Qarshi davlat universiteti ijtimoiy fanlar kafedrasi



Yüklə 19,77 Mb.
səhifə240/281
tarix18.11.2023
ölçüsü19,77 Mb.
#132827
1   ...   236   237   238   239   240   241   242   243   ...   281
Qarshi davlat universiteti ijtimoiy fanlar kafedrasi

9-mavzu. Estetika
“Estetika” - nafosatni o‘rganuvchi qadimiy fan. “Estetika” fanining obyekti va falsafiy mohiyati. “Estetika” haqidagi qarashlar tarixi. Inson estetik ehtiyojini qondirishning zamonaviy muammolari. Estetika kategoriyalarining an’anaviy va zamonaviy tasnifi. Go‘zallik va uning muqobillari: hunuklik, badbasharalik, beo‘xshovlik, nomutanosiblik. Ulug‘vorlik kategoriyasining falsafiy mohiyati. Ulug‘vorlikning tubanlik, xudbinlik, sotqinlik bilan ziddiyati. Fojeaviylik (tragediya) kategoriyasi. Forig‘lash - fojeaviy asarning xususiyati sifatida. Kulgililik kategoriyasi. Estetika kategoriyalarining o‘zaro aloqadorligi. Mo‘jizaviylik, hayo (ibo-hayo) va qiziqarlilik estetika kategoriyalarini rivojlantiruvchi mezon sifatida.
Tabiat estetikasi. Insoniyat tafakkuri tarixida tabiatga estetik munosabatning zaruriyati haqidagi qarashlar. Tabiatning estetik xususiyatlari. Ekologik estetikaning qadriyatli maqomi. Tabiatni estetik idrok etishning an’anaviy va noan’anaviy usuli: tabiatni asl holida idrok etish, tabiatni badiiy obrazlarda ifodalash. Ekoestetikaning XXI asr ilmiy-texnik taraqqiyotdagi o‘rni. Texnogen sivilizatsiyaning ishlab chiqarish estetikasi va fan taraqqiyotiga ta’siri. Maishiy turmush estetikasi va uning texnologiyasi. Texnikaning inson estetik manfaatlari va faoliyati bilan bog‘liqligi. Zamonaviy shaharsozlik estetikasi. Dizaynning estetik xususiyatlari. Tabiat va maishiy turmush dizayni. Xalq amaliy san’ati va dizayn.
Sog‘lom turmush tarzini qaror toptirishda tarbiya shakllarining uzviyligi: Estetik tarbiyaning turlari va yo‘nalishlari. Shaxsni estetik tarbiyalashda fan, ta’lim va madaniyatning o‘zaro bog‘liqligi. Mehnat - turmush estetikasining muhim omili. Insonda xulq go‘zalligini shakllantirishning zamonaviy ko‘rinishlari. Inson tabiiy go‘zalligi bilan estetik didning mutanosibligi: “Ommaviy madaniyat”ning yoshlar estetik didiga ta’siri. Sport va uning ma’naviy-estetik jihatlari; sport estetikasining zamonaviy ahamiyati. Voqelikka estetik munosabatning milliy va umumbashariy ahamiyati. Estetik qadriyatlar – barqarorlikni ta’minlovchi omil. Olamni estetik anglashda jamiyat axborotlashuvining roli. Reklamaning estetik xususiyatlari. Reklama faoliyatiga estetik qonuniyatlarning ta’siri. Reklamalardagi g‘ayriestetik holatlar va ularning ko‘rinishlari.
Reja:

  1. “Estetika” fanining obyekti va falsafiy mohiyati.

  2. Estetika kategoriyalarining an’anaviy va zamonaviy tasnifi.

  3. Inson estetik ehtiyojini qondirishning zamonaviy muammolari.

  4. Tabiat va texnogen sivilizatsiya estetikasi

  5. Estetik tarbiyaning turlari va yo‘nalishlari.

  6. Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondashuv, muammoli ta’lim. Blits, munozara, savol-javob, o‘z-o‘zini nazorat.

Adabiyotlar: A1;A2;A3;A14;A15; Q25;.Q24;Q29;Q37; Q25.



Yüklə 19,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   236   237   238   239   240   241   242   243   ...   281




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin