Etika – yunoncha «ethos» so’zidan olingan bo’lib xulq-odat demakdir.
Etika va ma’naviy hayotning boshqa shakllariga – siyosat, huquq, san’at, din va fan kiradi.
Etika(yunon.xulq, odat)-axloq va uning shaxs hamda jamiyat hayotidagi o‘rnini o‘rganuvchi fan.
Etikaiy amaliyot – amalda namoyon bo’ladigan etikadir. Unda shaxsning jamiyatga munosabatigina emas, balki jamiyatning shaxsga, shuningdek, tabiatga va o’z-o’ziga munosabati ham o’z ifodasini topadi.
Etikaiy baho - ijtimoiy hayotdagi turli xodisalarni ma’qullash yoki qoralash, ularning etikaiy talablariga, konkret ijtimoiy jamoaning etikaiy ruhiga mos kelishi yoki kelmasligini belgilash tushuniladi.
Etikaiy baholov mezoni –kishilarga har tomonlama, barcha xususiyatlarni nazarga olib yondashuvni talab qiladi.
Etikaiy erkinlik – birinchi navbatda kishining mustaqil, ijodiy shaxs bo’la olish imkoniyati va qobiliyatini tushunmoq lozimki, u chinakam insoniy mohiyatni etikaiy faoliyatda namoyon qiladi.
Etikaiy ishonch -o’zida rastional va emostional tomonlarni ifodalab, xarakterga turg`unlik beradi, shaxsning etikaan «zanglamasligiga» kafolat yaratadi, kishi har qanday qiyin sharoitlarda ham o’z prinstiplaridan qaytmasligini anglatadi.
Etikaiy mas’uliyat - bu irodadan foydalana bilish mahoratidir. Etikaiy ma’suliyat o’zida burch talablari va ichki mayllarni jamlab, faqatgina xatti-harakat va uning oqibatlariga emas, balki uning motivlariga ham tadbiq etiladi. Xuddi shu motivlar kishi etikai qiyofasining muhim xarakteristikasini tashkil etadi.
Etikaiy munosabatlar –bu faqat aloqalar, bog`lanishlardangina iborat bo’lmay, ayni paytda normativ asosga ega bo’lgan o’zaro ta’sirni kishining boshqa odamlar, jamiyat oldidagi burchlarini ham o’z ichiga oladi.
Etikaiy ong - etikaiy talablarni, normalarni qoidalarni, adolat haqidagi tasavvurlarni shakllantiradigan qarashlar, g`oyalar, fikrlar, nazariyalardir. Etikaiy ongda voqelik qonunlar sifatida emas, balki insoniy xatti-harakatlarga qo’yilgan ijtimoiy tartib, talablar, normalar shaklida qayd etiladi.