Qarshi davlat universiteti ijtimoiy fanlar kafedrasi


Sillogizmning uchinchi figurasida



Yüklə 19,77 Mb.
səhifə137/281
tarix18.11.2023
ölçüsü19,77 Mb.
#132827
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   281
Qarshi davlat universiteti ijtimoiy fanlar kafedrasi

Sillogizmning uchinchi figurasida o‘rta atama katta va kichik asoslarning subyekti o‘rnida keladi.
YA’ni:M------ R
M----- S
S – R
Uning maxsus qoidasi quyidagicha: kichik asos tasdiq (A,J), xulosa juz’iy hukm (0, J ) bo‘lishi kerak.
Masalan: A – San’at (M) ijtimoiy ong shaklidir.(R)
A- San’at (M) estetik tarbiya vositasidir(S).
J- Demak, ba’zi estetik tarbiya vositasi (S)ijtimoiy ong shaklidir.(R).
Sillogizmning uchinchi figurasi quyidagi oltita modusga
Endi ushbu figura moduslarini misollarda ko‘rib chihamiz.
AA J – Darapti modusi.
A– “Hamma materialistlar (M) dahriylardir (R).
A – Hamma materialistlar (M) olamning substansiyasini moddiylik
tashkil etadi deb hisoblaydilar (S)__________________________
J – Demak, ba’zi olamning substansiyasini moddiylik tashkil etadi, deb hisoblovchilar (S) daxriylardir (R)”.
JA J – Disamis modusi.
J – “Ba’zi sut emizuvchi hayvonlar (M) suvda yashaydi.
A – Hamma sut emizuvchi hayvonlar (M) umurtqalidir.
J – Demak, ba’zi umurtqali hayvonlar (S) suvda yashaydi (R).”
Sillogizmning to‘rtinchi figurasida o‘rta atama katta asosning predikati, kichik asosning subyekti o‘rnida keladi. Buning sxemasi:
R------ M
M----- S
S--------R
Misol: Mantiq (R) falsafiy fandir (M)
«Falsafa (M) dunyoqarash xarakteriga ega bo‘lgan fan (S).
Dunyoqarash xarakteriga ega bo‘lgan fanlardan (S)biri mantiqdir (R)».
Ushbu figuraning qoidasi: Agar katta asos tasdiqlovchi bo‘lsa, unda kichik asos umumiy bo‘lishi kerak. Agar asoslarning biri inkor bo‘lsa, katta asos umumiy bo‘ladi. (Lekin bularni qat’iy qoida deb bo‘lmaydi).
Induktiv xulosa chiqarish deb yakka narsa, hodisalarning xususiyat belgilari tajriba yo’li bilan o‘rganilib, ular muayyan sinf-jins uchun taalluqlidir, deb chiqariladigan xulosaga aytiladi. Mazkur xulosa fikrning yakkalikdan umumiylikka o‘tishidagi quyidagi ikki tamoyil bo‘yicha chiqariladi.
Birinchidan, yakka predmet, hodisalarning xususiy va muhim belgilari aniqlaniladi. Ikkinchidan, umumlashtirish asosida ularning sinfi, jinsi aniqlanilib, mazkur belgilar ana shu sinfgataaluqli ekanligi ko‘rsatiladi.
Masalan:
«Insonparvarlik jamiyat tomonidan shaxsga qo‘yiladigan talabdir. Erkparvarlik – shaxs tomonidan jamiyatga qo‘yiladigan talabdir. Vatanparvarlik – jamiyat tomonidan shaxsga qo‘yiladigan talabdir.
Insonparvarlik, erkparvarlik, vatanparvarlik axloqiy tamoyillardir.
Demak, axloqiy tamoyillar jamiyat tomonidan shaxsga va shaxs tomonidan jamiyatga qo‘yiladigan talablardir».
Misolda yakkaliklarning: insonparvarlik, vatanparvarlik, erkparvarliklarning muhim belgilari ko‘rsatilib, bu belgilar shu yakkaliklarning sinfi – jinsiga (axloqiy tamoyillarga) taalluqli ekanligi ko‘rsatilmokda.
Shunga ko‘ra induktiv xulosa chiqarish bilishning muhim jihati- konkretlikdan mavhumlikka o‘tishning mantiqiy asosi hisoblanadi.
Induktiv xulosaning tamoyillari ijtimoiy bilishda o‘tmishdan hozirga va undan kelajakka fikran o‘tish usuli tarzida qo‘llaniladi. Buning klassik misoli tarzida Birinchi Prezidentimiz ning milliy g‘oya, mafkura haqidagi hamda bugungi kunda islohotlarni demokratlashtirish jamiyatimizda barqarorlikni ta’minlash uchun asos bo‘lib xizmat qilishligi haqidagi xulosalarini keltirish mumkin.
O‘rganilayotgan sinf elementlarining qay miqdorda tajribada tekshirilishi va chiqarilgan xulosalar ehtimolliligi darajasiga ko‘ra induktiv xulosa to‘liq va to‘liqsiz induksiyaga ajratiladi.

Yüklə 19,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   281




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin