Qarshi davlat universiteti ijtimoiy fanlar kafedrasi


Ta’rif aylanma bo‘lmasligi kerak



Yüklə 19,77 Mb.
səhifə132/281
tarix18.11.2023
ölçüsü19,77 Mb.
#132827
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   281
Qarshi davlat universiteti ijtimoiy fanlar kafedrasi

2. Ta’rif aylanma bo‘lmasligi kerak. Ushbu qoidaning talabiga ko‘ra, ta’riflanuvchi tushuncha ta’riflovchi tushuncha orqali ta’riflanilmog‘i kerak. Agar bunga rioya qilinmasa, ya’ni ikkinchisi birinchisi orqali tariflaNilsa, ta’rif aylanma bo‘ladi. Bunga misol tariqasida quyidagi ta’rifni keltirish mumkin. «Mustaqillik mafkurasi – bu istiqlol haqidagi mafkuradir». Ushbu ta’rifda berilgan tushunchalarning mazmuni ochilmasdan qolmoqda. Chunki «mustaqillik» va «istiqlol» teng mazmunli tushunchalardir.
Aylanma ta’rif asosan taftalogiya shaklida bo‘ladi, ya’ni bunda ta’riflovchi tushuncha ta’riflanuvchini takrorlaydi. Misol: «Tafakkur qonunlari – bu mantiqiy fikrlash qonunlaridir».
3. Ta’rif aniq, ravshan bo‘lmog‘i zarur. Mazkur qoida ta’riflovchi tushunchaning muhim belgilari aniq bo‘lishligini, ya’ni uning o‘zi mazmunning ochilishiga muhtoj bo‘lmasligi kerak. «Davlat dunyoviy ruhning siyosiy shakldagi ifodasidir» (Gegel) degan ta’rifda «dunyoviy ruh» tushunchasining o‘zi ta’riflashga muhtoj mavhum tushunchadir.
Ushbu ta’riflash qoidasi ko‘pgina hollarda ta’riflovchi tushunchalar o‘rnida metaforali, obrazli iboralar qo‘llanilgani tufayli buziladi. Masalan: «SHe’r – qalb tug‘yonining ifodasi», «SHer – hayvonlar podshosi» va h. Bu yerda shuni ta’kidlash kerakki, formal mantiq talabidagi ta’riflash tamoyillari badiiy ijod sohasida amal qilmaydi. Chunki metaforali, obrazli fikrlash san’atning tabiatini belgilaydigan muhim xususiyatdir.
4. Ta’riflash inkor shaklida bo‘lmasligi kerak. Bu qoida predmetga taalluqli bo‘lgan belgilarni tasdiqlash asosida ko‘rsatishni talab qiladi. Boshqacha qilib aytganda, predmetning belgilari istisno (inkor) etilmagan tarzda ko‘rsatilishi zarur, chunki zidlik munosabatidagi tushunchalarda noaniq miqdordagi buyum, hodisalar ko‘lami ifodaladadi. Masalan: «Idealist – bu materialist bo‘lmagan kishi» degan ta’rifda «materialist bo‘lmagan» tushuncha hajm jihatidan juda keng bo‘lib, materializmga muqobil barcha falsafiy qarashlarni o‘zida ifodalaydi. Idealizmga to‘g‘ri ta’rif berish uchun esa unga xos bo‘lgan muhim belgi – ongning birlamchiligini e’tirof etishligi ko‘rsatilishi talab etiladi.
Lekin bazan inkor shaklidagi ta’riflashlar aniq fanlarda, xususan matematikada qo‘llaniladi.

Yüklə 19,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   281




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin