Evristika. Evristika yunoncha heurisko–topaman, kashf etaman, degan so‘zdan kelib chiqqan. «Evristika» atamasining qo‘llanilishi qadimgi yunon olimi aleksandriyalik Papp (miloddan avvalgi III asr) nomi bilan bog‘lanadi. Bu nuqtai nazardan evristika matematika masalalarini yechishni o‘rganishni istaganlarga mo‘ljallangan qoidalarning maxsus to‘plami sifatida namoyon bo‘ladi. «Mahorat sirlari» hamisha qat'iy sir tutilgan va tavsiflanmagan. Evristikani kashfiyotlar to‘g‘risidagi fan sifatida tavsiflash barcha zamonlarda ham juda murakkab vazifa hisoblangan. G. Leybnitsning «Kashfiyot san'ati» g‘oyasi amalga oshmadi. B. Spinoza to‘g‘ri metod oqilona tanlashni ta'minlashi, noma'lumni bilish qoidalariga ega bo‘lishi, foydasiz imkoniyatlarni chetlatish tartibini belgilashi lozimligini qayd etgan bo‘lsa-da, buni asoslovchi nazariyani yaratmadi.
Muayyan ilmiy bilimdagi barcha ikkilamchi, noaniq metodologik qoidalar evristika sohasini to‘ldiradi. Shuning uchun ham evristika ba'zan qayg‘urish, ilhomlanish, insayt bilan bog‘lanadi. Metodologik tafakkurning izchil tizimida evristikaga ko‘pincha yetarli darajada anglab bo‘lmaydigan, ammo izlash va topish salohiyati katta bo‘lgan soha deb qaraladi. Formal mantiqiy metodlar evristik metodlarga qarama-qarshi qo‘yiladi. Barcha mumkin bo‘lgan hollarda evristikadan bilim mazmunini kengaytirish, ilgari ma'lum bo‘lmagan yangilikni yaratish kutiladi. Ko‘pincha «evristika» tushunchasini tafakkurga bog‘lab, «evristik tafakkur» tarzida qo‘llaniladi. Aytish mumkinki, bunday hollarning barchasida tafakkurning yaratuvchi funksiyasi to‘g‘risida so‘z yuritiladi. G‘arb falsafasida evristik tafakkurni tushuntirishga harakat qiluvchi nazariyalarning uch turkumi farqlanadi: «tinch oqar suv» yoki o‘rtacha hisobga keltirilgan mehnat nazariyasi; blitskrig yoki insayt nazariyasi; yaxshi qopqon yoki oqilona metodologik qoida nazariyasi.
Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondashuv, muammoli ta’lim. Blits, munozara, savol-javob, o‘z-o‘zini nazorat. Adabiyotlar: A1;A2;A3;A4;A11; Q39;.Q24;Q38;Q37; Q28.
TOPSHIRIQLAR: 1.Dialektikaning muqobillari bormi? Agar bor bо‘lsa ularni asoslang.
2.Quyidagi misollarni kо‘rib chiqing va ularda inkorni-inkor qonuni amal qilishi yoki qilmasligini isbotlang.
A).Odatda qarilikda inson yosh bolaga о‘xshab qoladi degan fikr bor. B) Tarix, dastlab bozor iqtisodiga о‘tish muammosi 1920 yillarda ( yangi iqtisodiy siyosatga о‘tish, nep) SSSRda sotsialistik tizimning rivojlanishi jarayonida qо‘yilgan va 1991 yilda SSSR parchalanishi bilan yana bu masalaga qayta murojaat qilindi.
3. Qonunlarni bilasizmi? Sizning hayotingiz qanday qonunlarga buysunadi?