Qarshi davlat universiteti ijtimoiy fanlar kafedrasi


Sabab va oqibat o‘rtasida murakkab dialektik o‘zaro aloqasi quyidagilarda namoyon bo‘ladi



Yüklə 19,77 Mb.
səhifə78/281
tarix18.11.2023
ölçüsü19,77 Mb.
#132827
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   281
Qarshi davlat universiteti ijtimoiy fanlar kafedrasi

Sabab va oqibat o‘rtasida murakkab dialektik o‘zaro aloqasi quyidagilarda namoyon bo‘ladi:
1) sabab vaqtda oqibatdan oldin keladi. Oqibat sababdan oldinroq yuz bermaydi. Ammo bu biri ikkinchisidan oldin keladigan har qanday hodisa u bilan sababiy bog‘lanishda bo‘ladi, degani emas. Masalan, tun tongdan oldin keladi, lekin u tongning sababi hisoblanmaydi;
2) sabab muayyan sharoitda albatta oqibatni vujudga keltiradi. Sabab va oqibat shu darajada bog‘liqki, agar sabab yuz bersa va yetarli sharoit mavjud bo‘lsa, muqarrar tarzda oqibat ham yuz beradi;
3) sabab va oqibat bir-biri bilan o‘zaro ta'sirga kirishadi. Bu o‘zaro ta'sirlanish jarayonida sababgina emas, balki oqibat ham faol bo‘ladi. U sababga aks ta'sir ko‘rsatadi. Misol uchun, g‘oyalar borliqni aks ettiradi, lekin, vujudga kelgach, ijtimoiy borliqning o‘zgarishiga kishilarning amaliy faoliyati orqali faol ta'sir ko‘rsatadi;
4) ayni bir hodisa bir munosabatda sabab sifatida, boshqa bir munosabatda – oqibat sifatida amal qiladi. Aytaylik, yomg‘ir – muayyan ob-havo sharoitlarining oqibati, lekin uning o‘zi yaxshi hosildorlik sababiga aylanadi; hosildorlik esa davlatning iqtisodiy qudratini mustahkamlash omili bo‘lib xizmat qiladi. Shu tariqa hodisalar o‘rtasida sababiy bog‘lanish vujudga keladi. Ammo biz faqat ikkita alohida-alohida hodisani ko‘rib chiqqanimizda, ular o‘rin almashishi mumkin emas;
5) sabab va oqibatning o‘zaro ta'siriga tegishli sharoitlar ta'sir ko‘rsatadi. Sharoitlar – bu shunday bir hodisalarki, ular mazkur voqyea yuz berishi uchun zarur, lekin o‘z holicha ular bu voqyeani oldindan belgilamaydi. Oqibat yuz berishiga qulaylik yaratuvchi sharoitlar ham, sababning ta'sirini qaytaruvchi sharoitlar ham bo‘lishi mumkin. Ayni bir sabab muayyan sharoitlarda turli shakldagi oqibatlar yuz berishiga olib keladi;
6) sababni bahona bilan ayniylashtirmaslik kerak. Bahona – bu boshqa voqyeadan bevosita oldin keladigan, uning yuz berishiga imkoniyat yaratadigan, lekin uni vujudga keltirmaydigan va oldindan belgilamaydigan voqyea. Bahona harakatni yaratmaydi, balki unga turtki beradi.
Sababiy bog‘lanish tushunchasi muhim metodologik funksiyani bajaradi. Muayyan oqibatning yuz berish sabablari va sharoitlarini bilgan holda, inson nafaqat uning yuz berishini bashorat qiladi, balki zarur oqibatni yaratadi. Bu insonga o‘tmishni bilish va kelajakka nazar tashlash imkonini beradi.

Yüklə 19,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   281




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin