Qarshi davlat universiteti ijtimoiy fanlar kafedrasi


ommaviy induksiya, 2) ilmiy induksiya, 3) statistik umumlashtirish



Yüklə 19,77 Mb.
səhifə140/281
tarix18.11.2023
ölçüsü19,77 Mb.
#132827
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   281
Qarshi davlat universiteti ijtimoiy fanlar kafedrasi

ommaviy induksiya, 2) ilmiy induksiya, 3) statistik umumlashtirish.

Kishilar amaliy faoliyatlarida tabiat va jamiyat hodisalaridagi takrorlanib turuvchi


davriylikka duch kelganlari, kuzatganlari va ularni umumlashtirganlari holda bashoratli xulosalar chiqarishga muvaffaq bo‘lganlar. Masalan, ular turnalarning kuzda shimoldan janubga barvaqt qaytishlari, daraxt barglarining qaysi tomondan sarg‘aya boshlanishi bo‘yicha qishning qanday kelishligi haqida shunday xulosa chiqarishganlar.


Shuningdek, kishilar yillarning serhosil yoki kurg‘oqchil kelishligini ham ana shu yo’l bilan aniqlashga harakat qilganlar.
Ommaviy induksiya bo‘yicha xulosa chiqarish kishidan muayyan nazariy bilim, murakkab hisoblashlar, tajribalar o‘tkazishni talab etmaydi. Bunday xulosa chiqarish faqat ayrim hodisalarning takrorlanib turuvchi belgilarini kuzatish, sanash yo’li bilan umumlashtirishni talab etadi. Va bunday malaka, ayniqsa, xalq tabobati, dehqonchilik sohasida muhim rol o‘ynaydi. Shuning uchun ko‘pincha oddiy tabib yoki ishbilarmon deqqon ma’lumotga ega no‘noq agronom, vrachga nisbatan o‘z kasbining ustasi hisoblanadi.
Ommaviy induksiya qanchalik tarzda kishilarning kundalik turmushida muhim bilish usuli vazifasini o‘tamasin, narsa, hodisalarning mohiyati, qonuniyatlarini ochib beraolmaydi. Mazkur vazifani ilmiy induksiya bajaradiki, shunga ko‘ra u o‘ziga xos bilish usuli vazifasini o‘taydi.
Ilmiy induksiya va uning metodlari
Ilmiy induksiya deb asoslarida ayrim hodisalar belgisining takrorlanishi bilan birgalikda, mazkur belgining boshqa hodisalar xususiyati bilan bevosita bog‘liqligini aniqlash bo‘yicha chiqariladigan induktiv xulosa turiga aytiladi. Shunga ko‘ra ilmiy induksiyada o‘rganilayotgan hodisalarning boshqa hodisalar bilan sabab va oqibat munosabatidagi bog‘lanishini aniqlash asosida xulosa chiqariladi. Agar ommaviy induksiyada xulosalar hodisalarni oddiy kuzatish, belgilaridagi takrorlanishni sanash yo’li bilan chiqariladigan bo‘lsa, ilmiy induksiyada xulosa ularning o‘zaro sabab va oqibat bog‘lanishlarini aniqlash orkali chiqariladi.
Falsafada sababiy bog‘lanish deb hodisalar o‘rtasidagi shunday muhim bog‘lanishga aytiladiki, ularning biri ikkinchisini keltirib chiqaradi, ya’ni ular sabab va oqibat munosabatida bo‘ladi. Shung‘a ko‘ra sababiy bog‘lanish quyidagi xususiyatlarda namoyon bo‘ladi: eng umumiylik xislatiga ega ekanligida; ro‘y berish jihatidan vaqt izchilligida, ya’ni sababning vaqtdan oldin kelishligi; natija yuz berishining zaruriyligida. Sababiy bog‘lanishning eng umumiy xarakterga ega ekanligi real voqelikdagi hodisalar bir-biri bilan o‘zaro bevosita va vositali tarzda bog‘lanishda ekanligi va bunda ularning biri ikkinchisiga nisbatan sabab va oqibat munosabatida bo‘lishligi bilan izohlaniladi.
Shuningdek, bunda bir hodisa sabab sifatida bir qancha hodisalarni va keyingilari o‘z navbatida boshqa bir okibat hodisani keltirib chiqaruvchi sabab bo‘lib kelishi mumkin.
O‘rganilayottan obyektlar haqida yangi bilimlar deduksiya va induksiya bilan birgalikda, analogiya (tamsil) vositasida ham hosil qilinadi.
«Analogiya» (yunon. analogia - o‘xshash, muvofiq) atamasi dastlab qadimgi yunon matematiklari tomonidan sonlar o‘rtasidagi moslik munosabatini ifodalovchi tushuncha sifatida qo‘llanilgan.
Mazkur atama keyinchalik keng ma’noda - narsa, hodisalar orasidagi o‘xshashlik, muvofiqlik va ularning munosabatidagi moslikni ifodalovchi tushuncha sifatida qo‘llanila boshlanadi. Shu ma’noda oddiy va ilmiy tafakkurda analogiyadan foydalanish fikr aniqligini, uning konkret, obrazli idrok etilishini -ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Masalan, jamiyatning muayyan sohalar, tarkibiy qismlar birligidan tashkil topgan o‘ziga xos tizim-sistema ekanligi va uning taraqqiyotini tushuntirish uchun u jonli organizmga o‘xshatiladi.
Mantiq fanida analogiya xulosa chiqarishning shakli sifatida olib qaraladi.
Analogiya - bu muayyan belgining bir predmetga taalluqliligi mazkur predmetning boshqa bir predmet bilan muhim belgilariga ko‘ra o‘xshashligini aniqlash bo‘yicha chiqariladigan xulosadir.
Deylik, V predmetning d belgisiga ega yoki ega emasliginianiqlamoqchimiz. Lekin buni induktiv va deduktiv xulosa chiqarish yo’li bilananiqlashning imkoniyati yo’q. Shuning uchun, eng avvalo, unga (V predmetiga) birqator belgilar bilan o‘xshash ikkinchi bir predmetni (A) axtarib topish talab etiladi. Va ushbu predmet (A)atroflicha tadqiq etilgan obyekt va u haqidagibilim ehtimollikdan xoli bo‘lmog‘i kerak.
Agar takqoslanish uchun topilgan (A) predmetida- V predmetidagiga o‘xshash bir qator belgilarning borligi va ular ayni paytda uning o‘rganilayotgan d belgisi bilan u yoki bu tarzda sabab va oqibat bog‘lanishida ekanligi aniqlaNilsa, mazkur d belgi - V predmeti uchun ham xosdir deb xulosa chiqariladi.
Boshqacha qilib aytganda, analogiyada xulosa ikki predmet, hodisaning o‘xshashligidan ularning birining boshqanoma’lum belgisi haqida xulosa chiqariladi. Va bunda obyekt sifatida tadqiq etilgan predmetning belgisi ikkinchi, o‘rganilayotgan (V) predmetga ko‘chiriladi. Shunga ko‘ra analogiya xulosasi ko‘pincha ehtimoliy xarakterga ega bo‘ladi. Analogiya bo‘yicha xulosa chiqarishning sxemasi ko‘yidagicha:
A - a, v, s, d
V - a, v, s. x
-----------------------
V - d (Demak, ehtimol, V predmetiga ham d belgisi xosdir)
V - muayyan (d) belgiga ega yoki ega emasligi tekshirilayotgan predmetni, a, v, s - lar ular uchun xos o‘xshash umumiy belgilarni ifodalaydi. Bundan A va V predmetlari qayd etilgan o‘xshash (a, v, s) belgalarga, d belgisining esa ushbu belgilar bilan o‘zaro sababiy bog‘lanishdaligi ma’lum bo‘lsa, demak, ehtimol, V predmeti ham d belgisiga egadir, degan xulosaga kelinadi. Masalan, zoolog analogiya bo‘yicha ma’lum bir dengizning hayvonot dunyosi haqida hali uni tadqiq etishga kirishmasdan turib ham xulosa chiqarish mumkin. Buning uchun unga mazkur dengizning tadqiqotchilar tomonidan to‘liq o‘rganilgan dengizni topishni va uning o‘zi o‘rganmoqchi bo‘layotgan dengiz bilan bir xil umumiy o‘xshash belgilarga ega ekanligini aniqlashi kifoyadir.
Fanning ko‘p sohalarida qilingan kashfiyotlar (Yerda geliy moddasining topilishi, EHM ning yaratilishi, yorug‘likning tarqalishi nazariyasi va boshqalar) va gipotezalar (boshqa planetalarda hayot, sivilizasiyaning borligi, muqobil (anti) dunyoning mavjudligi va boshqalar) analogiya bo‘yicha xulosa chiqarishning natijasi hisoblanadi.
Analogiyaning mantiqiy asosini real voqelikdagi predmet, hodisalarning o‘zaro sababiy bog‘lanishlari, makon va zamondagi munosabatlari tashkil etadi. Bu esa analogiyaning quyidagi tamoyilini belgilaydi: agar tekshirilayotgan belgi muayyan predmetning muhim belgisi ekanligi va mazkur predmet ikkinchi bir predmet bilan sababiy bog‘lanishdaligi aniqlansa, unda tekshirilayotgan belgi ikkinchi predmet uchun xosdir.
Taqqoslanilayotgan obyektlarning xarakteriga ko‘ra analogiya ikki turga bo‘linadi: xususiyat va munosabat analogiyasi.
Xususiyat analogiyasida ikki predmet, hodisa taqqoslaniladi va ularning xususiyatlarining muxim belgisi biri ikkinchisiga ko‘chirilishi bo‘yicha xulosa chiqariladi. Bunga misol qilib, tovushning to‘lqinsimon tarqalishi nazariyasining (XUII asr golland matematik-fizigi Gyugens tomonidan) yaratilishini keltirish mumkin.
Fizika tarixidan ma’lumki, tovushning tarqalish harakati suyuqlikning to‘lqinsimon harakati bilan taqqoslanib, tovushning to‘lqinsimon tarqalishi nazariyasi kashf qilinadi. Bunda tovush va suyuqlikning harakatlaridagi umumiy o‘xshashlik asosida suyuqlikka xos to‘lqinsimon xususiyat tovushga ko‘chiriladi.
Barcha fan sohalarida tadqiqot ishlari olib boruvchilar mazkur analogiya turiga murojaat qiladilar. Masalan, tabobat olimlari u yoki bu dorini tayyorlash yoki jarrohlik tajribalarini dastlab hayvonlar ustida o‘tkazganlaridan so‘ng inson organizmiga ko‘chiradilar.
Yoqutistondagi dunyoga mashhur olmos koni haqidagi dastlabki taxmin analogiya bo‘yicha xulosa chiqarish asosida ilgari suriladi. Eng boy olmos zahirasiga ega Janubiy Afrika yassi tog‘larining geologik tarkibi Sharqiy Sibir - Yoqutiston tog‘larining geologik tarkibi bilan ko‘p jihatdan o‘xshash ekanligi aniqlanadi. Eng muhimi-Janubiy Afrika olmos konidan qazib olinadigan ruda - jins tarkibidagi zangori rangli mineralni Yoqutistondagi daryolarning quyilishi joyidan topadilar. Bundan: ehtimol Yoqutistonning bunday joylarida olmos koni bor, degan xulosaga kelinadiki, shu asosda keyinchalik u yerda eng ko‘p zahirali olmos koni ochiladi.
Xususiyat analogiyasi, ayniqsa, jinoyat - qidiruv ishlarini olib borishda keng qo‘llaniladigan versiya (gumon, taxmin) larni ilgari surishda muhim rol o‘ynaydi. Masalan, 1996 yili 11 va 12 iyun kunlari Moskva shahrida kuppa -kunduz yo’lovchilar bilan liq to‘la avtobuslar portlatiladi. Mazkur jinoyat bo‘yicha qidiruv ishlari bir qator versiya bo‘yicha olib boriladi.
Bu ish Chechenistonlik «jangari»lar tomonidan uyushtirilgan, degan gumon mazkur versiyalar ichida eng ishonchlisi deb hisoblaniladi. Ushbu vsrsiya quyidagi mantiqiy asoslarga tayanilgan holda ilgari suriladi. Moskva shahridagi kabi avtobuslar portlatilishi, uning barcha belgilari bo‘yicha, Ingushiston Respublikasining kichik bir shaharchasida keyinroq sodir etiladi. Va bu yerda jinoyatchilar tezkor ichki ishlar tomonidan joyda qo‘lga olinadi. Qo‘lga olinganlarning shaxsi aniqlaniladi: ular Chechenistonliklar ekan.
Munosabat analogiyasi taqqoslanilayotgan predmet, hodisaning munosabati ularning biridan ikkinchisiga belgi sifatida ko‘chiriladi va xulosa chiqariladi. Mazkur analogiya turida munosabatli hukmlar asos qilib olinadi va chiqariladigan xulosa ham munosabatli bo‘ladi. Buning sxemasi:
1. XRY.
2. MR1 h.
3. R - a, v, s, d xususiyatlarga ega.
R1 - a, v, s xususiyatlarga ega.
Demak, ehtimol, R1- d xususiyatga egadir.
Sxemani konkret misolda ifodalaymiz.
1. Amerika (X) dunyodagi eng rivojlangan yettilik mamlakatlariga (R) nisbatan (Y) chetga ko‘p sarmoya chiqaradi.
2. Yaponiya (M) yettilik mamlakatlariga nisbatan (R1) elektron texnologiyasi sanoati bo‘yicha (h) yuqori o‘rinni egallaydi.
3. Amerika va Yaponiya davlatlari dunyodagi eng rivojlangan yettilik mamlakatlari orasida tutadigan mavqelariga ko‘ra o‘xshashdirlar (R va R1 munosabatida). Lekin Amerika Yaponiyaga nisbatan bir qator sohalarda ustunliklariga egaki, (a, v, s, d). uning bunday ustunliklari qisman Yaponiyaga ham xos bo‘lishi mumkin.
Bundan: ehtimol, kelajakda Yaponiya ham chet el mamlakatlariga sarmoya chiqarishda yettilik mamlakatlari ichida yetakchi o‘rinni egallashi mumkin, degan xulosa chiqariladi.
Xulosalarning ehtimolligining darajasiga ko‘ra analogiya qat’iy va noqat’iy analogiya turlariga ajratiladi.
Qat’iy analogiya xulosasi ikki xil yo’l bilan keltirib chiqariladi. Birinchisida predmetning ko‘chiriladigan belgisi (d) uning boshqa belgilari (a, v, s) bilan sababiy bog‘lanish, munosabatda ekanligi aniqlaniladi. Bunda modellashtirish va ilmiy induksiya usullari qo‘llaniladi. Masalan, Birinchi Prezidentimiz O‘zbekistonning o‘ziga xos taraqqiyot yo’lini belgilashda uning o‘zining ichki imkoniyatlaridan kelib chiqqani va ayni paytda dunyodagi rivojlangan mamlakatlar tajribasiga tayaniladi va shu asosda uning kelajagi buyukdir, degan qat’iy xulosaga keladi. Bunda, asosan, rivojlangan mamlakatlarning yuksak taraqqiyot darajasiga yetishganligi yo’li-bozor iqtisodiyoti (d) siyosati qabul qilinadi (ko‘chiriladi).
Mazkur siyosatning esaboshqa ijtimoiy omillar bilan (a, v, s) sababiy bog‘lanishi, aytish mumkinki, rdunyodagi mutaraqqiy mamlakatlar tajribasida uzil kesil isbotlangani aniqdir.
Birinchi Prezidentimiz bir qator kitoblarida, xususan, «O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo’li» (1992) risolasida Respublikamizda bozor iqtisodining o‘ziga xos xususiyatlari, ijtimoiy omillari va uni amalga oshirishning yo’l-yo’riqlarini ko‘rsatib beradiki bu qat’iy analogiyadan foydalanishning mumtoz namunasidir.
Qat’iy analogiyada modellashtirish usuli keng qo‘llaniladi. Modellashtirish (lotincha modus - o‘lchov, fransuzcha mode1ye nusxa) - bu tekshirilayotgan obyektni sun’iy ravishda yaratilgan namuna - nusxa (proyekt, sxema, qurilma vaboshqalar) asosida va unga analogiya tamoyiliniqo‘llash bo‘yicha tadqiq etish usulidir. Mazkur usul tekshirilayotgan obyektni tabiiy sharoitda o‘rganish qiyin hamda bunga imkoniyat bo‘lmagan hollarda, shuningdek, tadqiqot ishini osonlashtirish maqsadida qo‘llaniladi. Modellashtirishning muhim tamoyili - bu model va originalning (nusxasi ko‘chiriladigan obyekt) o‘xshashligi va tafovutini hisobga olishdir. Chunki originalning barcha xususiyatlarini modelda aynan aks ettirib bo‘lmaganidek, modelda yaratilgan nusxani originaliga to‘liq ko‘chirishning ham imkoniyati bo‘lmaydi. Masalan, EHM lar inson miyasining ishlash tamoyili bo‘yicha yaratilgan bo‘lsa-da, lekin uning barcha murakkab funksiyalarini unga ko‘chirishning imkoniyati yo’q.
Modellashtirish original va model munosabatiga ko‘ra predmetli, matematik, fizikaviy ko‘rinishlarda bo‘ladi. Lekin ularning barchasida analogiya bo‘yicha ish ko‘riladi. Shuning uchun modellashtirish fan, bilish jarayonida muhim mantiqiy usul vazifasini o‘taydi.
Qat’iy analogiyaning ikkinchi xilida xulosa, qayd etilgan unga xos tamoyil bilan birgalikda, yana quyidagi shartlarga asoslangan holda chiqariladi.
1) Taqqoslanayotgan predmetlarning umumiy belgilari (a, v, s) bir-biriga aynan o‘xshash bo‘lishi zarur.
2) Umumiy belgilarning (a, v, s) ko‘chiriladigan belgi (d) bilan sababiy bog‘lanishi taqqoslaniladigan predmetlarning o‘ziga xos xususiyatlariga tobe bo‘lmasligi kerak.
Noqat’iy analogiya xulosasi doimo ehtimoliy bo‘ladi. Chunki bunda analogiyaga xos barcha talab va tamoyillar hisobga olinmaydi. Va eng muhimi predmetning ko‘chiriladigan belgisining boshqa umumiy belgilari bilan sababiy bog‘lanishi noma’lum bo‘ladi. Masalan, bizga ma’lumki, mis bolg‘alanuvchan, elektr va issiqlik o‘tkazuvchan elementdir. Deylik, berilliyni o‘rganish jarayonida uning ham shunday xususiyatlari aniqlanadi. Shunga asoslanib berilliy ham issiqlik o‘tkazuvchandir, degan ehtimoli xulosaga kelish mumkin. Chunki berilliyning issiqlik o‘tkazuvchanligi bevosita uning qayd etilgan belgilari bilan bevosita bog‘lanishda emas.

Yüklə 19,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   281




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin