Qarshi davlat universiteti ijtimoiy fanlar kafedrasi


Bevosita deduktiv xulosa chiqarish



Yüklə 19,77 Mb.
səhifə134/281
tarix18.11.2023
ölçüsü19,77 Mb.
#132827
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   281
Qarshi davlat universiteti ijtimoiy fanlar kafedrasi

Bevosita deduktiv xulosa chiqarish.
Deduksiya o‘z tabiatiga ko‘ra zaruriy xulosa hisoblanadi.«Deduksiya» so‘zi lotincha deductic- keltirib chiqarish degan ma’noni anglatadi. Deduktiv xulosada umumiylikdan yakkalik, juz’iylikka fikran o‘tish bo‘yicha natija keltirilib chiqariladi. Bunda natija asoslardan zaruran kelib chiqadi. Chunki bunda xulosa umumiylik uchun xos xususiyag, belgi uning turlari uchun ham taalluqlidir, degan tamoyilga asoslangan holda chiqariladi. Masalan:
Hamma metallar o‘zidan elektr toki o‘tkazadi.
Temir – metall.
Demak, temir o‘zidan elektr toki o‘tkazadi.
Deduktiv xulosa chiqarish ikki turda bo‘ladi: 1. Hukmlarning subyekt va predikat tuzilishiga asoslangan xulosa chiqarish. 2. Hukmlarning o‘zaro mantiqiy bog‘lanishlariga asoslangan xulosa chiqarish.
Hukmlarning subyekt va predikat tuzilishiga asoslangan deduktiv xulosa chiqarishda natija oddiy(sodda) qat’iy hukmlardan keltirilib chiqariladi va bunda asoslarning tarkibidagi subyekt va predikatlarning o‘zaro hajm va mazmun munosabatlari hisobga olinadi. Bunday xulosa o‘z navbatida ikki xil yo’l bilan chiqariladi: bevositava vositali (bavosita).
Bevosita xulosa chiqarishda natija bitta asos – qat’iy hukmning shaklini o‘zgartirish va mazmunini saqlab qolish orqali chiqariladi. Mazkur xulosa chiqarishda e’tibor asoslardan butunlay yangi bilimlar hosil qilishga emas, balki ularda ifodalanayotgan mazmunni (ma’noni) chuqurroq ochib berishga qaratilgan bo‘ladi. Masalan: «Hamma atov gaplar bir tarkibli bo‘ladi» degan hukmning shaklini o‘zgartirish bilan hamma bir tarkibli gaplar atov gap emasligi, bunday tuzilishdagi boshqa gaplar ham atov gap emasligi, bunday tuzilishda boshqa gaplar ham bo‘lishi mumkinligi haqidagi bilimga ega bo‘lamiz.
Shu jihatdan bevosita xulosa chiqarish berilgan har qanday muhokamalarning chin-xatoligi, mantiqiy to‘g‘riligini aniqlashda muhim rol o‘ynaydi. Bevosita xulosada natija to‘rt xil usulda chiqariladi:
1. Aylantirish. 2. Almashtirish. 3. Predikatga qarama-qarshi qo‘yish.

Yüklə 19,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   281




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin