasida esa – bitta predmet tushuniladi. Grammatikjihatdan umumiylik turdosh ot bilan, yakkalik esa – atoqli ot bilan ifodalanadi. Falsafadayakkalik va umumiylik borliq hodisalarining o‘xshashligi va farqlarini belgilovchi xossalardir.
Yakkalik ham, umumiylik ham mustaqil mavjud bo‘lmaydi. Har qanday ayrim narsa yoki hodisa qarama-qarshiliklar birligi hisoblanadi. Bir vaqtning o‘zida u ham yakkalik, ham umumiylikdir. Har qanday umumiylik ayrim narsa, hodisaning tarkibiy qismi, elementi hisoblanadi, chunki u ayrim narsa yoki hodisani to‘liq emas, balki bir yoqlama – narsalarda mavjud ayniy jihatlarni aks ettiradi. Yakkalik o‘z mohiyatiga ko‘ra mavhum hisoblangan umumiylikdan boyroqdir. Ammo umumiylik narsaning mazmuni, mohiyatini chuqurroq yoritadi. Ayrim narsalar, hodisalar, jarayonlar mustaqil mavjud bo‘ladi. Umumiylik ham, yakkalik ham faqat ayrim narsa yoki hodisadagina mavjuddir.
O‘rta asrlar falsafasida umumiy tushunchalar tabiati haqidagi masala atrofidagi bahs uning ishtirokchilari realistlar va nominalistlarga bo‘linishiga olib keldi. Realistlar umumiylikni yakkalikdan ajratib, umumiylikni mustaqil holda mavjud hodisa sifatida, narsalar paydo bo‘lgunga qadar – narsalarning (Xudo aqlidagi) ilk timsoli sifatida, narsalarda – Xudoning ro‘yobga chiqarilgan g‘oyasi sifatida talqin qilganlar. Shunday qilib, realistlar fikricha umumiylik narsalarga qadar, narsalarda va narsalardan keyin narsaning muayyan g‘oyasi sifatida mavjud bo‘ladi. Nominalistlar esa, aksincha, faqat yakka narsalar amalda mavjud, umumiy tushunchalar esa, ayrim narsalarning nomlari, xolos, deb hisoblaganlar. Mazkur tasavvurlar aks sadosiga bugungi kunda ham, masalan, umumiylik ob'ektlar to‘plami bilan, yakkalik esa – bitta predmet bilan tenglashtirilgan holda duch kelish mumkin. Amalda umumiylik va yakkalik kategoriyalari ob'ektlarni emas, balki ularning xususiylik tomonlari sifatida birgalikda mavjud bo‘lgan xossalarini aks ettiradi. Umumiylik va yakkalikning birligi o‘ziga xosdir, chunki ularning har bir ob'ektdagi ko‘rinishi, uyg‘unligi, birining ikkinchisidan ustunligi betakrordir. Shu sababli har bir ayrim hodisa, narsa – xususiydir.

Yüklə 19,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   281




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin