O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O'RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI
QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI
PEDAGOGIKA FAKULTETI
MAKTABGACHA TA’LIM
KAFEDRASI
Ro‘yxatga olindi: “Tasdiqlayman”
№ ________ O‘quv ishlari prorektori
2022yil________ A.Xolmurodov ________
___ __________ 2022yil
“PEDAGOGIK ILMIY TADQIQOT METODLARI”
FANIDAN O’QUV
DASTUR
Bilim sohasi 100000 - Gumanitar soha
Ta‘lim sohasi 110000 - Pedagogika
Ta’lim yo’nalishi 5111800 - Maktabgacha ta’lim
Qarshi - 2021
Ushbu o‘quv dasturi Qarshi DU kengashining 2022 yilning ______.dagi ___-sonli bayonnoma qarori bilan taqsdiqlangan “Pedagogik ilmiy tadqiqotlar metodlari ” o’quv dasturi asosida ishlab chiqilgan.
Тuzuvchi: - “Maktabgacha ta‘lim” kafedrasi o‘qituvchisi R.Rashidova.
Тaqrizchilar:- “Maktabgacha ta‘lim“ kafedrasi dotsenti D.Kenjayeva
Fanning ishchi o`quv dasturi “Maktabgacha ta'lim” kafedrasining 2022-yil 12-maydagi 18 –son yig`ilishida muhokamadan o`tgan va fakultet kengashida muhokama qilish uchun tavsiya etilgan.
Kafedra mudiri: N. Oripova
Fanning ishchi o`quv dasturi Pedagogika fakulteti uslubiy komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqilgan va foydalanishga tavsiya etilgan
UK raisi: _____________ M. Muhammadiyeva
Fanning ishchi o`quv dasturi Pedagogika fakulteti kengashining 2022 yil 24-maydagi ____ -sonli yig‘ilishida tasdiqlangan.
Fakultet kengashi raisi : I. Yuldoshev
“Kelishildi”
O’quv bo’limi boshlig’i : P. Qurbonov
I. O‘quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o‘rni
Pedagogika oliy o'quv yurtlarining asosiy vazifasi ta'lim tizimi uchun yuqori malakali pedagoglar tayyorlashdir. O'qituvchi inson yaratgan barcha ilm va qadriyatlarni egallagan, ijodkor shaxs hisoblanadi. O'qituvchilik qilish uchun mutaxassislikka oid, pedagogik va psixologik bilimlarni chuqur egallashgina kifoya qilmaydi. Balki u ilmiy tadqiqot ishlariga ham layoqatli, o'quvchilar ta'lim va tarbiyasi jarayoniga ijodiy yondashish ko'nikma va malakalarini ham egallagan kishi bo'lmog'i lozim. Bunday o'qituvchini shakllantirish uchun pedagogika o'quv yurlari talabalari faoliyatida ilmiy-tadqiqot elementlarini ham qo'llash lozim.
Talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlari o'z navbatida ulardan chuqur, mustahkam bilim egallashni talab qiladi. Mustaqil bilimlarsiz amaliy o'quv tarbiyaviy ishlarga ijodiy yondashoshi mumkin emas.
Dostları ilə paylaş: |