Qarshi davlat universiteti ijtimoiy fanlar kafedrasi


-qoida: asosda taqsimlanmagan atama xulosada ham taqsimlanmaydi



Yüklə 19,77 Mb.
səhifə143/281
tarix18.11.2023
ölçüsü19,77 Mb.
#132827
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   281
Qarshi davlat universiteti ijtimoiy fanlar kafedrasi

3-qoida: asosda taqsimlanmagan atama xulosada ham taqsimlanmaydi.
Sodda qat’iy sillogizmning asoslari qoidalari
1-qoida: asoslarning juda bo‘lmaganda bittasi tasdiqlovchi hukm bo‘lishi kerak. Ikkita inkor etuvchi asoslardan zaruriy tarzdagi xulosa kelib chiqmaydi
2-qoida:agar asoslardanbittasi - inkor etuvchi hukm bo‘lsa, unda xulosa ham inkor etuvchi bo‘lishi kerak.
3-qoida: asoslarning juda bo‘lmaganda bittasi umumiy hukm bo‘lishi kerak. Ikkita xususiy asoslardan zaruriy xulosa kelib chiqmaydi.
4-qoida: agar asoslardan bittasi - juz’iy hukm bo‘lsa, unda xulosa ham juz’iy bo‘lishi kerak.
Qat’iy sillogizmning birinchi figurasi, uning qoidalari, moduslari va bilishdagi roli
Sodda qat’iy sillogizmning asoslarida o‘rta atama subyekt ѐki predikatning o‘rnini egallashi mumkin. Shunga qarab sillogizmning figuralar deb ataladigan to‘rtta turi farqlanadi. Sillogizm figuralari - bu uning o‘rta atamaning asoslardagi holatiga qarab farqlanadigan har xil turlaridir.
Birinchi figurada o‘rta atama katta asosda subyektning va kichik asoslarda predikatning o‘rnini egallaydi.

М Р

S M

Sifati va soniga ko‘ra turlicha bo‘lgan hukmlar: umumiy tasdiqlovchi (A), umumiy inkor etuvchi (YE), juz’iy tasdiqlovchi (I) va juz’iy inkor etuvchi (O) hukmlar sillogizmning asoslari bo‘lishi mumkin.


Sillogizm asoslarining miqdoriy va sifatga oid tavsifnomalari bilan farqlanadigan turlari sodda qat’iy sillogizmning moduslari, deyiladi. To‘rtta figuradagi variantlarning umumiy soni 64 ta modusdir, lekin ularning faqat 19 tasi to‘g‘ri, ya’ni hamma qoidalarga muvofiq keladigan bo‘lib hisoblanadi. Birinchi figura bo‘yicha bular: AAA, EAE, AII, EIO moduslaridir.
Umumiy qoidalardan tashqari, figuralarning maxsus qoidalari ham amal qiladi.
1-figura qoidalari:
Katta asos - umumiy hukm.
Kichik asos - tasdiqlovchi hukm.
Birinchi figura - deduktiv xulosaning eng tipik shaklidir. Ko‘pincha fan qonuni, huquqiy normani ifodalaydigan umumiy qoidadan alohida fakt, yagona holat, aniq shaxs haqidagi xulosa chiqariladi. Bunday figura amaliѐtda keng qo‘llaniladi. Huquqiy hodisalarning yuridik bahosi (kvalifikatsiyasi), huquq normalarining alohida holatga nisbatan qo‘llanilishi, aniq bir shaxs sodir etgan jinoyat uchun jazoning tayinlanishi va boshqa sud yechimlari sillogizmning 1-figurasining mantiqiy shaklini qabul qiladi.



Yüklə 19,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   281




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin