Qarshi davlat universiteti ijtimoiy fanlar kafedrasi



Yüklə 19,77 Mb.
səhifə146/281
tarix18.11.2023
ölçüsü19,77 Mb.
#132827
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   281
Qarshi davlat universiteti ijtimoiy fanlar kafedrasi

Shartli-qat’iy xulosa
Asoslaridan biri - shartli, boshqa asosi va xulosasi - qat’iy hukmlar bo‘ladigan xulosa shartli-qat’iy xulosa deyiladi.
Bunday xulosa ikkita to‘g‘ri modusga: tasdiqlovchi va inkor etuvchi moduslarga ega bo‘ladi.

Tasdiqlovchi modusda (modus ponens) qat’iy hukm orqali ifodalangan asos shartli asosning negizlari chinligini tasdiqlaydi, xulosa esa oqibatning chinligini tasdiqlaydi; mulohaza asosning chinligini tasdiqlashdan oqibatning chinligini tasdiqlashga yo‘naltirilgan.


Masalan:


Agar da’vo yuridik salohiyatga ega bo‘lmagan shaxs (r) tomonidan qo‘yilgan bo‘lsa, unda sud da’voni ko‘rib chiqmaydi (q).
Da’vo yuridik salohiyatga ega bo‘lmagan shaxs (r) tomonidan qo‘yilgan.
Sud da’voni ko‘rib chiqmaydi (q).
Birinchi asos - asos (p) bilan oqibat (p) ning aloqasini ifodalaydigan shartli hukmdir. Ikkinchi asos - asosning haqiqatligini (r) tasdiqlaydigan qat’iy hukmdir: da’vo yuridik salohiyatga ega bo‘lmagan shaxs tomonidan qo‘yilgan. Biz asosning haqiqatligini (r) e’tirof etib, oqibatning haqiqatligini (q) ham tan olamiz: sud da’voni ko‘rib chiqmaydi.
Tasdiqlovchi modus ishonchli xulosalarni beradi. U quyidagi chizmaga ega bo‘ladi:
p → q, p
q


Inkor etuvchi modusda (modus tollens) qat’iy hukm orqali ifodalangan asos shartli asosning oqibati chinligini inkor etadi, xulosa esa asosning chinligini inkor qiladi. Mulohaza oqibatning chinligini inkor qilishdan asosning chinligini inkor qilishga yo‘naltirilgan. Masalan:
Agar da’vo yuridik salohiyatga ega bo‘lmagan shaxs (r) tomonidan qo‘yilgan bo‘lsa, unda sud da’voni ko‘rib chiqmaydi (q).
Sud da’voni ko‘rib chiqqan (/ q).
Da’voning yuridik salohiyatga ega bo‘lmagan shaxs (r) tomonidan qo‘yilganligi to‘g‘ri emaс ( р).

Inkor etuvchi modusning chizmasi:


p → q q


p

Shuni aniqlash mumkinki, shartli-qat’iy sillogizmning: asosning haqiqatligini inkor etishdan oqibatning haqiqatligini inkor etishga va oqibatning haqiqatligini tasdiqlashdan asosning haqiqatligini tasdiqlashga yo‘naltiriladigan yana ikkita turi bo‘lishi mumkin.


Biroq bu moduslarga doir xulosa ishonchli bo‘lmaydi. Shunday qilib, shartli-qat’iy xulosaning asoslarning barcha ehtimol tutilgan kombinatsiyalarini istisno etadigan to‘rtta moduslaridan ikkitasi: tasdiqlovchi va inkor etuvchi moduslar ishonchli xulosalarni beradi. Ular mantiq qonunlarini ifodalaydi va shartli-qat’iy xulosaning to‘g‘ri moduslari deyiladi. Bu moduslar shunday qoidaga bo‘ysunadi: asosning tasdiqlanishi oqibatning tasdiqlanishiga va oqibatning inkor etilishi - asosning inkor qilinishiga olib boradi. Boshqa ikkita modus ishonchli xulosalarni bermaydi. Ular noto‘g‘ri moduslar deyiladi va shunday qoidaga bo‘ysunadi: asosning inkor etilishi zaruriy inkor qilishga olib bormaydi va oqibatning tasdiqlanishi asosning zaruriyat bilan tasdiqlanishiga olib bormaydi.
Ajratuvchi-qat’iy xulosa
Asoslaridan biri - ajratuvchi, boshqa asosi va xulosa qat’iy hukmlar bo‘lgan xulosa ajratuvchi-qat’iy xulosa deyiladi.
Ajratuvchi (dizyunktiv) hukmni tashkil etadigan sodda hukmlar dizyunksiyaning a’zolari ѐki dizyunktlar, deyiladi. Masalan, “Obligatsiyalar taqdim etiladigan ѐki egasining nomi ko‘rsatilgan bo‘lishi mumkin” degan ajratuvchi hukm “ѐki” mantiqiy bog‘lovchisi bilan birikkan: “Obligatsiyalar taqdim etiladigan bo‘lishi mumkin” va “Obligatsiyalar egasining nomi ko‘rsatilgan bo‘lishi mumkin” degan ikkita hukm - dizyunktlardan iborat bo‘ladi.
Biz dizyunksiyaning bitta a’zosini tasdiqlash bilan boshqasini zaruriy tarzda inkor etishimiz kerak va ularning bittasini inkor etish bilan - boshqasini tasdiqlashimiz lozim. Shunga muvofiq ravishda ajratuvchi-qat’iy xulosaning ikkita modusi: tasdiqlovchi-inkor etuvchi va inkor etuvchi-tasdiqlovchi moduslari farqlanadi.

Tasdiqlovchi-inkor etuvchi modusda (modus ponendo tollens) qat’iy hukm bo‘lgan kichik asos dizyunksiyaning bir a’zosini tasdiqlaydi, yana bir qat’iy hukm


xulosa - uning boshqa a’zosini inkor etadi. Masalan:


Obligatsiyalar taqdim etiladigan (r) ѐki egasining nomi ko‘rsatilgan (q) bo‘lishi mumkin.


Ushbu obligatsiya taqdim etiladigan (r) obligatsiyadir.
Ushbu obligatsiya egasining nomi ko‘rsatilgan (q) obligatsiyadir.
Tasdiqlovchi-inkor etuvchi modusning chizmasi:

P / q ¥ q, p


- qat’iy dizyunksiya ramzi.


Agar quyidagi qoidaga rioya qilinsa, unda ushbu modus bo‘yicha xulosa har doim ishonchli bo‘ladi: katta asos istisno etuvchi-ajratuvchi hukm ѐki qat’iy dizyunksiya hukmi bo‘lishi kerak. Agar bunday qoidaga rioya etilmasa, unda ishonchli xulosani olib bo‘lmaydi. Aslida, “O‘g‘irlikni K. ѐki L. sodir qilgan” va “O‘g‘irlik K. tomonidan sodir etilgan” degan asoslardan “L. o‘g‘irlikni sodir qilmagan” degan zaruriy xulosa kelib chiqmaydi. Ehtimol, L. ham o‘g‘irlik sodir etilishiga daxldor, K.ning sherigi bo‘lishi ham mumkin.


Inkor etuvchi-tasdiqlovchi modusda (modus tollendo ponens) kichik asos bir dizyunktni inkor etadi, xulosa boshqacini tasdiqlaydi. Masalan:
Obligatsiyalar taqdim etiladigan (r) ѐki egasining nomi ko‘rsatilgan (q) bo‘lishi mumkin.
Ushbu obligatsiya taqdim etilmaydigan (/ r) obligatsiyadir. Ushbu obligatsiya egasining nomi ko‘rsatilgan (q) obligatsiyadir. Inkor etuvchi-tasdiqlovchi modusning chizmasi:

p v q > / p


------------------
q
<> - ѐpiq dizyunksiya ramzi.
Tasdiqlovchi xulosa inkor etish vositasida olindi: biz bir dizyunktni inkor etish bilan boshqasini tasdiqlaymiz.
Agar quyidagi qoidaga rioya qilinsa, unda ushbu modus bo‘yicha xulosa har doim ishonchli bo‘ladi: katta asosda barcha ehtimol tutilgan hukmlar - dizyunktlar sanab o‘tilishi kerak, boshqacha aytganda, katta asos to‘liq (ѐpiq) dizyunktiv fikr bo‘lishi lozim. Noto‘liq (ochiq) dizyunktiv fikrni qo‘llash bilan ishonchli xulosani olib bo‘lmaydi. Masalan:
Bitim ikki tomonlama ѐki ko‘p tomonlama bo‘lishi mumkin.

Yüklə 19,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   281




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin