Talablarga tavsiya etilayotgan mustaqil ishlarning mavzulari: Adabiyotlar ro‘yxatini tuzish tartibi.
Pedagogik tadqiqotlar tarkibiy qismlarini ishlab chiqish
Kuzatish ob’yektini tanlash va rejasini tuzish
Pedagogik eksperiment o‘tkazish bosqichlari
Tadqiqot uchun to‘plangan ma’lumotlarni saqlash
Ta’lim metodlarining klasifikatsiyasi
Pedagogik tadqiqotlar yo'nalishlarini tanlash. Pedagogik tadqiqotlarning tarkibiy qismlari
Ilmiy tadqiqot uchun ma'lumotlar to'plash. Referat va uni tayyorlash. Kurs ishi – talabalarning ilmiy tadqiqot ishi sifatida
Pedagogik faoliyatning markaziy kategoriyalarda ko‘rinishi. Pedagogik faoliyat haqida tushuncha va maqsadi.
Pedagogik faoliyat va pedagogik jarayon pedagogik fan predmeti sifatida.
Pedagogik mahoratning mohiyati va asosiy komponentlari.
Pedagogik mahoratning namoyon bo‘lish o‘rni va mohiyati.
O‘qituvchining innavatsion texnologiyalar komponentlarini ochib berish.
Hozirgi davrda pedagogikaning dolzarb muammolari.
Kuzatish- pedagogik tadqiqot metodi. Kuzatishni o’tkazishda rioya qilinadigan qoidalar.
Anketa metodining yutuq va kamchiliklari.
Test ilmiy tadqiqot metodi.
Suhbat rejasi va turlari.
Referat ishi uchun mavzu tanlash.
Foydalanilgan muhim manbaning konspekti.
Kurs ishi mavzusini tanlash va himoya qilish tartibi.
Bitiruv malakaviy ishi uchun mavzu tanlash. Bitiruv malakaviy ishi va uning tarkibiy qismlari.
Sosiometriya metodi.Sosiometrik metodikadan foydalanishda amal qilinadigan qoidalar.
Pedagogika fanining ilmiy tadqiqot usullari
“Pedagogik ilmiy tadqiqot metodlari”fanidan
BAHOLASH MEZONLARI
Oraliq nazorat yozma yoki test tarzda o‘tkazilib, unda 3 ta savolga yozma yoki 25 ta test savoliga javob berishi so‘raladi.
Talaba mustaqil xulosa qaror qabul qiladi, ijodiy fikrlay oladi, mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qo‘llay oladi fanning (mavzuning) mohiyatini tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega deb topilganda 5 (a’lo) baho:
Talaba mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qo‘llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatini tushunadi, biladi ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega deb topilganda 4 (yaxshi) baho:
Talaba olgan bilimini amalga qo‘llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatini tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega deb topilganda 3 (qoniqarli) baho:
1.4.25 ta test savolining har biri 0,2 ball tizimida baholanadi
Yakuniy nazorat. Talaba 5 ta savolga yozma yoki 25 ta test savoliga javob berishi lozim
har bir yozma savolga 1 ball ajratiladi.
Agar savol mohiyati to‘liq ochilgan bo‘lib, mavzu bo‘yicha talaba ijodiy yondashib, tanqidiy nuqtai nazari bayon qilingan bo‘lsa 1,0-0,9 ball
Savolning mohiyati ochilgan, asosiy faktlar bayon qilingan bo‘lsa 0,8-0,7 ball
Savolga javob berilgan, lekin ayrim kamchiliklar bor bo‘lsa 0,6-0,5 ball
Berilgan savollarga javoblar juda sayoz va kamchiliklar ko‘p bo‘lsa 0,4-0,3 ball beriladi
25 ta test savolining har biri 0,2 ball tizimida baholanadi