Qarshi davlat universiteti ijtimoiy fanlar kafedrasi
To‘liqsiz induksiya Shunday narsa, hodisalar sinfi mavjudki, ularning barcha turlarini birma-bir o‘rganib chiqishning har doim ham imkoniyati va zaruriyati bo‘lmaydi. Bunday paytda to‘liqsiz induksiyaga murojaat qilinadi. Mazkur indukisyada ayrim narsa, hodisalarning takrorlanib turuvchi belgilarini o‘rganish asosida ular muayyan sinfga xosdir, deb xulosa chiqariladi.
Aniqroq qilib aytganda, to‘liqsiz induksiyada muayyan sinf turlarining bir qismini o‘rganib, ularning belgisini hali o‘rganilmagan (o‘rganib chiqish imkoniyati bo‘lmagan) turlari uchun ham taalluqli, deb xulosa chiqariladi. Shuning uchun bunday xulosa chiqarish natijasi, yuqorida ta’kidlaganimizdek, ehtimoliy xarakterga ega bo‘ladi. Masalan:
Geliy nol valentlikka ega
Neon ham, argon ham.
Geliy, neon, argon inert gazlar sinfiga kiradi.
Hamma inert gazlar nol valentlikka ega.
Ushbu xulosa inert gazlari turining bir qismining o‘rganilishi asosida chiqarilmoqda. Shunga ko‘ra bunday xulosada ifodalanilayotgan bilimning darajasi ehtimollidir. Chunki hali o‘rganilmagan, fanga noma’lum shunday inert gazlar turlari ham bo‘lishi mumkinki, ularning valentligi birliklar bilan o‘lchanishi mumkindir. To‘liqsiz induksiyaning sxemasi:
S1 -R belgiga ega.
S2-R belgigaega.
S3 – R belgiga ega.
S1, S2 , S 3 o‘rganilgan turlar K sinfga mansubdir.
Demak, ehtimol, K sinfining barcha turlari R belgiga ega.
To‘liqsiz induksiya bilish jarayonida ilmiy gipotezalarni ilgari so‘rishda muhim ahamiyatga egadir.
Bilimlarimizning nisbiylikdan mutlaq haqiqatga qarab borishida to‘liqsiz induksiya, ayniqsa, muhim rol o‘ynaydi. To‘liqsiz induksiya bo‘yicha chiqarilgan bilim, xulosalar ehtimolligini kamaytirishning bir qator shartlari bo‘lib, ularga rioya qilish orqali nisbiy haqiqatlar darajasdagibilmlarga erishi mumkin bo‘ladi. Bular: 1) tekshirilayotgan predmetlar sinfi (jinsi) turlarining o‘xshash, umumiy belgilari bilan birga farq qiladiganxususiy belgilari ham hisobga olinishi zarur. Masalan, O‘zbekistonRespublikasi bugungi taraqqiyot yo’nalishini, strategiyasini belgilashda dunyodagi tarakqiy qilgan mamlakatlar tajribasi bilan birgalikda uning o‘ziga xos xususiyatlari (milliy urf-odatlari, an’analari, turmush tarzi va b.) hisobga olingan; 2) tekshirilayotgan tur belgilari muayyan sinf (jins) uchunmuhim va xususiy belgilarni ifodalamog‘i kerak; 3) xulosa chiqarishga asosqilib olingan dalillar tadqiq qilinayotgan obyektlar ko‘lami uchun birdektaalluqli bo‘lishi kerak. Masalan, oy sathining birgina joyidan keltirilgan tuproqning kimyoviy tarkibini aniqlash bo‘yicha uning butun sathi shu tarkibgaega, degan qat’iy xulosa chiqarib bo‘lmaydi. Shuningdek, ba’zi yoshlarimizning G‘arb estradasi, modasi shinavandasi ekanligi bo‘yicha ularning barchasi xaqida shunday xulosa chiqarib bo‘lmaydi.
To‘liqsiz induksiya faktlarni umumlashtirish usuli va hosil qilingan xulosalarning ehtimolligi darajasiga ko‘ra uch xil bo‘ladi: